§1.4. Qondagi glyukoza darajasini aniqlashda ko’rsatkichlar aniqligi va o'lchov xatoliklarini keltirib chiqaradigan omillar. Har qanday analitik tibbiy asbob-uskunalar singari, glyukozani uzluksiz monitoringi qurilmasiga qo'yiladigan barcha talablardan eng muhimi ko’rsatkichlarning aniqligidir. Va bu nafaqat o'lchovlarni doimiy ravishda olib boradigan mustaqil qurilmadan yopiq kontur printsipi bo'yicha tashkil etilgan sun'iy oshqozon osti beziga o'tish istiqbollari, balki shifokorlar va bemorlar uchun ko'rsatmalarning ishonchliligini tasdiqlash zarurati bilan ham bog'liq. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO 15197:2013) ishlab chiqqan mezonlarga muvofiq, agar qondagi glyukoza kontsentratsiyasini aniqlashda glyukoza konsentratsiyasining haqiqiy qiymati <4,2 mmolG’l bo'lganda, uning xatoligi 0,63 mmolG’l gacha qiymat ichida bo’lsa, sensor aniqligi normal hisoblanadi. Glyukoza kontsentratsiyasinining <4,2 mmolG’l qiymatlarida maksimal ruxsat etilgan xatolik 15% ni tashkil qiladi [23]. Biroq, bu standartlar faqat glyukometrlarga nisbatan qo'llaniladi. GUM qurilmalari uchun metrologik aniqlik standartlari tasdiqlanmagan [24]. Shu bilan birga, ROST05-A me'yoriy hujjati (Klinik va laboratoriya standartlari instituti Diabetik texnologiya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan) ishlab chiqilgan bo'lib, unda o'lchov aniqligining ba'zi nazorat ko'rsatkichlari, shuningdek, GUMda to’qimalararo suyuqlikdagi glyukoza uchun tasdiqlangan standartlar mavjud [25]. GUM aniqligini baholashning ko'pgina usullari GUM qurilmasining ish faoliyatini chiziqli regressiya tahlili usullaridan foydalangan holda tegishli sonli qiymatlari bilan taqqoslash, turli klinik ahamiyatga ega zonalar yordamida o’rtacha kvadratik og'ishlarning qoldiq yig'indisi va o'rtacha absolyut og'ish xatolarini tahlil qilingan [28, 29].
Shu bilan birgalikda, tibbiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, qurilmaning o'lchovlari 20% xatolikga ega bo’lsa, uy sharoitida diabet terapiyasi jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Agar xatolik tahlil natijalarining 20% dan ortiq bo'lsa, qurilma yoki va test chiziqlari (ishdan chiqqan yoki eskirganligiga qarab) zudlik bilan o'zgartirilishi kerak [30].
Sensorning to'g'riligini baholash uchun qo'llanma sifatida, Klarkning fikriga ko'ra, GUM va klinik analizator o'lchovlari o'rtasidagi nisbiy farqlarni ifodalovchi turli xil klinik ahamiyatga ega zonalar yordamida xato tahlilidan foydalanish afzalroqdir (ikkinchisi "haqiqiy" glikemiya sifatida qabul qilinadi) [31].
O'lchov xatolarini keltirib chiqaradigan omillar. GUM qurilmasining har bir komponenti o'lchash xatosining potentsial manbai hisoblanadi. Eng muhim xatolar asosan kalibrlash jarayoni va glyukoza sensorlarining aniqligi (shu jumladan, selektivlik) bilan bog'liq.
Kalibrlash glyukozani aniqlashda birlamchi ma'lumotlarni (masalan, elektr yoki optik signalning intensivligi) foydalanuvchi uchun ma'lumot beruvchi informativ ko'rsatkichlarga (glyukoza konsentratsiyasi qiymati) aylantirish uchun zarur. GUM qurilmalarini kalibrlash ko'p hollarda bemor sensor yoki qurilmadan foydalanisfdan oldin amalga oshirilmaydi (glyukometrlarning test chiziqlaridagi kabi).
Kalibrlash tartibi va uning ruxsat etilgan minimal chastotasi glyukozani aniqlash usuliga, sensorning invazivlik darajasiga va boshqalarga bog'liq holda o'zgarib turadi. Bundan tashqari, bir marta olingan kalibrlash shablonini bir qator sabablarga ko'ra GUM qurilmasi (yoki sensori) butun umri davomida ishlatib bo'lmaydi [32].
Sensor selektivligi. GUM qurilmasining selektivligi uning organizmda aylanib yuradigan metabolitlarning butun spektridan faqat glyukozaga javob berish qobiliyatini anglatadi. Biroq, elektrokimyoviy va optik xususiyatiga ko’ra D-glyukozaga o'xshash ko'plab molekulalar mavjud bo'lib, bu bizga sensorning selektivligi GUM texnologiyalarini rivojlantirishga asosiy to'siq sifatida gapirish imkonini beradi.
Nisbatan yaqin kelajakda mukammal GUM qurilmalarini yaratish ehtimoli ancha yuqori ko'rinadi.