O‘zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innavatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


FIZIKA O‘QITISHNING AHAMIYATI VA UNING TUZILISHI (RADIAL, KONSENTRIK, BOSQICHLI). I VA II BOSQICHLARDA FIZIKA KURSINING VAZIFALARI



Yüklə 89,08 Kb.
səhifə4/7
tarix15.02.2023
ölçüsü89,08 Kb.
#84415
1   2   3   4   5   6   7
ORIFJONOVA GULZODAloyihalashtirish (2)

FIZIKA O‘QITISHNING AHAMIYATI VA UNING TUZILISHI (RADIAL, KONSENTRIK, BOSQICHLI). I VA II BOSQICHLARDA FIZIKA KURSINING VAZIFALARI
Fizika o`qitishning ahamiyati va uning tuzilishlari. Maktab fizika kursining umumiy ta ’lim predmetlari orasidagi o ‘rni uning boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko‘ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy fan bo'lib, uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy, jumladan, Nyuton mexanikasi, relyativistik mexanika, kvant mexanikasi, elektron nazariyasi, klassik va kvant statistikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa, birinchidan hozirgi fizika o‘rganadigan hodisalarning sonini ko'paytirib yubordi. Ikkinchidan, fanning rolini ko'tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning masalan, kimyo, elektrotexnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo‘lib qoldi. Ularning ko‘pchiligi alohida fan bo'lib ajralib chiqdi. Fizikada ochilgan qonunlar universal bo‘lib, uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchi darajaga ko‘tardi. Yuqorida aytilganlardan ko‘ramizki, fizikani bilmasdan to‘la qiymatli o ‘rta m a’lumotni tasavvur qilib bo'lmaydi. Boshqa predmetlar kabi fizika o'qitish ham didaktik maqsadlarni, ya’ni ta’lim, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradi. Ko‘rinib turibdiki, maktabda fizika o'qitish katta ahamiyatga ega. Fizika o'qitish jarayonida o'quvchilar fizikani sanoatda, qishloq xo'jaligida, transportda, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo'llanilishri bilan tanishadilar, o'lchov asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo'ladilar va foydali mehnatga tayyorlanadilar. Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar tabiatdagi qator hodisalar va ularning ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi, dunyoni o'rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini bilib oladilar. Natijada o'quvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi. Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar ilg'or fizik-olimlarning ishlari bilan, fan va texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Maktab fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo'lishi, fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini, o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini, fikrlashlarini to'g'ri shakllantirishi, o'quvchilarga politexnik ta ’lim berishi lozim. Fizika kursining mazmuni va hajmini aniqlab beruvchi asos — dasturdir. U o'quvchilar o'rganadigan asosiy bilimlarni aniqlab beradi.
Fizikadan o‘quv materialini tanlashda asosan quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim:
— mazmunining ilmiyligiga va metodologik yo'nalishiga;
— fanning mantiqiy va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelgan holdagi o'qitishizchilligiga;
— nazariya va amaliyotning birligiga, hayot bilan bog‘lanishiga;
— fizika o‘qitishda boshqa predmetlar bilan bog‘lanishini ta’minlashga.
O‘quv materiali tanlangandan keyin uni yillar bo‘yicha taqsimlash muammosi tug‘iladi. Fizika o‘qitish tarixida o‘quv materialini yillar bo‘yicha taqsimlashda kurs tuzilishining uchta varianti vujudga keldi: radial, konsentrik va bosqichli variantlar. Kursning radial tuzilishida material shunday joylashtirildiki, bunda bo‘limlar bir-biridan qat’iy ajratib qo‘yildi. O‘tilganlarga qaytish bo‘lmaydi. Fizika kursining radial qurilishining kamchiligi shundaki, unda o'quvchilar sodda masalalarni ko‘rish bilan birga, o‘zlashtira olmaydigan materiallarni ham o'rganishlariga to‘g‘ri keladi. Bir bo‘limdagi qiyin masalalardan ikkinchi bo‘limdagi yengil masalalarga birdaniga o‘tiladi. Fizika kursining konsentrik qurilishida har bir bo‘lim maktabda ikki marta ko‘rib chiqiladi, ya’ni butun o‘quv materiali ikkita konsentrga bo'linadi. Birinchi konsentr fizika kursining deyarli hamma bo‘limi bo‘yicha boshlang‘ich (elementar) tushunchalarni o‘z ichiga oladi, ikkinchi konsentr butun kurs bo‘yicha bilimlar sistemasini o‘z ichiga olib, bu material birinchi konsentrdagi o‘quv materialini to‘la yoki qisman, ichiga oladi. Kursning konsentrik tuzilishida material o‘qitishdagi qiyinchilik sekin-asta ortib boradigan qilib o‘quvchilarning aqliy o‘sishiga va imkoniyatlariga moslashtirilgan holda joy lash tiriladi. Konsentrik qurilishning kamchiligi shundaki, unda o'quv materiali takrorlanganligi uchun vaqt ko‘p saif bo'ladi va o'quvchilarning qiziqishlarini kamaytiradi. Fizika kursining bosqichli tuzilishida bu kurs ikki bosqichda o'rganilib, ular birgalikda yagona sistemali fizika kursini tashkil etadi. Fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli qurilishidir. U pedagogika va didaktika talablariga to'la javob beradi. Bunga ko‘ra maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) Tayyorlov davrida 3—5-sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va mehnat darslarida fizika elementlarini o'rganish.
b) Kursning birinchi bosqichi: 6—9-sinfdarda fizikani 0‘rganish.
d) Kursning ikkinchi bosqichi: kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda fizikani o'rganish.
O'rta umum ta’lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari:
— o'quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o'lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;
— o'quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo'llanilishi bilan tanishtirish;
— koinotning tuzilishi va undagi hodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;
— buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o'quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
— ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog'lash orqali o'quvchilarni ongli ravishda kasbga yo'naltirish, o'rta maxsus yoki kasb-hunar ta ’lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
— fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o'lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iborat. 20 Shu vazifalami amalga oshiruvchi, ya’ni «o`rta umum ta’lim maktablari uchun fizikadan davlat ta`lim standarti»ga asoslangan holda dastur tuzildi. O`rta umum ta’lim maktablarida fizika o`qitish shu dastur asosida olib boriladi. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Vazirlar Mahkam asining 1998-yil 13-maydagi « O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish choratadbirlari to ‘g‘risida» gi 204-son qaroriga va davlat standard talablariga asoslangan holda Akademik litseylarning fizika matematika va boshqa bolimlari, hamda kollejlar uchun fizikadan o‘quv dasturlari tuzildi. Bu dasturlarda fizika o‘qitishning maqsadi va vazifalari ko‘rsatib o‘tildi. Akademik litseylarda fizika o‘qitishning asosiy maqsadi: o ‘rta um um ta’lim asosida umumiy fizikadan o ‘rta ta ’lim berishga: fizika nazariyasi kuzatishlar va hodisalar haqidagi ta’limotlami umumlashgan shakli ekanligini ko‘rsatishga, nazariya bilan amaliyotning uzviy bog‘liqligini ko'rsatishga, fizikaning texnologiyadagi, texnikadagi, tibbiyotdagi va hayotdagi ahamiyatini ta`kidlashga, fanga qiziqish uyg‘otish va uni o'rganishni davom ettirishga zamin yaratishdan iboratdir.
Fizika o ‘qitishning asosiy vazifasi:
— fizika kursining o`qitishizchilligini ta`minlash;
— fizikaning barcha bo‘limlari bo‘yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va ularning form ulalari bilan tanishtirish;
— fizik jarayon, hodisa, tushuncha hamda qonunlarni o‘rganish ketma-ketligi mantiqiy to ‘g‘ri va oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga rioya qilish;
— fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;
— tajriba o`tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish;
— asosiy fizik qonun va hodisalarni to ‘g‘ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish va tajribada tekshirib ko‘rish ko‘nikm alarini hosil qilish;
— oliy o ‘quv yurtiga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikm alarni hosil qilish;
— o`quvchilarning fizik tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish hamda hayotda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni to`g‘ri talqin qilishga o`rgatish;
— hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni hal etish yo‘lidagi roli bilan tanishtirish kerakligini ko‘rsatishdan iboratdir. Aniq fanlar yo‘nalishi bo`limlarida fizikani o`qitish uchun 720 soat, maxsus kurslarni o‘rganish uchun 148 soat, fakultativ kurslarini o`rganishga 222 soat vaqt ajratilgan. Fizikani o`rganish uchun, ximiya-biologiya yo`nalishidagi bo`limlariga 280 soat, boshqa yo`nalishdagi bo`limlarga 160 soatdan vaqt ajratilgan. Kasb-hunar kollejlarida fizikani o`rganish uchun 160 soat vaqt ajratilgan b o`lib, uni o`qitishdan asosiy maqsad bizni o`rab olgan dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasini o'quvchilar ongida shakllantirish, politexnik ta’lim berish, kasbiy predmetlarni o`rganishga nazariy asos yaratib berish va ilmiy dunyo qarashlarini to`g‘ri shakllantirib borishdan iboratdir. Fizikani kasbga bog‘lab o`qitish kasbga yo‘naltirishning eng yaxshi vositasidir. Uni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin:
a) maxsus predm etlarda fizik tushuncha, hodisa, qonunlarni qo'llash;
b) kasb m azm uniga ega bo‘lgan fizik m asalalar yechish;
d) ishlab chiqarishga m o'ljallangan asboblar yordam ida kompleks laboratoriya ishlari bajarish va fizik hodisalarni namoyish qilish;
e) hunar-texnika siklidagi predm etlarda fizik tushunchalardan foydalangan holda m asalalar yechish;
f) fizika kursi va hunar-texnika sikli predmetlaridan ayrim mavzu va bo`limdagi bilimlardan foydalanib kompleks top ­ shiriqlar bajarish;
g) o`quvchilarning texnik ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab qiluvchi masalalar yechish;
h) turli asbob va qurilmalarning tuzilishi prinsiplarini tushuntirish uchun zarur bo`lgan fizik bilimlarni qanday o`zlashtirganligini aniqlash maqsadida fizikadan uyga vazifalar berish;
i) ishlab chiqarish korxonalariga kompleks ekskursiyalar uyushtirish va ular bo`yicha o`quvchilarga hisobot tuzishni topshirish;
i) sinfdan tashqari ishlarni bajarish (to`garaklar, konfcrensiyalar, kechalar va boshqalar); ma`lum dastur asosida fakultativ kurslar o`tish. Fizika o`qitishda kasbga yo'naltirish prinsipiga amal qilinganda o`quvchilarning o`zlashtirishi ortadi. Akademik litseylarning, kasb-hunar kollejlarining va o'rta umum ta`lim maktablarining fizika dasturlarida fizikaning Nyuton mexanikasidan boshlab elem entar zarralar fizikasigacha boligan barcha bo`limlari ma`lum darajalarda o`z aksini topgan.


Yüklə 89,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin