4
ahvoli ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir
boshqa holatlardan qati
nazar, biron bir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari
toʻgʻrisida konvensiya 1990-yil 2-sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston
Respublikasi 1992-yil 9 dekabrda qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki
unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari
qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston
Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruza 1997-
yilda tayyorlandi.