O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#128803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati

4-modda: Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni 
amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma’muriy va boshqa choralarni 
ko‘radilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar 
bunday choralarni o‘zlarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar 


29 
yuqori darajada zarurat tug‘ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul 
qiladilar.
5-modda: 
Ishtirokchi-davlatlar 
ota-onaning 
va 
tegishli 
holatlarda 
kengaytirilgan oila a’zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko‘zda tutilganidek, 
jamoaning vasiylar yoki qonun bo‘yicha bola tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan 
boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga 
oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu 
ishni bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga muvofiq holda bajarishdagi 
mas’uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
6-modda: 1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa 
ega ekanligini e’tirof etadilar.
2.Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog‘lom rivojlanishi uchun 
mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar.
BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasida 18 yoshga to‘lmagan 
har bir inson zoti - bola hisoblanishi, bola uchun ishtirokchi davlatlar o‘z 
yurisdiksiyasi doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ushbu Konvensiyada nazarda 
tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, 
dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, 
mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy 
vasiylari yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qilishi hamda 
ta’minlashi belgilab qo‘yilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul 
qilingan. 1990 yil 2 sentabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan
O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 9 
dekabrdagi N 757-XII Qaroriga muvofiq qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi uchun 
1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin