Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
tananing informativ biofaol nuqtalarining elektr qarshilik ko'rsatkichlarini matematik qayta ishlashga asoslangan qandli diabetda qon glyukoza kontsentratsiyasini noinvaziv hisoblashning takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan algoritm qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda qon glyukoza darajasining o'zgarishini doimiy monitoring qilish imkonini beradi;
qandli diabetning noinvaziv diagnostikasi uchun bioo'lchov qurilmasi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi o'lchov natijalarini qayta ishlashning sinalgan va tasdiqlangan usullaridan foydalanish, matematik modellashtirish natijalarini eksperimental tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslash bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarning ilmiy ahamiyati qandli diabetning noinvaziv diagnostikasi uchun ma'lumotlarni tahlil qilish usullarining rivojlantirilganligi va matematik apparatni yaratilganligidan iborat.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, qandli diabetda qondagi glyukoza kontsentratsiyasini noinvaziv hisoblash uchun tavsiya etilgan algoritm asosida organizmning ichki muhitiga, begona moddalarga patogen viruslar va bakteriyalarni kiritishni istisno qiladigan, qon bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilishni talab qilmaydigan noinvaziv bioo’lchov qurilmasi ishlab chiqilganligidan iborat.
Monografiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, to‘rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 118 betni tashkil etadi.
I-BOB. QON TARKIBIDAGI GLYUKOZANI O'LCHASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA QURILMALARI
Qon inson organizmidagi eng muhim suyuqliklardan biridir, chunki u organlarda sodir bo'ladigan barcha hayotiy jarayonlarga ta'sir qiladi. Glyukoza tananing to'qimalari va hujayralari uchun energiya manbai hisoblanadi. Sog’lom insonlar uchun qondagi glyukozaning ko'rsatkichi 3,3-5,5 mmolG’l oralig'ida bo'lishi kerak. Glyukoza ko'rsatkichi 5,5 mmolG’l dan ortiq bo’lishi qandli diabetdan darak beradi, pastroq qiymatlar o'sma kasalliklarining rivojlanishida uchraydi [1].
Inson qonida aylanib yuradigan modda oziq-ovqat shakari emas, balki uning hazm qilish mahsulotlaridan biri glyukozadir. Glyukoza shakarga qaraganda oddiyroq uglevoddir. Glyukoza tanamiz hujayralari, shu jumladan, ishlatiladi mushaklar va miya uchun energiya manbai sifatida foydalaniladi. Organizmda shakar fermentlar yordamida tezda glyukozaga aylanadi.
Tanadagi har bir hujayraning vazifalaridan biri bu glyukozani so'rish qobiliyatidir. Glyukoza esa o’z navbatida organik modda bo’lib, ushbu modda tanamiz va a'zolarimizni yaxshi shaklda saqlash bilan birga barcha modda almashinuvi mexanizmlarni tartibga soluvchi energiya manbai hisoblanadi. Qonda shakarning uyg'un taqsimlanishi qonga maxsus gormon - insulin chiqaradigan oshqozon osti bezining ishga bog'liq. Aynan u inson tanasi tomonidan qancha glyukoza so'rilishini "aniqlaydi", ya'ni u inson tanasida uglevod almashinuvini tartibga soladi. Insulin yordamida inson tanasidagi hujayralar shakarni qayta ishlaydi va shu bilan uning qondagi konsentratsiyasini kamaytiradi va buning evaziga energiya oladi.
Qondagi shakar kontsentratsiyasiga tanovul qilingan oziq-ovqatning tabiati, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, jismoniy va hissiy stresslar ta'sir qilishi mumkin.
Patologik sabablar orasida eng asosiysi - bu oshqozon osti bezining noto'g'ri ishlashi bilan bog'liq bo’lgan qandli diabetnining rivojlanishi hisoblanadi. Insulin etishmovchiligi 1-turdagi diabetga olib keladi va insulinning to'qimalarga noto'g'ri ta'siri 2-turdagi diabetni paydo bo’lishiga yordam beradi [2].
Qondagi glyukoza miqdorini o'lchash klinik-diagnostika laboratoriyalarida bajariladigan, bugungi kunda eng keng tarqalgan testlash usuli hisoblanadi. Ushbu testning mashhurligining sababini qandli diabet bilan og'rigan bemorlar sonining yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Testlash esa tibbiyot muassasalarida ham, uyda ham amalga oshirilishi mumkin. Qandli diabet bilan og'rigan bemorlar qondagi glyukoza darajasini uyda tekshirishga majbur bo'lishadi, chunki bu ma'lumotsiz ular o’zlari uchun dietasi, jismoniy yuklamalarini belgilash, insulin va boshqa qand miqdorini kamaytiruvchi dorilarni qo'llash imkoniga ega bo’lmaydilar.
Organik suyuqliklardagi glyukoza darajasini aniqlash usuli glyukometriya, qurilmasi esa glyukometr deb nomlanadi.
Glyukoza darajasini tahlil qilishning turli xil tibbiy usullaridan tashqari, qo'shimcha ravishda "quruq kimyo" tamoyili asosida ishlaydigan turli xil qurilmalar (glyukometrlar) mavjud. Bunday glyukometrlar bemorlarga uyda o'lchovlarni o'tkazishga yordam beradi. Glyukometrlarni tanlash har bir individual holatda ko'plab ob'ektiv va sub'ektiv omillarga bog'liq.
Dostları ilə paylaş: |