O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 38,7 Kb.
tarix13.06.2023
ölçüsü38,7 Kb.
#129284
Falsafa mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

9-1 IQTS IM 2022 guruh talabasi
SATTOROV ELDOR XALILOVICHNING


«FALSAFA» fanidan

MUSTAQIL ISHI

Buxoro – 2023 yil
Mavzu: Korrupsiya tushunchasi va uning oqibatlari

Reja:

  1. Korrupsiya o’zi nima? Uning ta’rifi va tarixi.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilinishi.

  3. O‘zbekistonda korrupsiya xavfi bo‘lgan sohalar.



1. Korrupsiya (lat. corrumpere — ma’naviy (axloqiy) jihatdan buzish, razillashtirish, yo‘ldan urish, lat. corruptio — pora berib sotib olish; buzilish, ishdan chiqish, axloqiy (ma’naviy) buzilish; chirish; sotqinlik, tanazzul) - odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bog‘liq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadigan atama.
Korrupsiya deb shuningdek, mafiya kuchli bo‘lgan davlatlarga xos bo‘lgan mansabdor shaxslarni pora berib sotib olish, ularning sotqnligi, poraxo‘rligi ham tushuniladi. Evropa tillarida mos keluvchi atama odatda kengroq semantikaga ega bo‘lib, bu lotin tilidagi so‘zning birlamchi ma’nosidan kelib chiqadi. Mansabdor shaxsning harakatlari va uni yollagan shaxsning manfaatlari o‘rtasidagi yoki saylangan kishining harakatlari va jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi nizo korrupsiyaga xos alomat hisoblanadi.
Korrupsiyaning ko‘plab turlari mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladigan firibgarlik singari bo‘lib, davlat hukumatiga qarshi jinoyatlar toifasiga kiritiladi.
Korrupsiyaga unga tegishli bo‘lmagan resurslarni o‘z ixtiyoricha taqsimlash sohasida diskretsion hokimiyatga ega bo‘lgan har qanday mansabdor shaxs (amaldor, deputat, sudya, huquqni muhofaza qilish organlari xodimi, ma’muriyat boshlig‘i va h.k.) duchor bo‘lishi mumkin. Korrupsiyani rag‘batlantiruvchi asosiy omil hokimlik qilish vakolatlardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy foyda (renta) olish imkoniyati, uni to‘xtatib turadigan omil esa – fosh qilinish va jazolanish riski hisoblanadi.
Korrupsiyaning tizimli xarakteri uning korrupsiya qamrab olgan davlat tashkilotlarida ishlaydigan shaxslar uchun majburiy xarakterda ekanligida ham namoyon bo‘ladi. Makroiqtisodiy va siyosiy iqtisodga oid tadqiqotlarga ko‘ra, korrupsiya jiddiy ziyon etkazib, iqtisodiy o‘sishga va butun jamiyat manfaatlarida rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Ko‘plab mamlakatlarda korrupsiya jinoiy jazoga tortiladi.
Transparency International, Jahon Banki va boshqa tashkilotlar korrupsiya deganda ishonib topshirilgan hukmronlik qilishni shaxsiy manfaat yo‘lida suiiste’mol qilishni tushunadilar. SHuningdek, aniqlik kiritadigan (hukumat ishonib topshirilgan resurslarni o‘z ichiga olishi, u davlat va xususiy sektorga daxldor bo‘lishi va h.k.)6 yoki yanada qattiqroq yuridik ifodalardan foydalanadigan boshqa ta’riflar ham mavjud.

Rossiya qonunchiligiga muvofiq , korrupsiya bu – xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, pora berish, pora olish, vakolatlarni suiiste’mol qilish, tijorat asosida pora berib sotib olish yoki jismoniy shaxsning o‘zi uchun yoki uchinchi shaxslar uchun pul, qimmatbaho narsalar, boshqa mulk yoki mulkiy xarakterdagi huquqlar yoki boshqa mulkiy huquqlarni qo‘lga kiritish maqsadida davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid ravishda o‘zinnig xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi yoki boshqa jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga bunday foydani noqonuniy ravishda taqdim etish; shuningdek, ko‘rsatilgan harakatlarni yuridik shaxs nomidan yoki uning manfaatlarida bajarishdir. Qonunchilikda uchraydigan «korrupsion jinoyat» tushunchasi alohida ta’rifga ega emas.


Suiiste’mol korrupsiya shakllaridan biri (mansabdor shaxs yoki shaxslar guruhi jinoiy harakatlaridan biri) bo‘lishi mumkin, lekin korrupsiya ta’rifining butun to‘liqligi bu bilan tugamaydi. Rossiya Federatsiyasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Evropa Korrupsiya haqida jinoiy-huquqiy konvensiyasi (ingl. Criminal Law Convention on Corruption) korrupsiyani yuridik va jismoniy shaxslarning qattiq jinoyatlari qatoriga kiritadi. 2010 yil holatida Rossiyada bitta korrupsion jinoyat uchun Ma’muriy huquqbuzarliklar haqida Kodeks bo‘yicha ham, Jinoyat kodeksi bo‘yicha ham jazo olish mumkin bo‘lgan.
Korrupsiyaning tarixiy ildizlari, aftidan, biron kishida moyillik uyg‘otish uchun sovg‘a berish odatiga borib taqaladi. Qimmatbaho sovg‘a odamni boshqa iltimoschilar orasida ajratib ko‘rgan va uning iltimosi bajarilishiga xizmat qilgan. SHu sababli ibtidoiy jamiyatlarda kohin yoki qabila boshlig‘iga to‘lov odat bo‘lib qolgan. Davlat apparatining murakkablashuvi va markaziy hukumatning kuchayishi bilan professional amaldorlar paydo bo‘lgan bo‘lib, ular, hukmdorlarning fikriga ko‘ra, faqat qat’iy belgilangan maosh bilan kifoyalanishi lozim bo‘lgan. Amalda esa bu amaldorlar o‘z mavqeidan daromadlarni yashirish oshirish maqsadida foydalanishga harakat qilganlar.
U haqida korrupsiyaga qarshi kurashgan hukmdor sifatida xotira qolgan shaxs Uruinimgina – eramizdan avvalgi XXIV asrning ikkinchi yarmida Lagash shahar-davlatining shumerlar podshosi hisoblanadi. Korrupsiya uchun boshqalarga namuna bo‘ladigan va ko‘pincha shafqatsiz jazolar qo‘llanishiga qaramay, unga qarshi kurash kutilgan natijalarga olib bkelmagan. Eng yaxshi holatda xavfli jinoyatlarning oldini olishga erishilgan, lekin mayda kamomad va poraxo‘rlik darajasida korrupsiya ommaviy xarakterga ega bo‘lgan. Korrupsiya muhokama qilingan dastlabki asar — «Artxa-shastra» —eramizdan avvalgi IV asrda Bxarat (Hindiston) vazirlaridan biri monidan Kautilya taxallusi ostida chop etilgan. Unda muallif «podshohning mulki, hatto kichik miqdorda bo‘lsa ham, bu mulkni idora qiladiganlar tomonidan o‘zlashtirib olinishi mumkin emas» degan xulosa chiqargan.
Xuddi shu kabi muammolarga Qadimgi Misr fir’avnlari ham duch kelgan bo‘lib, bu erda erkin dehqonlar, hunarmandlar va hatto harbiy a’yonlarga nisbatan ham o‘zboshimchlik va zo‘ravonlik ishlatgan hamda qonunbuzarliklarni o‘ziga kasb qilib olgan amaldorlar byurokratik apparati yuzaga kelgandi. Bizning kunlargacha etib kelgan Itaxotel degan shaxs o‘z pand-nasihatlrida quyidagicha tavsiya beradi: «Boshliq oldida belingni bukib ta’zim qil, shunda sening uyingda tartib bo‘ladi, sening maoshing joyida bo‘ladi, kim boshliqqa qarshilik ko‘rsatadign bo‘lsa, uning hayoti oson kechmaydi, lekin u iltifot ko‘rsatganda esa yashash ham oson bo‘ladi». Sudyalar sotqinligi alohida tashvish uyg‘otardi, chunki bu mulkning noqonuniy taqsimlanishiga va nizolarni huquq maydonidn tashqarida hal qilishga olib kelgan. Bejizga barcha dinlarda korrupsiya turlari orasida birinchi navbatda sudyalarni pora berib sotib olish qoralanmaydi:
«…boshliq sovg‘a talab qiladi, sudya pora evaziga sud qiladi, katta amaldorlar esa o‘z xohishiga qarab bizlrni jazolaydi va ishlarni noto‘g‘ri talqin qiladi…» ; «Tuhfalar qabul qilma, chunki tuhfalar ko‘zi ochiqlarni so‘qir qilib qo‘yadi va haq bo‘lganlar ishini o‘zgartirib yuboradi» (CHiqish. 23:8, q. shuningdek, Ikkinchi qonun. 16:19); «Bir-biringizning mulkingizni noqonuniy o‘zlashtirib olmang va boshqa kishilar mulkining bir qismini qasddan egallab olish niyatida hakamlarni pora berib sotib olmang» (Qur’oni karim, 2:188) va h.k.
Qadimgi Rim qonunlarida «corrumpere» atamasi «sudda ko‘rsatmalarni pulga sotib olish» va «sudyani pora berib sotib olish» m’nosida foydalania boshlagan: «Nahotki sen sudda so‘zlashda ishlarni tekshirish qat’iy belgilangan maosh bilan kifoyalanishi lozim bo‘lgan. Amalda esa bu amaldorlar o‘z mavqeidan daromadlarni yashirish oshirish maqsadida foydalanishga harakat qilganlar uchun tayinlangan va bu ish bo‘yicha pora olgan sudya yoki vositachiini o‘lim jazosi bilan jazolaydign qonunni shafqatsiz deb hisoblaysiz?)». Nikkolo Makiavelli asarlari korrupsiyani anglab etishga muhim turtki bergan. U korrupsiyani kasallik, masalan, sil kasalligi bilan tenglashtirgan. Agar kasal o‘tqazib yuborilgan bo‘lsa, uni aniqlash oson, lekin davolash juda qiyin.
XVIII asr oxirlaridan boshlab g‘arb mamlakatlarida jamiyatning korrupsiyaga bo‘lgan munosabatida tubburilish ro‘y berdi. Liberal o‘zgarishlar davlat hukumati uning qo‘l ostidagi odamlar manfaatida majud va shu sababli fuqarolar amaldorlarning qonunga so‘zsiz rioya qilishlari evaziga hukumatni boqadi degan shior ostida o‘tgan. Xususan, 1787 yil qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, pora olish aytib o‘tilgan ikkita jinoyat turlaridan biri bo‘lib, ular uchun AQSH Prezidentiga impichment e’lon qilinishi mumkin. Jamiyat davlat apparati ishi sifatiga tobora katta ta’sir ko‘rsata boshlgan. Siyosiy partiyalar va davlat tomonidan tartibga solishning kuychaishi bilan yirik biznes va siyosiy partiyalar til biriktirishi holatlarining o‘sishi tashvish uyg‘ota boshladi. Lekin shunga qaramay, XIX-XX asrlar davomida rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya darajasi qolgan dunyo bilan taqqoslaganda ancha pasaydi.
XIX va XX asrlar bo‘sag‘asi rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya rivojlanishida yangi bosqich bo‘ldi. Bir tomondan, davlat tomonidan tartibga solishning va mos ravishda, amaldor hukmronligining navbatdagi kuchayishi boshlandi. Boshqa tomondan – raqobat kurashida «davlatni pora berib sotib olish» - davlatning alohida mayda xizmatchilarini vaqti-vaqti bilan pora berib sotib olish emas, balki kapital manfaatlarini himoya qilish uchun yuqori mansabdagi amaldorlar va sisatchilar faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysundirishga murojaat qiladigan yirik xususiy biznes vujudga kela boshladi. Siyosiy partiyalar ahamiyatining o‘sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda (ayniqsa, G‘arbiy Evropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan keyin) partiya korrupsiyasi rivojlanib, bunda o‘z manfatlarini himoya qilish va ilgari surish uchun yirik firmalar va transmilliy korporatsiyalar nafaqat shaxsan siyosatchilarga, balki partiya kassasiga ham pul to‘lay boshladi.
XX asrning ikkinchi yarmida korrupsiya yanada dolzarb xalqaro muammoga aylana boshladi. Korporatsiyalar tomonidan chet eldagi yuqori mansabdor shaxslarni pora berib sotib olish ommaviy xarakterga ega bo‘ldi. Globallashuv shunga olib keldiki, bir mamlakatdagi korrupsiya ko‘plab mamlakatlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Bunda korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar uchinchi dunyo bilan chegaralanib qolmaydi: 1990-yillarda sobiq sotsialistik mamlakatlardagi erkinlashtirish o‘taketgan mansab suiiste’mollari bilan birgalikda kuzatildi. 1995 yil 31 dekabr sonida «Financial Times» gazetasi 1995 yilni «korrupsiya yili» deb atadi. Korrupsiya haqida bilimlarni targ‘ib qilish uchun BMT Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro kuni (9 dekabr) ta’sis qildi.
2. Davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur etkazadigan xavf – korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish mamlakatimizda har taraflama amalga oshirilmoqda. Ushbu masalada, O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. SHuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart” deb ta’kidlangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashda mamlakatimizda 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan O‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi. Qonunda belgilangan moddalar yuz berishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga oid har bir munosabatlarni o‘z ichiga olgan. Mazkur qonunning qabul qilinishi va unda ko‘zda tutilgan moddalar xalqaro xuquq va BMTning “Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi” da nazarda tutilgan barcha masalalarni qamrab olgan.
Qonun 6 bob va 34 moddadan iborat.
Qonunning 3-moddasida korrupsiyaga oid asosiy tushunchalar beriladi. Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
4-moddada korrupsiyaga qarshi kurashishning quyidagi asosiy prinsiplari belgilangan:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
Qonunning 5 moddasiga ko‘ra Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
Qonunning 2-bobi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar deb nomlanib, uning 7-moddasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari haqida bo‘lib ular:
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
Qonunning 8-moddasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning vazifalari belgilangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy idoralararo komissiyalar deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Qonunning 9,10,11,12,13 moddalarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, . O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.
Qonunning 14-moddasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi belgilab berilgan.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlari ushbu moddada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Idoralararo komissiya va hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatida, shuningdek davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoat-maslahat organlari faoliyatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Qonunning 15-moddasida ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi qayd etilgan.
Ommaviy axborot vositalari:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Qonunning 3-bobi Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga qaratilgan bo‘lib, bobning 16-moddasida Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari aks etgan.
Unga ko‘ra davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
17-modda. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalasi haqida bo‘lib, unda Davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishi ta’kidlangan..
18-modda esa ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya olib borish haqida ko‘rsatmalar kiritilgan. Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Bizning tanlov fanimiz ham aynan qonunning mazkur moddasiga asoslanadi.
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart.Ushbu majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan huquqlardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq mahrum etilishi mumkin.
Yuridik shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslar davlat himoyasida bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlar manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra vakolatli davlat organi, boshqa tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan bekor qilinishi yoxud o‘zgartirilishi yoki sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi natijasida qabul qilingan qaror bekor qilingan, o‘zgartirilgan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, uning qabul qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Korrupsiya jamiyatdagi shunday illatki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan emiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir. Aynan shu illat sababli ko‘plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma’lum. Mazkur qonun jamiyatdagi shu illatni tugatish uchun ishlab chiqildi.
3. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq, “korroziya” so‘zi ya’ni “chirish” yoki “zanglash”) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Qadimga yunon faylasufi Aristotel aytganki “Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim” degan. Fransuz mutafakkiri SHarl Monteske esa bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar Aholi huquqiy savodxonligining pastligi Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi
Korrupsiyani amal qilish darajalariga ko‘ra quyi va yuqori korrupsiyaga ajratiladi:
Quyi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o‘rta va quyi darajalarida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, amaldorlar va fuqarolarning doimiy o‘zaro munosabati bilan (ro‘yxatdan o‘tish, jarimalar, litsenziya va turli ruxsatnomalar olish kabilar) bilan bog‘liq. YUqori korrupsiya hokimiyat organlarida ishlovchi siyosatchilar, oliy martabali amaldorlarni qamrab oladi hamda yuqori bahoga ega bo‘lgan qarorlar qabul qilish (qonunlarni, davlat buyurtmalarini lobbilash va qabul qilish, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish va shu kabilar) bilan bog‘liq.
