O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (mlrd. AQSh dollari)5



Yüklə 490,69 Kb.
səhifə13/18
tarix07.04.2023
ölçüsü490,69 Kb.
#94646
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
O\'zbekistonning xalqaro iqt tashkilotlar bn hamkor

4-rasm. Tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (mlrd. AQSh dollari)5
So’nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishni, eksportni qo’llab-quvvatlash, import o’rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli o’zgarishga erishildi.
Shu bilan birga ta’kidlab o’tish kerakki, mamlakatning tashqi savdo faoliyatida mavsumiylik mavjud. Ya’ni, yil o’rtasida nisbatan yuqori faollik kuzatilib, oylik TSA iyul oyida o’zining eng yuqori qiymati – 4,8 mlrd. AQSh dollari bilan respublikaning tashqi savdo muvozanatini ta’minladi. 2019-yil dekabrida TSA 3,9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi va yilni passiv savdo balansi bilan yakunladi.
Tashqi savdo aylanmasining choraklar kesimida tahlillari shuni ko’rsatdiki, eng yuqori TSA 12 mlrd. AQSh dollari bilan 2019-yilning III choragiga to’g’ri kelib, 2017-2018 - yilllarga nisbatan 1,5 barobar oshganini ko’rsatdi.

5-rasm. Tashqi savdo aylanmasi va balansining choraklik dinamik ko’rsatkichlari (2017-2019-yillarning choraklari bo’yicha, mlrd. AQSh dollari)6
2017-2019-yillardagi TSA o’sishiga alohida e’tibor berish talab etiladi. Ya’ni, 2019-yilning III choragida passiv tashqi savdo balansi 6,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi va 2017-yilning I choragidagi ko’rsatkichga nisbatan 2,4 barobar oshgan (5-rasm).
O’zbekiston jahonning 193 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,1 %), Rossiya Federatsiyasida (15,7 %), Qozog’istonda (8,0 %), Koreya Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (6,0 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg’izistonda (2,0 %) qayd etilgan (1-jadval).
Shuningdek, qo’shni davlatlar bilan o’zaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni iqtisodiy-ijtimoiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ko’rish mumkin.

1-jadval


Yüklə 490,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin