Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi.
Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshisifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi.
Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda. Yangi CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini anglatib turibdi.
Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) hamda o’rta va qisqa masofa tarmoq (Bluetooth) larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar aeroportlar, universitet va institutlar, mehmonxonalar, restoranlar, korxona va tashkilotlar tarmoqlarida ko’plab qo’llanilmoqda. Simsiz tarmoqlarni standartlarini ishlab chiqish 1990 yilda butunjahon IEEE (Elektr va elektronika bo’yicha muhandislar instituti) tashkiloti tomonidan 802.11 komiteti tashkil etilishi bilan boshlangan. Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda simsiz qurilmalar yordamida ishlash g’oyasi simsiz texnologiyalarning rivojlanish jarayonlariga muhim turtki vazifasini o’tadi. 90-yillar oxiriga kelib foydalanuvchilarga WAP-xizmati taqdim etildi. Shuni ta’kidlash kerakki boshida bu xizmat ko’pchilikda uncha qiziqish uyg’onmadi. WAP-xizmati asosiy axborot xizmatlari sifatida - yangiliklar, ob-qavo, kundalik va boshqa xizmatlar to’plamini taqdim etgan edi. Shuningdek, Bluetooth va WLAN dan ham ushbu aloqa vositalarining qiymati yuqoriligi bois juda kam miqdorda foydalanishgan. Lekin narxlarning tushishi ushbu vositalarga bo’lgan talab va qiziqishni ortishiga sabab bo’ldi.
Wireless Mesh Network - bu yangi simsiz tarmoq. Bu dinamik ravishda yangi aloqalarni o'rnatadigan va boshqa tugunlar bilan bog'laydigan texnologiya. U tarmoqni o'z-o'zini tashkil qilish, o'z-o'zini ta'mirlash, ko'p tarmoqli kaskadlash va tugunlarni o'z-o'zini boshqarish afzalliklariga ega, bu tarmoqni joylashtirishning narxini va murakkabligini sezilarli darajada kamaytiradi.
XXI asrning dastlabki o’n yilligi o’rtalariga kelib simsiz Internet-servisi foydalanuvchilarining soni bir necha o’n millionga etdi. Simsiz Internet-aloqasining paydo bo’lishi bilan birinchi o’rinda uning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko’tarildi. Simsiz tarmoqlardan foydalanganda paydo bo’lgan asosiy muammolar sirasiga quyidagilarni keltirib o’tish lozim - bu maxsus xizmat, tijorat tashkilotlari va xususiy tadbirkorlar jo’natmalarini tutib qolish, kredit kartochkalar nomerlarini tutib qolish, bog’lanish uchun to’lov vaqtini o’g’irlash, kommunikatsiya markazlari ishiga xalal berish kabilardir. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish orqali hal etib borilmoqda.
Simsiz texnalogiyalar taraqqiyotning ahamiyati jihati shundaki, bu texnologiyalardan uy sharoitidagi foydalanuvchilar qulay tarzda foydalana olishlaridir. Uy tarmog’i qurilmalari sonining ortishi bilan ushbu qurilmalarni birbiri bilan ulovchi ko’plab simlar bu tarmoqning asosiy muammosiga aylanib bormoqda. Bu o’z navbatida simsiz texnologiyalarga o’tishga sabab tug’dirmoqda. Simsiz texnologiyalarning yakka tartibda foydalanuvchilari soni salmoqli bo’lsada tezkor o’sib boruvchi segmenti - bu uning korporativ foydalanuvchilari hisoblanadi. Ma’lumotlarni simsiz uzatish muhim strategik vosita hisoblanib korxonada unumdorlikni oshishi (hodimlar korporativ axborotlarga doimiy va tezkor ega bo’ladilar, ular yangiliklardan tezkor boxabar bo’ladilar) ni ta’minlaydi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi (bir vaqtning o’zida ularning shikoyatlarini va xohishlarini qabul qilish hamda bir vaqtning o’zida sezish mumkin), raqiblarga nisbatan ustunlikni yaratadi (axborotlarni almashish va qaror qabul qilish tezliklarini oshishi). Bir so’z bilan simsiz texnologiyalarni kelajak texnologiyalari deb aytishimiz mumkin.
Wi-Fi. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz vafolik» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga ma’lumki albatta kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatish talab qilinishini hamma bilishligi aniq. Wi-Fi — radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda albatta yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma’lumot almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga, o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi.
Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham bo’lishi mumkin.
Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz bog’lanish» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga ma’lumki kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatish talab qilinadi. Wi-Fi radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma’lumot almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga, o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi.
Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham bo’lishi mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham bo’gliq bo’ladi. Wi-Fi aloqa tarmog’i Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmog’ida ham ma’lumotlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa ikkinchisi esa Wi-Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman yo’qligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN tarmo’gini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning o’zigina kifoya. Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan foydalanuvchi o’zini bemalol quyidagi imkoniyatlarni ega deb hisoblashi mumkin:
1. Ko’p funksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qo’shimcha qurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma
2. Yuqori tezlikda uzoq masofalarga ma’lumot almashinish imkoniyatiga ega bo’lasiz
3. Tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga oshirishni keragi yo’q:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi.
4.Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan bo’ladi. Quyidagi rasmda Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari keltirilgan.
INTERNET – jahon bo‘yicha kompyuter tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit tarmoq bo‘lib, axborot almashinuvining yagona til – andoza – qoidalar majmuyi asosida ishlaydi.
INTERNET tarmog‘i istalgan axborotni zamon va makoniga bog‘liq bo‘lmagan xolda olish imkoniyatini yaratib beradi.
