O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti


§1.1. Qon tarkibidagi shakarini o'lchashning zamonaviy usullari



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə8/35
tarix02.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#123489
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Monografiya 28.04.2023г.

§1.1. Qon tarkibidagi shakarini o'lchashning zamonaviy usullari.
Olimlar uzoq vaqt davomida uglevodlarni iste'mol qilish tanadagi shakar miqdorini oshishiga olib kelishini isbotladilar va diabet bilan og'rigan bemorlarga qandli diabet (QD) ni davolash sifatida ratsionida uglevodlarni o'z ichiga olgan oziq-ovqatlarni iste'mol qilmaslik tavsiya qilindi. Bunday cheklovlarning samaradorligini nazorat qilishning eng qadimgi usuli Benedikt reaktivi yordamida siydikdagi shakar miqdorini aniqlash usuli edi [3]. Eritma tarkibi mis sulfat, limon kislotasi va natriy karbonatdan iborat edi. Bemor probirkadagi 5 ml reaktivga 8 tomchi siydik solib, eritmani to'g'ridan-to'g'ri olov ustida 2 daqiqa qaynatishi kerak edi. Buning natijasida siydikdagi glyukoza oksidlanib, mis sulfatni ko'k rangining intensivligi pasayishiga olib keldi va eritmaning rangi o'zgarib, rangli cho'kma hosil bo'ladi. Rang va cho'kma daraja ko'rsatkichlari siydikdagi glyukoza darajasini anglatar edi. Cho'kmasiz aniq ko'k rang siydikda glyukoza yo'qligini ko'rsatar edi, cho'kma rangining yashildan to'yingan to'q sariq yoki qizil sariqga o'zgaraishi to'g'ridan-to'g'ri siydikdagi shakar miqdorga bog'liq edi.
Glyukozani o'lchash 1921 yilda insulin kashf etilgandan keyin eng mashhur bo'ldi va keyinchalik qandli diabetni davolashda qo'llanildi. 1941 yilda Valter Kompton va Maries Trenier reagent tabletkalar shaklidagi quruq reaktivlar bilan birinchi kimyoviy testni ixtiro qildi. Ushbu tabletka Benedikt testida bo'lgani kabi reaktiv bo’lib, ammo natriy gidroksid qo'shilgan quruq shaklda edi. Reaksiyani boshlash uchun suyuqlik kerak edi, buning uchun siydik ishlatilgan. Tabletka probirkadagi siydikning oz miqdoriga tushiriladi va qaynash uchun yetarlicha issiqlik hosil qilib, bir zumda reaktsiya paydo bo'lar edi. Siydikda glyukoza oksidlanib, to'yingan mis sulfatning ko'k rangi kamayadi, bu rangning o'zgarishiga, ya’ni ko'kdan yashil ranggacha, sariq va to'q sariq ranggacha o'zgarishiga olib keladi Natijani eritmaning hosil bo'lgan rangini rangning etalon shkalasi bilan solishtirish orqali baholash mumkin edi.
Qon tarkibidagi glyukozani aniqlash uchun qo’llaniladigan qurilmalarning samaradorligi tahlil qilish uchun zarur bo'lgan qon namunasining hajmi va sifati, test chizig'i yoki kartrijning sifati, test natijasining o'zgaruvchanligi, test chizig'ida ishlatiladigan ferment kabi omillar bilan xarakterlanadi. Bu yerda keltirilgan omillarning oxirgisi (uchinchi tomon omillarining ta'siri, harorat, gematokrit) glyukoza darajasini baholash uchun qurilmada qo'llaniladigan usul bilan belgilanadi.
Glyukozani uzluksiz monitoringi (GUM) qondagi glyukoza kontsentratsiyasidagi o'zgarishlarni qayd etish usuli bo'lib, natijalar juda qisqa vaqt oralig'ida (5 daqiqadan ko'p bo'lmagan) uzoq vaqt davomida (bir kundan ortiq) qayd etiladi.
Qandli diabetni nazorat qilish va asoratlarini tekshirish hamda va boshqa yirik tadqiqotlar natijalariga ko'ra, intensiv insulin terapiyasi, shu jumladan, glikemiyani muntazam ravishda tez-tez nazorat qilish QD asoratlarini og'irligini kamaytirishi va ularning oldini olishi mumkin [4]. Shu sababli, xalqaro va mahalliy tibbiy tavsiyalar tez-tez muntazam ravishda bemorlar o'z-o'zini nazorat qilishni qandli diabetni davolashning ajralmas qismi sifatida qabul qiladi [5, 6]. Qandli diabet bilan og'rigan odamlarda glikemiyani bemorlar o'z-o'zini nazorat qilishi (GBO’NQ) ning eng keng tarqalgan usuli bu test chiziqlari va shaxsiy analizatorlar (glyukometrlar) yordamida qon namunalarini (odatda barmoqdan olingan kapillyar) tezkor sinovlarni o'tkazishdir [7]. Ushbu usulning ob'ektiv kamchiliklari va cheklovlari mavjud. GUM an'anaviy GBO’NQga nisbatan ob'ektiv afzalliklarga ega, jumladan [8]:

  • uzluksiz rejimda qondagi glyukozani konsentratsiyasi haqida ma’lumot olish imkonini beradi;

  • glikemiyanimg nafaqat haqiqiy darajasi bo’yicha, balki an’anaviy o'zgarishi haqida tasavver beradi;

  • oldindan ko’rsatkichlar dinamikasini hisobga olgan holda insonlarni glikemiyanimg normadan ogishi bo’yicha ogohlantirish imkonini beradi;

  • katta vaqt orliqlarida glikemiya o'zgarishlarning haqiqiy holatini baholash imkonini beradi.

Bundan tashqari, GUM "sun'iy oshqozon osti bezi" ning ajralmas tarkibiy qismi, ya’ni "yopiq kontur" printsipi bo'yicha real vaqt rejimida glikemiyadagi o'zgarishlarni hisobga olgan holda insulinning kiritilishini mustaqil ravishda boshqaradigan insulin pompasi hisoblanadi. Umuman olganda, GUM QDni davolash texnologiyalarini ishlab chiqishning eng istiqbolli yo'nalishlaridan biridir [9]. Shu bilan birga, bugungi kunda klinik amaliyotda qo'llaniladigan asboblar GUM dan foydalanishni cheklaydigan ko'plab kamchiliklarga ega. Eng muhim kamchiliklar uchta jihatga taalluqlidir  natijalarning aniqligi, bemorning tanasida glyukoza sensorni taqib yurishning qulayligi va sensorning xizmat qilish muddati.
Klinik nuqtai nazardan, GUM uchun ishlatiladigan asboblar odatda ikki turga bo'linadi: "ko'r-ko’rona" rejimida (yoki "professional" monitoring) va "real vaqt" rejimida (ba'zan "maxsus" monitoring deb ataladi) [8]. GUM uchun qurilmalar invaziv va noinvaziv turlarga bo’linadi (1-rasm), shuningdek, glyukoza konsentratsiyasini aniqlash usuliga ko’ra elektrokimyoviy, optik va piezoelektriklarga bo'linadi.
GUM qurilmasining invazivligi glyukoza sensorining joylashtirilishi, elektron ishlov berish birligi bilan aloqa qilish usuli bilan belgilanadi. Sensorni joylashtirish usuli, o'z navbatida, qurilmada amalga oshirilgan signalni almashtirish va glyukozani aniqlash mexanizmlari bilan belgilanadi.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin