O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə9/35
tarix02.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#123489
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Monografiya 28.04.2023г.

§1.2. Invaziv glyukometrlar.
Invaziv qurilmalarda tashqi boshqaruvchiga simsiz ulanish uchun modulli to'liq implantatsiya qilinadigan (teri osti yoki tomir ichiga) sensorlar mavjud. Ko'pgina implantatsiya qilinadigan sensorlarning ishlash printsipi glyukozaning fermentativ oksidlanishiga asoslanib, reaktsiya mahsulotlarini elektrokimyoviy yoki optik tahlil qiladi [10,11]. Mikrodializ printsipi kamroq qo'llaniladi. Invaziv sensorlar to'liq implantatsiya qilinadigan yoki transdermal (eng keng tarqalgan variant) bo'lishi mumkin [12,13].
Bugungi kunga kelib, qonni tarkibidagi glyukozani aniqlash usuliga ko’ra invaziv glyukometrlarning aksariyatini quyidagi 2 turga ajratish mumkin: fotometrik va elektrokimyoviy [14].
Fotometrik glyukometrlar maxsus qoplama bilan qoplangan test chiziqdan o'tadigan yorug'lik oqimining intensivligini o'lchashga asoslangan. Ushbu glyukometrlar yorug'lik datchiki bilan juda ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab qiladi. Ko'pincha, glyukoza darajasini aniqlash uchun test chizig'iga bir tomchi qon tomizilishi kerak.
Fotometrik qurilmalar, o'z navbatida, quyidagilarga bo'linadi:

  1. yakuniy nuqta bo’yicha fotometrik;

  2. fotometrik kinetik;

  3. aks ettiruvchi fotometriya;

  4. quruq kimyo.

Fotometrik usul ko'proq yuqorida sanab o'tilgan omillarga bog'liq. U glyukozani aniqlashda test chizig'ini qon bilan bo'yash printsipiga asoslanadi. Test chizig'i glyukoza kontsentratsiyasiga qarab rangini o'zgartiradigan maxsus reagentlar bilan ishlanadi. Bu birinchi avlod qurilmalari bo'lib, bugungi kunda ular eskirib bormoqda. Ko'pgina tashqi omillar ularning ko’rsatkichlariga ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun ular katta xatolikga ega.
Elektrokimyoviy glyukometrlar test chizig'idagi reagent bilan qondagi glyukoza o'zaro ta'sirlashganda yuzaga keladigan tok oqimning o'zgarishini o’lchashga asoslangan glyukozaning test chizig'i reagentlari bilan reaktsiyasidan keyin elektr tokini o'lchashga asoslangan. Bunday nisbatan zamonaviy qurilmalar khisoblanadi. Test chizig'ida kapillyar mavjud bo’lib, u barmoq teshilganda kerakli qonni oladi.
Elektrokimyoviy glyukometrlarda shakar darajasi tok miqdori bilan o'lchanadi. Bu esa glyukoza bilan test chiziqlaridagi maxsus moddalar o'zaro ta'sirlashganida paydo bo'ladi. Bu qurilmalar yangi avlodga tegishli bo’lib, bu turdagi glyukometrlarning ko’rsatkichlari avvalgisiga qaraganda bir oz aniqroq bo'ladi. Ushbu qurilmalar minimal tashqi ta'sirlarga duchor bo'ladi.
Glyukozani elektrokimyoviy glyukometrlar bilan aniqlashning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
"ho'l" biokimyoviy usullar. Ushbu usullar avtomatik biokimyoviy analizatorlarda amalga oshiriladi va katta oqimdagi tahlillarga ega bo'lgan laboratoriyalarning ehtiyojlarini qondiradi.
Biosen turidagi glyukoza analizatorlari. Ushbu turdagi analizatorlar operatorning ishini minimallashtiradi, chunki ular to'liq avtomatlashtirilgan va yuqori unumdorlikka ega (tezligi soatiga 50 dan 200 tagacha namunani tahlil qilish imkonini beradi).
ixtisoslashtirilgan biokimyoviy Microlab 540 fotometr. Ushbu fotometr tadqiqotlar soni kam bo'lgan laboratoriyalar, shuningdek, ekspress laboratoriyalar uchun mo’ljallangan.
One Touch glyukometrlari. Tez yordam brigadalari, diabetga chalingan bemorlar uchun One Touch glyukometrlaridan foydalanish ideal yechimdir.
Hozirgi vaqtda glikemiyani o'z-o'zini nazorat qilish uchun ishlatiladigan barcha glyukometrlarning umumiy kamchiliklari yetarli darajada aniqlikdan tashqari, yuqori narx va ularning invazivligidir. Zamonaviy glyukometrlar bilan o'z-o'zini nazorat qilish narxi juda yuqori va asosan sarf materiallari narxi belgilanadi. Ushbu muammolar (sarflanadigan materiallarning narxi yuqoriligi va invazivlik) invaziv bo'lmagan glyukometrlar bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy sababidir. Invaziv bo'lmagan glyukometrlar (NG) terini teshmasdan va bir tomchi qon olmasdan qondagi glyukoza darajasini aniqlashga imkon beradi [15]. Ushbu qurilmalar sarf materiallarini talab qilmaydi, shuning uchun glyukometrning o'zi qimmatroq bo'lsa ham, glyukoza darajasini nazorat qilish narxi baribir ko'p marta kamayadi.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin