§3.2. Meridianlarda joylashgan biofaol nuqtalardagi elektr qarshiligining qon tarkibidagi glyukoza miqdoriga ta’sirini dispersion analiz usuli asosida tadqiq qilish
§3.2. Meridianlarda joylashgan biofaol nuqtalardagi elektr qarshiligining qon tarkibidagi glyukoza miqdoriga ta’sirini dispersion analiz usuli asosida tadqiq qilish. Tibbiyot mutaxassislarining tavsiyasiga ko’ra 24 va 40 yoshdagi sog’lom insonlar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida QDning 1,2-turlari (mos holda QD1 va QD2) bilan davolanayotgan bemorlar uchun [53] da yaratilgan bioo’lchov qurilmasi yordamida 14 ta meridiandagi BFN da EQning
qiymatlari o’lchandi (3.1-3.4-rasmlar). Bemorlar va sog’lom insonlar uchun ushbu qurilmadan foydalanib, “Riodoraku” tizimi bo’yicha BFN larda 1750 ta kuzatish olib borildi. Kuzatish jarayonida BFN elektr qarshiligi (kOmda) va qon tarkibidagi glyukoza miqdori ortotoluiddin biokimyoviy usulidagi ko’rsatgichlar (mmolG’l yoki mg ) tahlili olib borildi [54].
Tajriba jarayonida dissertasiya ishining 2-bobida aniqlangan QDni tashxislashda qo’llanib kelinayotgan informativ biofaol nuqtalar guruhlarining barchasi uchun umumiy bo’lgan quyidagi informativ biofaol nuqtalardagi elektr qarshiligi ko’rsatkichlaridan foydalanildi (2.1-jadval):
Tay-yuan, Xe-gu, Chun-yan, Tay-bay, Shen-men, Van-gu, Tszin-gu, Tay-si, Da-lin, Yan-chi, Tsyu-syuy, Tay chun. Tibbiyot mutaxassislarining tavsiyasiga ko’ra, sog’lom insonlar va bemorlar 24 yoshgacha, 40-yoshgacha va undan yuqori guruhlarga ajratilib, BFNlardagi parametrlarni qiymatlari o’rganildi (3.2-jadval). Chunki, bu guruhlarda yosh bilan bog’liq informativ parametrlar o’rtacha qiymatlarining o’zgarishlariga funktsional jarayon ta’siri kuzatilgan. Sog’lom insonlardan olingan BFN EQ haqidagi ma’lumotlar 3.1-,3.2-rasmlarda, QDning 1,2-turlari bo’yicha olingan ma’lumotlar 3.3-,3.4-rasmlarda keltirilgan.
3.2-jadval. QD kasalligining 1,2-turlari va sog’lom insonlarda o’tkazilgan kuzatishlar soni to’g’risida ma’lumot.