Apparat va dasturiy vositalarning rivojlanishi, mukammalligi va shu bilan bir qatorda, ko`rinishidan soddaligi, ko`pchilik foydalanuvchilar tarmoqlari o`z kuchlari bilan o`rnata oladigan darajaga keltirilgan. Ammo har bir tarmoq bilan ishlovchi yoki tanishishni xohlagan foydalanuvchi mavjud adabiyotlardan qoniqa olmasligi mumkin. Chunki adabiyotlarning aksariyati ko`p va katta masalalarni bir kitob doirasida qamrab olishga harakat qilingan.
Axborotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblsh texnikasi paydo bol`gandan beri mavjuddir.
Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashni tashkil qilish, bir masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatini beradi. Ayniqsa, Windows operatsion sistemasining oxirgi versiyalarida ancha rivojlangan tarmoq vositalari mavjudligi maxsus tarmoq dasturlarini xarid qilishdan ozod qiladi. Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish hamda ko`pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo`ladi. Yana tarmoqning asosiy texnik ko`rsatkichlaridan biri – katta yuklamada ishlash imkoniyatidir, ya’ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta trafik bilan). Tarmoqda qo`llanilayotgan axborot almashinuvi boshqaruvchi mexanizm unumli bo`lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish uchun ko`p vaqt navbat kutib qolishi mumkin.
Navbat kelganidan so`ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun ma’lum vaqt kutishga to`g`ri keladi. Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bo`lgan kompyuterlar, axborotlar soni ma’lum bo`lishi kerak. Rejalashtirilganidan ko`p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi, yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgura olmay qolishi tabiiydir. Nihoyat, tarmoq deb, bu so`zning tub ma’nosi kabi, shunday axborot uzatish sistemasini tushunish kerakki, bu mahalliy bir necha o`nlab kompyuterlarni birlashtirgan bo`lishi lozim.
Chastotalar diapazonida Wi-Fi standarti bo'yicha foydalaniladigan radio chastotalari keltirilgan: 2,4 GHz va 5 GGs. 2,4 gigagertsli va 5 gigabayt bantlar hozirda eng ommabop, jami mavjud bo'lgan barcha tarmoq qurilmalarida qo'llanilmoqda. Umuman olganda, 5 GHz guruxi 2,4 gigagertsli bandiga qaraganda tezroq ma'lumotlar uzatish tezligini ta'minlaydi, ammo uning Wi-Fi diapazoni 2,4 Gts gacha bo'lgan bandlardan biroz kamroq. Standartlarga bog`liq ravishda, ba'zi simsiz routerlar 2,4 gigagertsli yoki 5 gigagertsli bandlarni ishlatishadi, ikkinchidan, ikkalasini ishlatadigan bog`lanishlar ikki tomonlama simsiz routerlar deb ataladi, masalan, Linksys DD-WRT WRT1200AC.
Wi-Fi standarti simsiz tarmoq qanchalik tezligini va qancha signalni qamrab olishi mumkinligini belgilaydi. Wi-Fi standarti nima ekanini tushunish uchun siz Wi-Fi standartining rivojlanish tarixi haqida bilishingiz kerak.
802.11b: Bu birinchi tijorattirilgan simsiz standart edi. 22 Mbit / s gacha tezlikni taklif etadi va faqat 2,4 gigagertsli chastotada ishlaydi. Standart birinchi marta 1999 yilda ishlab chiqilgan va endi butunlay eskirgan.
802.11g: 2002-yilda taqdim etilgan 802.11g standarti birinchi marta simsiz tarmoqqa Wi-Fi deb atalgan. Ushbu standart eng yuqori tezlikni 54 Mbit / s ni tashkil etadi, lekin 2,4 gigagertsli chastotada ishlaydi. U ham eskirgan.
802.11n yoki Wireless-N: 2007 yildan buyon mavjud bo'lgan, 802.11n eng mashhur Wi-Fi standarti bo'lib, avvalgi qurilmalar bo'yicha ko'plab yaxshilanishlarga ega, masalan, 5 gigagertsli diapazonni 2,4 gigagerts band. Ushbu standart 2,4 gigagertsli va 5 gigagertsli bantlarda ishlaydi va eng yuqori tezlikni 600 Mbit / s tashkil qiladi.
802.11ac: Ba'zan 5G Wi-Fi deb ataladigan ushbu so'nggi Wi-Fi standarti faqat 5 gigagertsli chastotalar diapazonida ishlaydi va hozirgi vaqtda Wi-Fi tezligi 1,750 Mbit / s gacha (yoki eng yangi chip bilan tezroq) taqdim etiladi. to'rtburchak (4 × 4) sozlash. Standart shuningdek, 1,300 Mbit / s, 900 Mbit / s va 450 Mbit / s gacha bo'lgan 3 × 3, 2 × 2, 1 × 1 sozlamalari bilan ta'minlanadi.
Tarmoq texnologiyasi o'z qadamini to'xtatmasdan oldinga siljiydi. Va simsiz tarmoq uchun 802.11ad va 802.11ax Wi-Fi standarti mavjud. Bundan tashqari, keyingi standartlar oldingi versiyalar bilan orqaga qarab mos keladi.
Har bir turdagi turli tarmoqli kengligi (maksimal nazariy jihatdan mumkin bo'lgan tezlik) mavjud:
- 801.11a uchun 54 Mbit / s;
- 801.11b uchun bu 11 Mbit / s;
- 801.11g uchun bu 54 Mbit / s;
- 801.11n uchun bu 600 Mbit / s ni tashkil etadi.