II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BOLA HUQUQLARI
TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA”SINING PRINSIPLARI
2.1. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilishning shart-
sharoitlari, o‘ziga xos xusutsiyatlari va poydevor prinsiplari
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bola huquqlarini himoya qilish tarixida
alohida o‘rin egallaydi. Konvensiya tez orada, 20 ta davlat tomonidan ratifikatsiya
qilindi va 1990-yilda kuchga kirdi. Konvensiyani tayyorlash jarayoni oddiy
kechmaganligini inobatga olish lozim. Bolaga har qanday odamlarga tegishli
huquqlarni taqdim etishga ishonmaydiganlarning jiddiy qarshiliklariga uchradi.
Ayniqsa, bolaning o‘z fikrini bayon qilish, yig‘ilishlarda erkin ishtirok etish, vijdon
erkinligi, ijtimoiy ta’minotdan foydalanish huquqlarini e’tirof etishning zarurligiga
shubhalanuvchilar bo‘ldi. Keskin munozaralar natijasida bola huquqlari odamlarga
tegishli huquqlar kompleksi bilan ta’minlanishi to‘g‘risida g‘oyani e’tirof etuvchilar
har qalay ustun keldilar. YUNISEF ma’lumotlarida alohida ta’kidlanganidek, bu
huquqlarning barchasi Konvensiya matni bo‘yicha uch asosiy maqsadni nazarda
tutadi:
• birinchidan, bola huquqlari barcha boshqa shartnomalarga binoan umuman
insonlarga berilgan huquqlardan iborat ekanini yana bir-marta ta’kidlash;
• ikkinchidan, insonning ba’zi asosiy huquqlarini mustahkamlab, bolalarning
o‘ziga xos manfaatlarini alohida e’tiborga olish;
• uchinchidan, bolalar uchun ayniqsa muhim bo‘lgan sohalarga oid me’yorlar
belgilash. Ta’kidlash lozimki, bolalarning keng huquqlarini tan olinishini, o‘z
huquqlaridan foydalanish va ularni himoyalashda mustaqil bo‘lishini ba’zilar
Konvensiya, xuddi bolalarni o‘z oilalaridan “ozod” qilayotgandek tushundilar.
Bunday tushuncha Konvesiyaning mazmuniga batamom zid bo‘lib, uning harakteri
va maqsadini noto‘g‘ri talqin qilardi. Haqiqatda esa, Konvensiyaning maqsadi
bolalarni o‘z ota-onalaridan va oilalaridan uzoqlashtirish va yakkalab qo‘yish emas,
aksincha, bolalarni o‘z oilasida yashashi, ota-onasidan ajratilmasligi, oila tizginlarini
susaytirish emas, balki kuchaytirishga qaratilgan edi. Ishtirokchi davlatlarga, turli
16
sabablarga ko‘ra buzilgan oilalarni tiklash vazifasi yuklatilgani ham buning
isbotidir. Konvensiyaning chin mohiyati va ruhi oilani tibbiy orombaxsh muhit
ekanligini va bola uni sevgan ota-onasi bag‘rida mustaqil rivojlanishi, shakllanishi
zararligini e’tirof etishga qaratilgandi. Konvensiyada uch jiddiy yangilik mavjud.
Birinchidan, u bolalar uchun “ishtirok etish huquqi” tushunchasini amaliyotga kiritdi
va bolalar o‘z huquqlaridan xabardor bo‘lishining ahamiyatini tan oldi.Ikkinchidan,
ilgari xalqaro hujjatlarda hech eslatilmagan ba’zi masalalarni o‘rtaga tashladi:
shafqatsizlik va ekspluatatsiyadan jabr ko‘rgan bolalar o‘z ahvolini tiklashga haqli
ekani va hukumatlar bolalarning salomatligiga putur yetkazadigan odatlarga barham
berish uchun qadam tashlashga majburligini ta’kidladi. Uchinchidan, u ilgari yuridik
majburiyat tug‘dirmaydigan matnlardagina uchraydigan prinsiplar va me’yorlarga,
xususan farzandlikka olish va voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga
oshirish bilan bog‘liq masalalarga e’tiborni qaratdi. Konvensiya, shuningdek, ikki
muhim konsepsiyani amaliyotga kiritdi: Birinchi konsepsiya - “bola manfaatlarini
yaxshiroq ta’minlash” (3-modda) bolalarga nisbatan barcha munosabatlar uchun
majburiy omil deb sanaldi; Ikkinchi konsepsiya - ota-ona yoxud bola uchun mas’ul
bo‘lgan barcha shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirib, bolaga nisbatan boshqaruv
va rahbarlik qilish chog‘ida uning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga mos ish
tutishlari darkor. Konvensiyaga ko‘ra, bolaga nisbatan barcha harakatlar “bolaning
manfaatlarini imkon boricha ta’minlash” (3-modda) mezoniga asoslanishi lozim. Bu
mezon ota-onalarning o‘z bolalariga munosabatlarida ham inobatga olinmog‘i shart.
Ular (ota-ona va ularning o‘rnini bosuvchilar) o‘z huquqlarini bolaning
rivojlanayotgan qobiliyatlariga, ya’ni uning manfaatlariga moslab amalga
oshirishlari kerak. Konvensiyaning asosiy prinsiplari tegishli qonun majmualarida -
oila, fuqarolik, mehnat kodekslarida va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda
topgan. Bu asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
• Yashash bolaning ajralmas huquqi ekani prinsipi;
• Bola manfaatlarining yanada yaxshiroq ta’minlanishi prinsipi;
• Bolani kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi;
17
• Bolaning o‘z fikrini erkin ifodalashi va tinch yig‘ilish erkinligiga bo‘lgan
huquqi prinsipi. “Bolaga tegishli barcha huquq va erkinliklarning negizini tashkil
etuvchi to‘rtala prinsip, uning teng huquqli shaxs sifatidagi huquqiy maqomini
yuksaltirish nuqtai nazandan qadrlanadigan mazkur prinsiplar Konvensiyaning
poydevor prinsiplari hisoblanadi va uning normalari bu prinsiplar asosida qurilgan.
2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Bola huquqlari to’g’risidagi
Konvensiyaga qo’shilish to’g’risida” 1992 yil 9 dekabrdagi 757-XP-sonli qarori.
O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY
KENGASHINING
QARORI
BOLA
HUQUQLARI
TO‘G‘RISIDAGI
KONVENSIYAGA
QO‘SHILISH
HAQIDA
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida e’lon qilingan prinsiplarga muvofiq,
jamiyat barcha a’zolarining qadr-qimmatini, teng va daxlsiz huquqlarini e’tirof etish
inson erkinliklarini ta’minlashning asosi ekanligini e’tiborga olib, shuningdek
bolalar alohida g‘amxo‘rlik va himoya huquqiga ega ekanligini e’tirof etib,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1989-yil 20-noyabrda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 44- sessiyasi qabul qilgan
Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilsin. 3. Bola huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiya normalarining umumiy tavsifi Mazkur hujjat konvensiya
shaklida tuzilgandir. Odatda, konvensiya (lot. sonventio-bitim) atamasi umumiy
ma’noda ham, muayyan turdagi xalqaro bitimlarni belgilsh uchun ishlatiladi.
Umumiy ma’noda atama odat huquqidan farqli o‘laroq, BMT Xalqaro sudi
Statutining 38-moddasida belgilanganidek, asosan shartnoma huquqini belgilash
uchun ishlatiladi . Konvensiyanmng tuzilishi, odatga ko‘ra, kirish qismi
hisoblanmish muqaddima, ikkita qismdan iborat asosiy qism va yakunlovchi
qismdan iborat 3 ta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, umumiy 54 moddani tashkil etadi.
Konvensiyaning rasmiy maqsadi, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari
va shartnoma tuzish sabablari ko'rsatilgan Muqaddima qismida, xalqaro
hamjamiyatning jahonda bola huquqlarini har tomonlama himoya qilishga qat’iy
sa’y-harakati, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga
uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sib-ulg‘ayishlari va farovonlikka ega
bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan
18
bo‘lishiga erishish maqsadda zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim
ekanligi, bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti
uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida
o‘sishi zarurligini e’tirof etgan holda, jahondagi barcha mamlakatlarda og‘ir
sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj
ekanliklarini, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har
bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini
munosib tarzda hisobga olinganligi, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan
mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro
hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etilganligi, shuningdek, Konvensiyani bola
huquqlari bo‘yicha boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar va ularning normalari
uyg‘unligi kabi masalalar o‘z aksini topgan. Konvensiyaning I-qismida ishtirokchi
davlatlarning bolalarning huquq va erkinliklari, ota-onalari va ularni o‘rni
bosuvchilarning huquqlari, majburiyatlari, shuningdek, ularni ta’minlab berish
borasidagi davlat va uning tegishli organlarining majburiyatlari va vazifalari
belgilab berilgan. Konvensiyaning 1-moddasida “bola” ta’rif beriladi, ya’ni, unga
ko‘ra “18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan
qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi”.
Konvensiyaningg 2-5 moddalarida ishtirokchi-davlatlarga, ular tomonidan
Konvensiyada ko‘zda tutilayotgan huquqlarni ta’minlab berish yuzasidan amalga
oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari, kabi majburiyatlar yuklatilgan. Jumladan,
2-moddada, ishtirokchi-davlatlarga o‘z ta’sir doirasida bo‘lgan har bir bola uchun
Konvensiya ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi,
tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy
kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki
qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’iy nazar, hurmat qilishi
lozimligi hamda bu huquqlarni ta’minlab berish, shuningdek, “bola, uning ota-onasi,
qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z
ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha
shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘rish
19
majburiyatini yuklaydi. Kamsitish - yengish qiyin bo‘lgan ijtimoiy hodisa
hisoblanib, ijtimoiy turmushning barcha darajalarida barham berilishi lozim. Uni
yo‘qotish uchun avvalo, davlat o‘zining siyosiy irodasini namoyish etishi zarur. Bola
huquqlari to‘g‘risida konvensiya, ishtirokchi-davlatlar zimmasiga ular tomonidan
nazarda tutilgan ”barcha huquqlarni hurmat qilish va ta’minlash” vazifasinini yuklab
qo‘yganligi bejiz emas. Shunga muvofiq, davlat bolalar o‘z huquqlaridan haqqoniy
foydalanishlari uchun huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy tusdagi
choralardan foydalanishi kerak. Bu o‘rinda kamsitishning oldini olish borasida
ogohlantiravchi choralarni yaratish haqida so‘z yuritilmoqda. Insonning rivojlanish
erkinligini kamsitish nomaquldir. Hozirda jamiyat, uning har bir institutining
bevosita ishtirokisiz uni tubdan yo‘qolishini tasawur qilib bo‘lmaydi. Fuqarolik
jamiyatining rivojlanish darajasiga shubhasiz ko‘p narsa bog‘liq. Dunyo rivojlanish
tajribasining dalolat berishicha, fuqarolik jamiyatining “ulg‘ayishi” ijtimoiy
muammolarni hal etish jarayonida fuqarolarning ishtiroki bilan amalga oshadi.
Jamoatchilik kamsitishni yo‘qotishga qanchalik muvaffaqiyatli kirishsa, uning
hayotiy zarur muammolarni yechish faoliyatining natijasi ham shunchalik samarali
bo‘ladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan
tayyorlangan “2000-yil bo‘yicha insoniyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi ma’ruza”da
sanab o‘tilgan “Yetti erkinlik“ qatoriga “Kamsitishlardan erkin bo‘lish” ham
kiritilgan 3-moddada “Bola manfaatlarini yaxshiroq ta’minlash prinsipi” o‘z aksini
topgan, ya’ni unga ko‘ra, bolalarga nisbatan barcha hatti-harakatlarda, ular ijtimoiy
ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar,
ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-yo‘qmi,
bundan qat’iy nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi
darajali e’tibor berilishi; Ishtirokchi-davlatlar o‘z zimmasiga bolani uning
farovonligi uchun zarar hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash, bunda
uning ota-onasi, vasiysi yoki qonun bo‘yicha uning uchun javobgar sanalmish
boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni hisobga olishlari
hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko‘rishlari;
Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yoki ularni himoya qilish
20
uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar
tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog‘liqni saqlash
sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli
nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me’yorlarga javob berishlarini
ta’minlashlari lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: |