O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə12/35
tarix02.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#123489
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Monografiya 28.04.2023г.

I-bob bo’yicha xulosalar
Ushbu bobda bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijasida olingan ilmiy natijalar quyidagilardan iborat:
Sog’lom insonlar uchun qondagi glyukozaning ko'rsatkichi 3,3-5,5 mmolG’l oralig'ida bo'lishi, 5,5 mmolG’l dan ortiq bo’lishi qandli diabetdan darak berishi, glyukoza ko'rsatkichining pastroq qiymatlari o'sma kasalliklarining rivojlanishida uchrashi aniqlandi;
Uzoq vaqt davomida uglevodlarni iste'mol qilish tanadagi shakar miqdorini oshishiga olib kelishi aniqlandi;
Qon tarkibidagi glyukozani aniqlash uchun qo’llaniladigan qurilmalarning samaradorligi tahlil qilish uchun zarur bo'lgan qon namunasining hajmi va sifati, test chizig'i yoki kartrijning sifati, test natijasining o'zgaruvchanligi, test chizig'ida ishlatiladigan ferment kabi omillar bilan xarakterlanishi ma’lum bo’ldi;
Qonni tarkibidagi glyukozani aniqlash usuliga ko’ra invaziv glyukometrlarning aksariyati fotometrik va elektrokimyoviy turlatga ajratilishi ko’rsatildi;
Invaziv glyukometrlarning aksariyatida glyukoza darajasini aniqlash test chizig'idagi reagent bilan qondagi glyukoza o'zaro ta'sirlashganda yuzaga keladigan tok oqimning o'zgarishini o’lchashga asoslanganligi ma’lum bo’ldi. Bunda fotometrik glyukometrlar test chizig'ini qon bilan bo'yashga asoslanganligi, elektrokimyoviy glyukometrlarda test chizig'ida kapillyar mavjud bo’lib, u barmoq teshilganda kerakli qonni tajriba sinovi uchun olishi aniqlandi.
Hozirgi vaqtda glikemiyani o'z-o'zini nazorat qilish uchun ishlatiladigan barcha glyukometrlarning umumiy kamchiliklari yetarli darajada aniqlikdan tashqari, yuqori narx va ularning invazivligidan iborat ekanligi aniqlandi;
Noinvaziv usullar glyukozaning qon va to'qimalarning fizik xususiyatlariga ta'sirini o'lchash hamda glyukoza molekulasining funktsional guruhlarini aniqlashga asoslanganligi aniqlandi.
Glyukoza darajasini noinvaziv usullar bilan kuzatish uchun tadqiqot namunasi sifatida qondan tashqari, to'qima suyuqligi, ko'z suyuqligi, tupurik, siydik va terdan foydalanish munkinligi ma’lum bo’ldi.
Qondagi glyukoza darajasini aniqlashning barcha optik usullarining kamchiliklari ko’rsatildi.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO 15197:2013) ishlab chiqqan mezonlarga muvofiq, agar qondagi glyukoza kontsentratsiyasini aniqlashda glyukoza konsentratsiyasining haqiqiy qiymati <4,2 mmolG’l bo'lganda, uning xatoligi 0,63 mmolG’l gacha bo’lsa, aniqlik normal hisoblanishi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, glyukoza kontsentratsiyasinining <4,2 mmolG’l qiymatlarida maksimal ruxsat etilgan xatolik 15% gacha bo’lishi aniqlandi.
Glyukozani uzluksiz monitoring qurilmasining har bir komponenti o'lchash xatosining potentsial manbai hisoblanishi, eng muhim xatolar asosan kalibrlash jarayoni va glyukoza sensorlarining aniqligi (shu jumladan, selektivlik) bilan bog'liqligi ma’lum bo’ldi.
Invaziv bo'lmagan usullar quyidagi asosiy imkoniyatlarga ega ekanligi aniqlandi:
1-organizmning ichki muhitiga kasallangan viruslar va bakteriyalar, begona moddalar (ksenobiotiklar)ni kirishiga yo’l qo’ymaydi;
2-tanaga radiatsion nurlanish ta'siriga imkon bermaydi, masalan, rentgenologik, radioizotopli va ultratovushli tadqiqot usullarini o'tkazishda;
3-bemorni og'riq va noqulaylik majmuasidan ozod qiladi.
So'nggi yillarda terining yaxlitligini buzmasdan, invaziv texnologiyalarni noinvaziv almashtirish ustida izlanishlar olib borilmoqda.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin