I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BOLA HUQUQLARI
TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA”SI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
1.1. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari to‘g‘risidagi
konvensiya” va uning mazmun va mohiyati
Mamlakatimizda inson huquqlariga oid xalqaro huquqning umum e’tirof
etilgan tamoyillariga tayanib, bola huquqlarini himoya qilish tizimini bosqichma-
bosqich isloh etish, bola huquqlariga oid xalqaro huquq normalarini milliy
qonunchilikka implementatsiya qilish va qonunchilikni takomillashtirishga jiddiy
e’tibor qaratildi. Bu borada voyaga yetmaganlarni moddiy va ma’naviy jihatdan
qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi muhim islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa,
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning amalga kiritilgani
mamlakatimizda bola huquqlariga oid yaxlit, kodifikatsiyalashgan milliy
qonunchilik tizimining yaratilishiga huquqiy poydevor vazifasini o‘tadi.
O‘zbekistonda Bola huquqlari bo‘yicha 100 dan ziyod qonunlar, Prezident
farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar
qabul qilingan. Eng muhimi, mamlakatimizda bola huquqlari va manfaatlarini
himoya qilish bo‘yicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi.
Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan “Bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonda bola huquqlariga oid birinchi tarixiy
hujjat bo‘ldi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola huquqlariga oid qonun
hujjatlarining kodifikatsiya qilinishiga zamin yaratishga, ikkinchidan, BMTning
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya
qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning mosligini ta’minlashga
xizmat qiladi. Uchinchidan, bola huquqlarini himoya qilish mexanizmining oshkora
va samarali bo‘lishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq kafolatlarini
belgilab olishga imkoniyat berdi.
Shuningdek, 2010 yil 30 sentyabrda “Voyaga etmaganlar o‘rtasida
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning
amalga kiritilishi bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy
6
asoslarini yanada mustahkamladi. Ya’ni ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning
nazoratsizligini va ular o‘rtasida huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga
qaratilgan kompleks huquqiy choratadbirlar tizimini belgilab berdi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bolalarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan
o‘ta muhim umummilliy davlat dasturlari qabul qilindi. Endilikda ular bosqichma-
bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Sog‘lom avlod” (2000 yil), “Ona va bola” (2001 yil), “Ayollar va
ulg‘ayayotgan avlod sog‘lig‘ini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar
to‘g‘risidagi davlat dasturlari (2012 yil), shuningdek, “YOshlar yili” (2008 yil) va
“Barkamol avlod yili” (2010 yil), “Sog‘lom bola yili” (2014 yil), “Sog‘lom ona va
bola yili” (2016 yil)ga bag‘ishlangan davlat dasturlari va milliy harakat rejalari
ishlab chiqildi.
Bugungi kunda bolalar va yoshlar masalalari davlat siyosatining asosiy diqqat
markazida turganligini “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi (2016 yil 15
sentyabr), “Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan himoya
qilish to‘g‘risida”gi (2017 yil 9 sentyabr) Qonunlarning qabul qilinishi ham yaqqol
ko‘rsatib turibdi.
Nima uchun O‘zbekistonda Bola huquqlariga katta e’tibor qaratiladi? Buni
quyidagilar bilan izohlash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi 28 yoshni qarshiladi. Aholimizning 40% ni 18
yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.
Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy
rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali
oilalarni, etim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi
yaratilgan. Ta’kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston
qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi
7
konvensiyasidir. Mana 26 yildan beri ushbu konvensiya O‘zbekistonda amal qilib
kelmoqda.
Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me’yorlar va qonunlarga tayanadi.
Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish
bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat
bo‘lib, mazkur yo‘nalishda YUNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda BMTning Bola huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishi bola huquqlariga oid davlat
siyosatining shakllanishi uchun zamin yaratdi va ushbu siyosat bola huquqlarini
amalga oshirish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga
solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat organlari va mahalliy
davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan faoliyatida namoyon
bo‘lmoqda.
Mamlakatimiz xalqaro mehnat tashkilotining “Ishga qabul qilish uchun eng
kichik yosh to‘g‘risida”gi (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda Bolalar mehnatining
og‘ir shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar
to‘g‘risidagi konvensiyasiga (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ham qo‘shildi va ushbu
hujjatlar qoidalaridan kelib chiqadigan o‘z majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda.
Shu bilan birga, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy
hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning ta’lim olishi,
davolanishi va ularning boshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’yi-
harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yo‘lga qo‘yish
bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekistonda bola huquqlari va erkinliklari 100 dan ortiq qonunlar bilan
tartibga solinishiga qaramay, 2008 yil 8 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 2008 yil 7 yanvarda
8
imzolagan.Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e’lon qilingan va kuchga kirgan.
Ushbu qonun 4 bob, 32 moddadan iborat:
I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)
II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar)
III – bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha
kafolatlari (24-29- moddalar)
IV – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar)
Mazkur Qonunga O‘zbekiston Respublikasining 25.12.2009 yildagi O‘RQ-
239-son Qonuniga muvofiq o‘zgaritirishlar kiritilgan.
Qonunning 2-bobida “Bola huquqlarining asosiy kafolatlari” to‘g‘risidagi
qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unda jumladan bolaning quyidagi huquqlari:
Bolaning yashash huquqi, individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan
huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, himoyaga bo‘lgan huquqi, oilaviy
muhitga bo‘lgan huquqi, g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqi, o‘z
fikrini ifoda etish huquqi, axborot olish huquqi, fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod
erkinligi huquqi, xususiy mulkka bo‘lgan huquqi, turar joyga bo‘lgan huquqlari,
mehnat qilish huquqi, dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi, sog‘lig‘ini saqlash
huquqi hamda bilim olish huquqi kafolatlari haqida gap boradi
Qonunning ahmiyatli jihati shundaki, uning 3-bobida “Ijtimoiy himoyaga
muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari” belgilab qo‘yilgan bo‘lib,
unda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning:
- oila muhitiga bo‘lgan huquqi kafolatlari
- jamiyatga uyg‘unlashish huquqi kafolatlari
- turar joyga bo‘lgan huquqlari kafolatlari
- ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari
- Nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan
bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari
- ta’lim olish huquqi kafolatlari mustahkamlangan.
1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 44/25-sonli rezolyusiyasi
bilan qabul qilingan, 1990 yil 2 sentyabrdan kuchga kirgan “Bola huquqlari
9
to‘g‘risidagi Konvensiya” shartnoma kuchiga ega bo‘lgan xalqaro huquqiy xujjat
bo‘lib, muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat. Konvensiyaning 1-41 moddalari
bolalarning huquq va erkinliklari to‘g‘risida, 42 – 54 moddalari ishtirokchi
davlatlarning majburiyatlari to‘g‘risida.
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ning prinsiplari:
-Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish. Barcha huquqlar
hech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatning vazifasi –
bolani kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanganligini ta’minlash va hamda
uning huquqlarini ta’minlab berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish.
- Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli ta’minlash. Bolalarga
nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga
birinchi darajali e’tibor beriladi. Agar ota-ona yoki vasiy bu vazifalarni bajara
olmasalar, davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va
g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
- Bolaning yashab ketish va sog‘lom rivojlanishini kafolatlash. Har bir bola
yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va sog‘lom
rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada
imkoniyat yaratib berish majburiyatini oladi.
- Bolaning huquqlarini tan olish. Bola o‘zining fikrini erkin ifoda etish
huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri
e’tiborga olinishi shart.
Bola huquqlarini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi BMTning:
1) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
2) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
3) Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to‘g‘risidagi konvensiya;
4) Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya va Qiynoq va
muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa
turlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro shartnomalariga ham
tayanadi.
10
BMTning oltita asosiy xalqaro hujjatiga qo‘shilgach, O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga
muvofiq tarzda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muayyan xalqaro
majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.
2008 yilda O‘zbekiston parlamenti bola huquqlariga ham tegishli bo‘lgan bir
qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi:
1. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi XMT ning
konvensiyasini (2008 yil 4 aprelda);
2. Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va tugatishga doir
shoshilinch choralar to‘g‘risidagi XMTning konvensiyasini (2008 yil 8 aprelda);
3.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka
qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000 yil 15 noyabr) to‘ldiruvchi odam
savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek
qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi protokolini (2008 yil 8 iyulda);
4. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir bolalar savdosi, bolalar
fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008 yil
11 dekabrda);
5. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir, bolalarning qurolli
mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008 yil 12 dekabrda).
2014 yilda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga
oshirishga qaratilgan qo‘shimcha choratadbirlar Dasturining yaratilishi, 2016 yilda
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatda
istiqomat qilayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 60%dan ortiq aholi
vakillarining ijtimoiy, huquqiy, qonuniy manfaatlari doimo davlatning diqqat
markazida ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ushbu qonun 4 bob, 33 moddadan
iborat bo‘lib, 2016 yilning 15 sentyabridan kuchga kirgan.
|