O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#128803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati

 
 
 
 
 
 


31 
XULOSA 
Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy huquqlari yigʻindisidan iborat. U bolalar oʻzining axloqiy, aqliy 
va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari 
sogʻligʻi va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega boʻlish va ovqatlanish, 
kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini 
talab etadi. Konvensiyaga ko’ra, bola oʻzining kamol topishida oʻzi faol ishtirok 
etish, oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni 
hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sogʻlom 
rivojlanish huquqiga, farzandlikka olish bilan bog’liq huquqqa, noraso bolalar va 
qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid 
qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda 
oila va ota-onaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi 
majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim 
tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki 
boshqa eʼtiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, 
sogʻligʻining ahvoli ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa 
holatlardan qat`iy nazar, biron bir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi 
kerak. Yosh avlodni erkin, demokratik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni 
komil inson ruhida o‘stirish va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish va 
ta’minlab berish fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik, huquqiy davlatni 
qurishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir jamiyat uchun juda ham muhim va 
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Barcha demokratik davlatlar kabi, mazkur masala, 
ya’ni yosh avlodni tarbiyalash, aholida esa bola huquqlari sohasidagi huquqiy 
madaniyatni shakllantirish masalasi, O‘zbekiston uchun ham muhim va dolzarb 
masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi yosh mustaqil davlat bo‘lib, 
aholisining 40%ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 
yoshgacha bo‘lgan yoshlar. Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida 
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual 
va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek 


32 
ko‘p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni 
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi1 . Mamlakatda bola huquqlarini 
ta’minlash va ularni har tomonlama himoya qilish uchun maxsus huquqiy baza 
shakllangan desak, adashmagan bo‘lamiz. Jumladan, bolalarning huquqlari 
mamlakatimiz Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki davridanoq, aniqrog‘i 1992-yili 
BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasini 2 ratifikatsiya qilishi bilan 
jamiyatimiz bola huquqlari naqadar, dolzarb masala ekanligini xalqaro miqyosda 
e’tirof etdi. Mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlashda, qonunchilik hujjatlari 
va Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bilan bir qatorda, Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, 
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, xotin-qizlarga 
nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya, 
kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya, kabi inson huquqlari bo‘yicha boshqa 
xalqaro shartnomalarga ham tayaniladi. 


33 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin