O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə1/6
tarix16.09.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#144398
  1   2   3   4   5   6
maxsus fan TMT 1 курс 2023-2024 (dastur)


O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim, FAN VA INNOVATSIYALAR vazirligi


JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI




Tasdiqlayman”
Jizzax politexnika instituti rektori
____________A.Usmankulov
30.08.2023-yil



Ro`yxatga olindi: №MD 70721202-1.02
30.08.2023-yil

MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODIKASI"


fanining
O‘QUV DASTURI



Bilim sohasi:

700000

Muhandislik ishlov berish va qurilish sihalari

Ta’lim sohasi:

720000

Ishlab chiqarish va ishlov berish sohasi

Magistratura
mutaxassisligi:

70721201

To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)












Jizzax-2023 yil



Fan /modul kodi
MFO‘M 1102

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
1

Kreditlar
2

Fan /modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbekcha

Haftadagi dars soatlari
3 soat

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

45

45

90

2

I. O‘quv fanining mazmuni


Fanni o‘qitishdan maqsad –Ushbu fanning maqsadi magistrantlarni oliy ta’lim tizimida maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, metodologiyasi, nazariy va amaliy asoslari, ularning kelgusidagi pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur bo‘ladigan zamonaviy pedagogik va psixologik bilimlar bilan tanishtirish, jumladan;
- davlat ta’lim standartlari va ular asosida ishlab chiqiladigan namunaviy fan dasturlari, o‘quv rejalarni ishlab chiqish tartibi;
- maxsus fanlarni o‘qitishda optimal strategiyani tanlay olish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish;
- maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishda ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi innovatsiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.
Fanning vazifasi –maxsus fanlarni o‘qitish bo‘yicha magistrantlarning pedagogik mahoratini oshirish, amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni tashkil etishning zamonaviy metodlari bilan tanishtirish, maxsus fanlarga doir o‘quv-uslubiy materiallarni tahlil qilish, mashg‘ulotlarning turli usullarini ishlab chiqish va o‘tkazish, shuningdek, talabalar bilim darajasini nazorat qilish va baholashning zamonaviy yo‘llarini o‘rgatish.




II. Asosiy nazariy qism. (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

  1. mavzu: Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining mazmuni, predmeti va maqsadi

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari. Dars o‘tish metodlari va unga turli jihatdan yondashish. Didaktika, uning tamoyillari va o‘quv jarayonini tashkil etish. O‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil etuvchi sub’ekt. Ta’lim tizimida o‘qitishning asosiy shakllari.

  1. mavzu: Oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari

Davlat ta’lim standarti, malaka talablari, mutaxassisliklar klassifikatori, o‘quv reja, namunaviy va ishchi o‘quv reja, o‘quv dasturi, namunaviy va ishchi o‘quv dastur, taqvimiy mavzular rejasi.

  1. mavzu: Maxsus fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari

Nazariy ta’lim, maruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya darsi, o‘quv ustaxonasida o‘qitish. Mахsus fаnlаrni o‘rgаnishdа qo‘llаnilаdigаn аsоsiy univеrsаl vа хususiy mеtоdlаr.

  1. mavzu: Dаrs o‘tish mеtоdlаri vа ulаrni tаnlаshning аsоsiy mеzоnlаri.

Mахsus fаnlаrni o‘rgаnishdа qo‘llаnilаdigаn аsоsiy univеrsаl vа хususiy mеtоdlаr.


Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin