a)pesh; b)konussimon; d), e),j) sharli: g) ko'p diskli: h), i) torli; j) ponasimon tasmali Variatorlar konstruksiyalarining turliclialigi va qo`lashning cheklanganligi ularni hisoblash usullarini bir tizimga solishga qarshilik qiladi. Ularni kinematik hisoblash oddiy kinematik bog`anishlarga asoslangan. Ponasimon tasmali variatorlarning hisobi xuddi ponasimon tasmali uzatmalarni hisoblash usullariga tayanishi mumkin.
Variatorlardagi ishqalanish juftliklarini G. Gers formulasi yordamida kontakt mustahkamlikka tekshiriladi. Variatorlarni loyihalashda oraliq zvenoga va uning chidamliligiga katta ahamiyat berish lozim. Variatorlarni kontakt mustahkamlikka hisoblash tishli uzatmalarni
kontakt mustahkamlikka hisoblashga juda yaqindir.
Hisoblashlami tckshirganda, loyiha to‘g‘riligini baholashda to'plangan tajriba ma’lumotlari, ko'nikma va mahorat natijalariga tayanish kerak. Variatorlarning konstruksiyalarini va hisoblash usullarini takomillashtirishda quyidagi asosiy tamoyillarni ko‘zlash maqsadga muvofiqdir:
- variatorlarni o‘zini-o‘zi tortish qobiliyatli, ya’ni uzatilayotgan moment qiymatiga mos holda dumalash jismlarini siqish kuchi ham ortadigan qilib tayyorlash;
- katta tortish xossali moylarni ishlatish;
Agar yetaklovchi valning xarakati yetaklanuvchi valga ishqalanish kuchi vositasida uzatilsa, bunday uzatmalar friktsion uzatmalar deyiladi. Bu uzatmalarning eng oddiysi bir-biriga ma`lum kuch bilan siqilgan tekis sirtli ikkita gildirak- katokdan tuzilgan.(16.1-rasm.)
5-rasm. Silindrik gildirakli friktsion uzatma.
Yetaklovchi val aylanganda gildiraklarning jipslashgan joyida ishqalanish kuchi xosil bo`ladi. Bu kuch yetaklanuvchi valni aylantiradi. Shaklda ko’rsatilgan friktsion uzatma g’ildirak vallari o’zaro parallel bo`lgan xolda qo`llaniladi. Agar kesishuvchi vallarning biridan ikkinchisiga xarakatni uzatish kerak bo’lsa, konussimon g’ildiraklardan foydalaniladi (16.2-rasm). Ishqalanuvchi g’ildiraklarning birini radiusi o’zgaradigan qilinsa, u xolda, uzatish soni o’zgaruvchan friktsion uzatma xosil bo`ladi. Bunday uzatmalar variatorlar deb ataladi.
6- rasm .Konussimon g`ildirakli friktsion uzatma.
Friktsion uzatmaning afzalliklari:
1. Tuzilishi oddiy
2. Xarakat bir tekis va shovqinsiz uzatiladi.
3. Ishlash jarayonida uzatish sonini ma`lum chegarada o’zgartirish mumkin.
Kamchiliklari:
1. Detallari tez va notekis yeyiladi.
2. Val va tayanchlariga katta kuch tushadi.
3. Uzatishlar soni doimiy emas (ishqalanish kuchi evaziga)
4. Foydali ish koeffitsienti kichik.
5. G’ildiraklarni bir-biriga siqib turuvchi moslama kerak.
Friktsion uzatmalarda uzatish soni 10 gacha , uzatiladigan quvvatning qiymati esa 300 kVt gacha bo`lishi mumkin. Lekin, ko’pincha, bu uzatmalar aylanish tezligi 25 m/s, quvvati esa 25 kVt gacha bo`lgan mexanizmlarda ishlatiladi.
Friktsion uzatmalarning kinematikasi va ularda xosil bo`ladigan kuchlar bilan tanishamiz.
Agar D1 - yetaklovchi g’ildirak diametri, p - yetaklovchi g’ildirak aylanishlar soni, D2 - yetaklanuvchi g’ildirak diametri, p2 - yetaklanuvchi g’ildirak aylanishlari soni bo’lsa, u xolda uzatmaning uzatish soni quyidagicha aniqlanadi:
bu erda, =(0,01-0,03)- sirpanishni xisobga oluvchi koeffitsient. G’ildiraklarni bir-biriga siqib turuvchi kuch quyidagicha topiladi:
bu erda, f - ishqalanish koeffitsienti
F- yetaklovchi gildirakdan yetaklanuvchi g’ildirakka uzatilayotgan kuch.
K- ilashishdagi extiyotlik koeffitsienti.
Friktsion uzatmani xisoblash tartibi bilan tanishib chiqamiz.
a) Tsilindrik g’ildirakli uzatmalar xisobi.
Yetaklovchi g’ildirak diametri quyidagicha topiladi:
bu erda, d1 - yetaklovchi val diametri. U quyidagicha aniqlanadi:
, mm bu erda, N1 - yetaklovchi valdagi quvvat
n1 - aylanishlar soni
Yetaklanuvchi g’ildirak diametri quyidagicha topiladi:
Talab etilgan siquvchi kuch quyidagicha aniqlanadi:
So`ngra esa g’ildiraklar eni quyidagicha topiladi:
bu erda, - gildirak materialini xisobga oluvchi koeffitsient.
Lekin, shart saqlanishi zarur.
b) Konussimon gildirakli uzatmalarni xisoblash tartibi bilan tanishib chiqamiz. Odatda, gildiraklarning konus yasovchi burchaklari yigindisi 900 ni tashkil qiladi, ya`ni:
bu erda, - yetaklovchi gildirak konuslik burchagi
- yetaklanuvchi gildirakning konuslik burchagi
Uzatmaning uzatish soni quyidagicha aniqlanadi:
Etaklovchi gildirakning o’rtacha diametri quyidagicha topiladi:
bu erda, dv1 - etaklovchi valning diametri. U esa quyidagicha aniqlanadi:
Aylanishlar tezligi quyidagicha topiladi:
Chervyakli uzatmalar bu kinematik juft bo’lib, chervyak va chervyakli g’ildiraklardan iborat, o’qlari esa o’zaro ayqash holda joylashgan bo’ladi. Ayqash burchakning qiymati har xil bo’lishi mumkin, biroq amalda, u asosan 90 . Chervyakli uzatmaning ishlash prinsipi vintli juftni ishlashiga o’xshash bo’ladi.
Afzalliklari: bir pog’onali uzatmada uzatish soni dank amc uzatmalar uchun u=500 gacha, quvvat uzatadigan uzatmalarda; u=8-80 gacha bo’lib eng katta qiymati 120 gacha bulishi mumkin; rovon va shovkinsiz ishlaydi; o’z-o’zidan to’xtaydigan qilib tayyorlash mumkin (bunday uzatmalarda f.i.k 50% dank am).
8-rasm.
Kamchiliklari: f.i.k. nisbatan kichik (=0.70.92); uzatiladigan quvvatning qiymati chegaralangan -5060 kVt; uzatma to’xtovsiz ishlaganda qizib ketish; rangli materiallarni ishlatilishi. Lekin shu yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklardan qat’iy nazar bu uzatmalar xalq xo’jaligida ko’p ishlatiladi. Xalq xo’jaligida asosan silindrsimon chervyakli uzatmalar ishlatiladi. Bu uzatmalarda o’qlararo masofa α uzatmaning moduli m hamda uzatish soni u ning qiymatlari GOST standartlashgan. Cherviyakli tishli uzatmalarning geometrik va kinematic parametrlari. Chervyak va chervyakli g’ildirak geometrik o’lchamlari Chervyakli uzatmalarda ham silindrsimon uzatmalardek boshlang’ich va tish bo’luvchi aylanasining diametrlari bo’ladi,bunda dω1, dω2 –chervyak va chervyakli g’ildiraklarning boshlang’ich diametrlari; d ,d -tish bo’luvchisining diametri. Korreksiya ishlatilmaganda dω1=d1, dω2=d2.
9-rasm.
Chervyak. Chervyak bu rezbali vint bo’lib silindrik (arximed), konvolyuta, evaolventa, globoid shaklda bo’lishi mumkin. Agar chervyak o’z o’qiga tik tekislik bilan kesilganda hosil bo’lgan iz trapesiyaga o’xshash bo’lsa (yon tomoni qaralganda o’ramlar arximed o’ramiga o’xshaydi), arximed chervyak deb ataladi. Xosil bo’lgan shaklning izi qisqartirilgan yoki cho’zilgan evolventaga o’xshash bo’lsa, bunday chervyak bu vint bo’lib, tora (globoid) yuzaga kesilgan o’ramadan iborat bo’ladi. Globoid chervyakli uzatmalarning tashqi o’lchamlari silindrsimon chervyakli uzatmaga o’xshash bo’lsa ham, bu uzatmalar nisbatan katta yuklanishga chidamli bo’ladi, lekin issiqlik chiqarish nisbatan katta, hamda globoidli chervyak bilan chervyakli g’ildirakni nisbatan yig’ish qiyin bo’lganligi tufayli bu uzatmalar kam ishlatiladi.
10-rasm.
Chervyaklarni bir-biridan ajratish uchun quyidagi shartli belgilar qabul qilingan: ZA-arximed chervyak: ZN-konvolyutali chervyak; ZX-evolventali chervyak.
11-rasm.
Chervyakning asosiy xarakteristikalardan biri, bu uning qadami, ya’ni yonma-yon joylashgan o’rramlarda bir xil nuqtalar orasidagi masofa. ρt=π·m bunda: m=ρt/π-ilashish moduli qiymati standart bo’yicha olinadi.