O’zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar


Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari



Yüklə 247,75 Kb.
səhifə10/11
tarix20.06.2023
ölçüsü247,75 Kb.
#133131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ish nsnsjja

Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari
SSL/TLS protokollari. Himoyalangan ulanishlar protokoli - Secure Sockets Layer (SSL) Internet brauzerlarining xavfsizligi muammosini yechish uchun yaratilgan. SSL taklif etgan birinchi brauzer
- Netscape Navigator tijorat tranzaksiyalari uchun Internet tarmoqni xavfsiz qildi, natijada ma’lumotlarhi uzatish uchun xavfsiz kanal paydo bo’ladi. SSL protokoli shaffof, ya’ni ma’lumotlar tayinlangan joyga shifrlash va rasshifrovka qilish jarayonida o‘zgarmasdan keladi. Shu sababli, SSL ko'pgina ilovalar uchun ishlatilishi mumkin. SSL o‘zidan keyingi TLS (Transport Layer Security – transport sathi himoyasi protokoli) bilan Internet da keng tarqalgan xavfsizlik protokolidir. Netscape kompaniyasi tomonidan 1994-yili tatbiq etilgan SSL/TLS hozirda har bir brauzerga va elektron pochtaning ko‘pgina dasturlariga o'rnatiladi. SSL/TLS xavfsizlikning boshqa protokollari, masalan, Private Communication Technology (PCT - xususiy kommunikatsiya texnologiyasi), Secure Transport Layer Protocol (STLPxavfsiz sathning transport protokoli) va Wireless Transport Layer Secority (WTLS - simsiz muhitda transport sathini himoyalash protokoli) uchun asos vazifasini o‘taydi. SSL/TLSning asosiy vazifasi tarmoq trafigini yoki gipermatnni uzatish protokoli HTTPni himoyalashdir. SSL/TLS aloqa jarayonining asosida yotadi. Oddiy HTTP-kommimikatsiyalarda TCP-ulanish o‘matiladi, hujjat xususida so‘rov yuboriladi, so‘ngra hujjatning o‘zi yuboriladi.
SSL/TLS ulanishlarni autentifikatsiyalash va shifrlash uchun ishlatiladi. Bu jarayonlarda simmetrik va asimmetrik algoritmlarga asoslangan turli texnologiyalar kombinatsiyalari ishtirok etadi. SSL/TLSda mijozni va serverni identifikatsiyalash mavjud, ammo aksariyat hollarda server autentifikatsiyalanadi. SSL/TLS turli tarmoq kommunikatsiyalar xavfsizligini ta’minlashi mumkin. Protokol ning juda keng tarqalishi elektron pochta, yangiliklar, Telnet va Ft'P (File Transfer Protocol - fayllarni uzatish protokoli) kabi mashhur TCP-kommunikatsiyalar bilan bogMiq. Aksariyat hollarda SSL/TLS yordamida kommunikatsiya uchun alohida portlar ishlatiladi.
SSH protokoli. Secure Shell protokoli, SSL/TLSkabi kommunikatsiyalarni himoyalash uchun 1995-yili yaratilgan. 0 ‘zining moslanuvchanligi va ishlatilishining soddaligi tufayli SSH ommaviy xavfsizlik protokoliga aylandi va hozirda aksariyat operatsion tizimlarda standart ilova hisoblanadi. SSHda aloqa seansi jarayonida ma'lumotlami uzatish uchun simmetrik kalitdan foydalaniladi. Serverni ham mijozni autentifikatsiyalash uchun SSHni osongina qayta konfiguratsiyalash mumkin. Ko‘pincha SSH tarmoq xostlarini boshqarishda ishlatiladigan, ko‘p tarmqalgan ilova - telnetni almashtirish uchun ishlatiladi. Ba’zida ishlab chiqaruvchilar SSHni telnet yoki FTPni almashtiruvchi sifatida madadlamaydilar. Bunday hollarda SSHni telnet, FTP, POP (Post Office Protocol - pochta xabarlari protokoli) yoki hatto HTTP kabi xavfsiz boMmagan ilovalar xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatish mumkin.
O’rganilayotgan loyihada foydalanuvchilar quyidagi tur ilovalardan foydalanadi:
VoIP (Voice over IP) – tovush ma’lumotlari
Video streaming – video ma’lumotlar
HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) – internet xizmati
FTP (File Transfer Protocol) – fayllar almashinuvi

Yüklə 247,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin