O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti
Ekspert baholash navbatdagi qaror qabul qilish (tanlash) maqsadida mutaxassislar (ekspertlar) ning fikriga asoslangan muammoning bahosini olish hisoblanadi. Mutaxassislarni tanlash ularni ushbu sohadagi tajribasini hisobga olib amalga oshiriladi. Ekspertlar fikrlarining kelishilganligini ta’minlashga erishish lozim. Shu maqsadda, ekspertlarning fikrlari ma’lum bir birliklarda: ballarda, ochkolarda, foizlarda, qismlarda va shu kabilarda ifodalanishi lozim. 2-bobda QD ni tashhislash uchun tavsiya qilingan Tay-yuan, Xe-gu, Chun-yan, Tay-bay, Shen-men, Van-gu, Tszin-gu, Tay-si, Da-lin, Yan-chi, Tsyu-syuy, Tay-chun (jami nq12 ta biofaol nuqta) informativ biofaol nuqtalari uchun ekspert baholashni amalga oshiramiz. Buning uchun [34,35,38-41,47] (jami mq7 ta) ilmiy manbalarda QD ni 1,2 turlarini tashhislashda ushbu biofaol nuqtalarning ahamiyatligiga nisbatan bildirilgan ma’lumotlar asosoda har bir biofaol nuqtaga (mos BFNning chap va o’n tomonlarga bitta baho qo’yiladi) ahamiyatlilik darajasiga ko’ra 1 dan 12 gacha oraliqdagi sonlar bilan baholaymiz. Dispertsiya usulidan foydalanib, ushbu BFN uchun kelishuvchanlik koeffitsienti W hisoblanadi. Kelishuvchanlik koeffitsienti W ning qiymati 0,67 dan 1 gacha bo’lgan qiymatlari yuqori kelishuvchanlikka mos keladi. Baholash va hisoblash natilalari 3.4,3.5-jadvallarda keltirilgan. 3.4-jadvalga asosan yig’indi rang U holda o’rtacha rang q45,5 va (3.1) formulaga asosan . formaladan ekanligini aniqlash mumkin. U holda (3.2) formulaga asosan QD ning 1-turi uchun 3.5-jadval. QD ning 2-turi uchun ekspert baholashda ekspertlar fikrlarining kelishuvchanligini baholash bo’yicha olib borilgan hisoblash natijalari.
Xuddi yuqoridagidek, QD ning 2-turi uchun 3.5-jadvalga asosan yig’indi rang o’rtacha rang q45,5 va (3.1) formulaga asosan ekaniligini topish mumkin. formaladan ekanligini aniqlash mumkin. U holda (3.2) formulaga asosan QD ning 2-turi uchun Demak, QD ning 1,2-turlari uchun ekspert baholashda kelishuvchanlik koeffisienti mos holda va ga teng. Bu esa QD kasalligini tashxislash va davolashda yuqori kelishuvchanlik asosida barcha ekspertlar informativ BFN sifatida quyida keltirilgan nuqtalarni tavsiya qilishganligini anglatadi: Tay-bay, Da-lin, Tszin-gu, Tay-si, Shen-men. BFNdan foydalanib, QD kasalligini tashxislashni matematik modelini yaratishda aynan mana shu BFN guruhidan olingan biofizik ko’rsatkichlarning qiymatlaridan foydalanish mumkin. §3.4. QDda qon tarkibidagi glyukoza miqdorini aniqlashning noinvaziv usuli uchun juftlab taqqoslash usulu asosida informativ biofaol nuqtalarni shakllantirish. Qandli diabet kasalligi uchun informativ BFNlarni aniqlash maqsadida ekspertlar guruhi uchun juftlab taqqoslash usulini qo’llaymiz. Buning uchun har bir juft meridianning qaysi biridagi BFN qandli diabet kasalligini tashhislashda boshqasidan qanday darajada muhimligini har bir ekspert bir-biridan mustaqil tarzda taqqoslaydi. BFNning meridianlarda joylashuvi haqidagi ma’lumotlar 3.6-jadvalda keltirilgan [34,35,60-63]. 3.6-jadval. Meridianlar va biofaol nuqtalar joylashuvi va belgilanishi haqidagi ma’lumotlar.
Inson tanasidagi mavjud 12 ta juft meridianlardagi BFNlarning qaysilari qandli diabet kasalligini tashhislashda muhimligini aniqlash uchun har bir ekspert 12 12 o’lchovli T taqqoslash matritsasini to’ldiradilar. Taqqoslash matritsasining elementining qiymati ekspert fikriga ko’ra meridian bilan meridianning qaysi biri boshqasidan qanday darajada muhimligini anglatadi. Muhimlik darajasi birning ulushlarida ko’rsatiladi, bunda har bir va meridian uchun tenglik o’rinli bo’ladi. Agar meridian meridianga nisbatan qandli diabet kasalligini tashhislashda muhimroq bo’lsa, u holda (agar meridian meridianga nisbatan yuqori darajada muhimroq bo’lsa, u holda elementning qiymati birga yaqinroq bo’ladi). Agar meridian meridianga nisbatan qandli diabet kasalligini tashhislashda ahamiyatsiz bo’lsa, u holda (agar meridian meridianga nisbatan yuqori darajada muhimroq bo’lsa, u holda elementning qiymati nolga yaqinroq bo’ladi) [64-66]. Har bir manba (ekspert) dan ma’lumotlarga ko’ra qandli diabet kasalligini tashhislashda foydalanish mumkin bo’lgan BFNlarni muhimligini hisoblanadi. Har bir Ek ekspert tomonidan BFNning muhimligi bo’yicha berilgan Si baho taqqoslash matritsasi -chi satri elementlarining yig’indisi sifatida quyidagicha hisoblanadi: . Barcha ekspertlarning fikri hisobga olinishi natijasida BFNlar muhimligining hosil bo’ladigan umumlashgan bahosini aniqlashda quyida keltirilgan munosabatdan foydalanish mumkin: . BFNlar muhimligining umumlashgan baholaridan foydalanib, muhimlik darajasi bo’yicha BFNlar vaznini quyidagi tenglikdan aniqlash mumkin: . Bu erda BFNlar muhimligining umumlashgan baholari yig’indisi, ya’ni . Matnni qulayroq bayon qilish uchun biofaol nuqtalarni quyidagicha belgilashlardan foydalanamiz: T1 ̵ Tay Yuan; T2 ̵ Shu-gu; T3 ̵ Chun-yan; T4 ̵ Tay-bay; T5 ̵ Shen-men; T6 ̵ Van-gu; T7 ̵ Tszin-gu; T8 ̵ Tay-si; T9 ̵ Da-lin; T10 Yan-chi; T11 ̵ Tsyu-syu; T12 ̵ Tay Chun. [34,35,67] manbalar (bizning holimizda ekspertlar) dan olingan ma’lumotlar asosida to’ldirilgan juftlab taqqoslash matritsalari 3.7-jadvalda, hisoblash natijalari 3.8-jadvalda keltirilgan. 3.7-jadval. Juftlab taqqoslash matritsalari.
Yüklə 1,41 Mb. Dostları ilə paylaş: |