Raqamli radiorele aloqa liniyalarining asosiy vazifalari: - aloqa operatorlari tomonidan mintaqalararo va mahalliy tarmoqlarda transport infratuzilmasini yaratish;
- texnologik aloqa liniyalarini qurish;
- yuqori tezlikdagi LAN tarmoqlarini ulash;
- optik tolali aloqa liniyalarini zaxiralashdan iborat.
Aloqa operatorlari magistral simsiz kanallarni qurishda, optik tolali liniyalarni zaxiralash yoki optik tolali halqani tutashtirish uchun magistral RRS dan foydalanishi mumkn. Yuqori o‘tkazuvchanlik va ma’lumotlarni uzatishni ishonchliligini oshirish maqsadida bir nechta radioreleyli stansiyalaridan foydalaniladi. Optik tolali liniyalarni o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda aloqa operatorlari o‘zlarining mintaqaviy tarmoqlarini bir-biriga ulash uchun radioreleyli stantsiyalardan foydalanadilar, bir nechta tranzit nuqtalari bo‘lgan shaharlararo simsiz magistral liniyalarni yaratadilar.
II.BOB. TASHKILOTLARDA SIMSIZ TARMOQ QURULMALARINING DOLZARBLIGI. 2.1 Tashkilotlarda simsiz tarmoq qurulmalarining turlari va ishlash prinsiplari. Modem – bu modulyatsiya va demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommunikatsion dasturiga ega bo`lib, bu dasturlar yordamida ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish va qabul qilish mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuterning sistema blokiga o`rnatilgan bo`ladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
WiFi dastlab «Wireless Fidelity» ya’ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o’rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo’lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o’rnatish texnologiyasi bo’lib, IEE802.11 standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to’g’ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.
Simsiz aloqa texnologiyasi bo’lganidan keyin, ma’lum bir tashuvchisiga ega bo’lishi kerak, bu tashuvchi “chastota” deb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Hozirda 2 xil chastota turi mavjud: 2.4 GHz va 5 GHz. Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchun TP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL…
Wi-Fi zonalari shakllari Radioto‘lqinlarning tarqalishiga halaqitlar bo‘lmaganida simsiz lokal tarmoqlarning zonalari sferik shaklga ega bo‘ladi. 802.11n standartida ko‘zda tutilgan MIMO texnologiyasi va fazoviy multiplekslash zonalarni kam oldindan aytiladigan va muntazam qiladi, chunki shakl binodagi sharoitlarga bog‘liq bo‘la boshlaydi. SHunday qilib, tarmoqni rejalashtirish uchun nazorat-o‘lchash vositalari modernizatsiyalashli talab qilishi mumkin.
Hamma vaqt ham qurilma 2,4 yoki 5 GGs dipazonda ishlayotganligini birdaniga aniqlab bo‘lavermaydi. Ishchi dipazonlar haqidagi malumotlar qurilmaga ilova qilinadigan hujjatlarda bo‘lishi kerak. Bunday qurilmalar simsiz, ikki dipazonli yoki “Wi-Fini qo‘llaydigan” qurilmalar deyiladi.