§3.1. Qondagi glyukoza darajasini aniqlashda meridianlar va ularga joylashgan biofaol nuqtalarning ta’sirini tadqiq qilishning dispersion analiz usuli. Ma’lumki, dispersion analizning asosiy maqsadi kuzatilayotgan tasodifiy miqdorning o’rtacha qiymatiga turli faktorlarning ta’sirini tadqiq qilish va miqdoriy baholashdan iborat [51]. Bu erda faktorlar deyilganda natijaviy alomat (tasodifiy miqdor) ni qiymatiga ta’sir qiluvchi o’zgaruvchilar nazarda tutilmoqda. Dispertsion analizning mohiyati ayrim o’zgaruvchilar ob’ektni biror xususiyatini ifodalovchi parametrning qiymatini namoyon bo’lishiga sabablar, boshqa o’zgaruvchilar esa ob’ekt xususiyatini ifodalovchi parametrning qiymatini namoyon bo’lishi natijasida paydo bo’ladigan oqibatlar sifatida talqin qilinishidan iborat. Bunda sabablar sifatida qaraladigan o’zgaruvchilar faktorlar (erkli o’zgaruvchilar), oqibat sifatida qaraladigan o’zgaruvchilar esa natijaviy alomatlar (erksiz o’zgaruvchilar) sifatida qabul qilingan [52].
Dispersion analiz murakkab vaziyatlarda tasodifiy miqdorning bir xil vaqt oralig’idagi qiymatlaridagi tafovutlarni keltirib chiqaruvchi turli manbalarni sinchkovlik bilan tekshirish natijasida tasodifiy miqdorga ta’sir qiluvchi bir yoki bir necha faktorlarni ta’sirini baholash imkonini beradi. Yakuniy natijaga ta’sir qiluvchi bitta faktor mavjud bo’lgan holatlar amaliyotda ko’p uchrab turadi va ushbu faktor chekli sondagi qiymatlarni qabul qiladi. Bunday vaziyatlar bir faktorli dispersion analiz yordamida tahlil qilinishi mumkin.
Biologik tadqiqotlardagi ayrim masalalarni hal qilish uchun ingliz matematigi va statistigi R.Fisher tomonidan dispersion analiz taklif qilingan [60]. Hozirgi vaqtda dispersion analiz turli faktorlarning eksperiment natijasiga ta’sirini baholashning statistik usuli sifatida ko’pgina sohalarda keng qo’llanilmoqda. Bunda esperiment natijasi natijaviy alomat deb nomlanuvchi, X tasodifiy miqdor hisoblanadi. X tasodifiy miqdorning qiymatiga bir necha Ai(iq1,2,..., r) daraja (guruh) dan iborat A faktor ta’sir qiladi. X tasodifiy miqdor (natijaviy alomat) ning o’rtacha qiymatlari faktorning barcha darajalari uchun bir xil degan faraz dispersion analizda H0 gipotezani ifodalaydi. X tasodifiy miqdorning o’rtacha qiymatlari faktorning barcha darajalari uchun bir xil emasligi alternativ, H1 gipoteza sifatida qo’llaniladi [51,52].
Dispersion analizda kuzatilayotgan miqdorlar r ta guruhga bo’linadi, bunda i-chi guruh ni(iq1,2,..., r) tanlanmadan tashkil topadi. xij bilan i-chi tajriba bo’yicha j-chi guruhda olingan qiymatni belgilaymiz.
Faraz qilaylik, har bir guruh uchun o’tkazilgan tajribalar soni bir xil bo’lib, u niqq ga teng bo’lsin. U holda tajribalarning umumiy soni nqqr ga teng bo’lib, xij qiymatlarning ham umumiy soni n ga teng bo’ladi. Tajriba natijalarini quyidagi statistik 1-jadvalga joylashtirish mumkin.
Ko’p darajali faktorning qandaydir alomat (tasodifiy miqdor) ga ta’sirini baholash uchun guruhlararo dispersiyani guruh ichidagi dispersiyaga nisbatini hisoblash lozim bo’ladi. Guruhlararo dispersiya o’rganilayotgan faktor tomonidan kiritiladi. Guruh ichidagi dispersiya esa boshqa (hisobga olinmagan) faktorlar tomonidan kiritilganligini anglatadi.