Korrupsiya – qanday muammolar sirasiga kiradi: - huquqiy – 64,0 %; - iqtisodiy – 51,0 %; - ijtimoiy – 46,3 %; - ahloqiy – 45,8 %:
Korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining maqsadi – korrupsiya darajasini pasaytirish hamda fuqarolar, jamiyat va davlat huquqlari va qonuniy manfaatlarining korrupsiya bilan bog‘liq tahdidlardan himoyalanishini ta’minlashdan iborat. Bu siyosat davlatning korrupsiyaga qarshi qaratilgan, qabul qilingan turli qonunlari, qarorlari, dasturlarida o‘z ifodasini topadi. Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati – bu davlating korrupsiyaning oldini olish, u paydo bo‘lganda uni tugatish va cheklash borasidagi sa’y-harakatlari va aniq chora-tadbirlar majmuidir.
Korrupsiya keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlarikundalik faoliyatiga aylanib, o‘zaro bir-biriga bog‘lanib, chirmashib ketganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak bo‘lishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va echimini topish ustida bosh qotirishi lozim.
Keyingi yillarda xorij, jumladan, MDH mamlakatlari matbuotida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘llari haqida maqolalar paydo bo‘la boshladi. MDHga a’zo mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, biz sho‘rolar tuzumidan qutulganimizga o‘ttiz yilbo‘lganiga qaramay, sud-huquq organlari hamon davlat hokimiyatining itoatkor organiga aylanganicha turibdi. Bu jamiyat kushandasi, yaramas illat haqida davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishida ta’kidlab o‘tadi. Biz viloyatlar sessiyalarida tashkiliy masala ko‘rilganda, birinchi navbatda, mazkur masalaga ro‘baro‘ kelmoqdamiz.
Poraxo‘rlik va korrupsiya o‘zbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Garchi bu masala uzoq yillardan beri ta’kidlanib, “qo‘lga tushgan” amaldorlar televidenie va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura, idora rahbarlari hamda oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, tamagirlik, byurokratiya jamiyatimiz hayotidan yo‘qolib ketmayapti.
Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning etarli darajada emasligi, o‘z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini ko‘paytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, o‘arb andozasiga o‘xshasa-da, mazmun-mohiyatiga ko‘ra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishimizga xalaqit beradi.
Bu borada bitta tashkilot — adliya organlari roli kuchayib, imtiyozlari ko‘payib borishi kerak. YAngi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ham Adliya vazirligi bilan qonun ustuvorligini to‘liq ta’minlagan holda, barcha ishni birga olib borishi davr talabi.
Davlat va jamiyatda inson ongi, dunyoqarashi bilan bog‘liq muammolar tahlilidan kelib chiqsak, sobiq ittifoqdan meros qolgan korrupsiya illatiga qarshi kurashda hali ancha aziyat chekishga to‘g‘ri keladi. Sababi Xitoy va Singapurnikiga o‘xshagan yuqoridan quyigacha qat’iy ishlaydigan ierarxiya tizimi hali to‘liq ishga tushmagan.
Lekin bu tabiiy jarayonni sun’iy ravishda sekinlashtirmaslik yoki ayrim kuchlarning tazyiqi ostida “to‘xtatmaslik” lozim. Bu borada rivojlangan davlatlar boy tajribasidan unumli foydalanish zarur. Masalan, AQSHda reportyor-jurnalistlar korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali jamoat nazoratini o‘rnatgan. MDHda, jumladan, O‘zbekistonda surishtiruv jurnalistikasi sayoz holatda bo‘lib, bugungi davr ehtiyojidan orqada qolmoqda.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, jinoyatchilar “kirdikor”larini fosh etishga urinib, mustaqil surishtiruv olib boradigan fidoyi jurnalistlar himoyasi ishlamaydi. Bundan ham achinarlisi, hozirgi kunda biron-bir rahbarning yashirin boylik orttirishini isbotlagan maqola matbuotda chop qilinsa-da, unga qat’iy choralar ko‘rilmaydi, ahvol ham o‘zgarmaydi. Masalan, bir vaqtlar rahbar haqida feleton chiqsa, partiyadan o‘chirilar, qamalar, shuning uchun amaldorlar “to‘rtinchi hokimiyat”dan hayiqardi.
Demak, “Mushtum”ga o‘xshagan ikki-uchta kuchli vaqtli matbuot nashri faoliyati qo‘llab-quvvatlansa va televidenieda maxsus ko‘rsatuvlar deyarli har kuni (xoh katta, xoh kichik tamagirlik holati bo‘lsin) berib borilsa, ko‘pchilik hushyor tortishi aniq. Tanqidsiz taraqqiyot bo‘lmasligi fuqarolar ongiga singdirib borilishi -kerak, deb hisoblaymiz.
Jamiyatda ustuvor soha — ta’lim tizimida tahsil oladigan o‘smirlar, yoshlar ongida tolerantlikni uyg‘otish muammosi oldimizda ko‘ndalang turibdi. “Jamiyatda poraxo‘rlik illatini engib bo‘lmaydi”, degan fikr yoshlar ongida shakllanib qolgani (YAponiya yoki Xitoy fuqarosi ongida nega u shakllanmaganligi alohida mavzu) eng katta kamchiligimiz.
Bu borada o‘nglanish, siljish qilmasak, millatimiz obro‘siga korrupsiya illati soya solib turaveradi. Toki, biz oilada, bog‘chada, maktabda o‘g‘il-qizlarimiz ongiga, ruhiyatiga tamagirlik, poraxo‘rlik yomon illatgina emas, balki u jamiyatimiz tanazzuli, iqtisodiyotimiz orqaga ketishi sababi ekanligi haqida ko‘proq tarbiyaviy va targ‘ibot ishlarini olib bormasak, maqsad-muddaoga erisha olishimiz qiyin.
So‘nggi yillarda YUrtboshimiz tomonidan ilgari surilgan davlat xalqqa xizmat qilishi kerak, degan ulkan g‘oya fuqarolik jamiyati institutlariga tizim va dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatini bergan edi. Ammo nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar bu borada tashabbus hamda tashkiliy ishlarni amalga oshirishni negadir paysalga solmoqda.
To‘g‘ri, keyingi vaqtlarda, xususan, 2017 yildan boshlab, mamlakatimizda “parlament nazorati”, “jamoatchilik nazorati”, degan atamalar taomilga kiritildi, bu borada ilk qonunlar qabul qilindi. Demak, biz mazkur sohada ishlaydigan tizimni tezlikda yaratishimiz, milliy mentalitetni hisobga olgan holda, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari ilg‘or tajribasini qo‘llashga o‘tishimiz lozim. Jamoatchilik nazoratisiz O‘zbekistonda siyosiy tizim islohotlarini amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ayniqsa, modernizatsiya, yangilanish, islohotlar bilan korrupsiyaning bir-biriga “qoni qo‘shilmaydi”, yangilik bilan eskilik tarafdorlari, fan, innovatsiya, kreativ fikrlovchilar bilan eski byurokratiya avlodi o‘rtasida muttasil kurash davom etadi.
Aholi tabaqalari daromadlarining farqlanish miqdori keskin o‘zgargani iqtisodchilarni tashvishga solmoqda. Misol uchun, sobiq ittifoq statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu 1956 yilda 3,28, 1986 yilda 3,38 ga etgan — qariyb teng bo‘lsa, mustaqillik yillarida boy va kambag‘allar daromadidagi farq ancha ko‘paygan. Rasmiy ma’lumotlarda 10 foiz eng badavlat kishilar daromadi eng kambag‘al fuqarolarning daromadlaridan 10 — 15 marta oshib ketganligi ma’lum bo‘lmoqda.
Ko‘plab ekspertlar “yashirin iqtisodiyot” hisobga olinganda, o‘rtadagi haqiqiy tafovut 25 — 40 marotaba ekanligini qayd etmoqda. Hozirgi kunda yashash minimumidan past darajada kun kechirayotgan kambag‘al aholi 15 foizdir. Bu masalada 2019 yildan boshlab katta siljish kuzatilgan, hatto butun bir vazirlik ishlayotgan bo‘lsa-da, o‘rtadagi farqning kuchayib borishi jamiyat qatlamlarida turli fikrlarni paydo qilishi mumkin.
2020-2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplaens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralari ko‘rilishi sohada tub o‘zgarishlarga turtki berishiga ishonamiz. Agentlikka xalqaro konvensiya talablarini bajarish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilishi, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi idoraning maqom hamda nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Demak, milliy taraqqiyotga to‘siq bo‘lib kelayotgan korrupsiyani bartaraf etish yo‘lida dadil qadamlar tashlanmoqda. Eng asosiysi, korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ta’lim sohasini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish g‘oyat dolzarb vazifa etib belgilandi. Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta’lim sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish belgilab qo‘yilganida chuqur ma’no bor. CHunki, mamlakatda kechayotgan har qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta’limga bog‘liq. SHu bois, Prezidentimizning joriy yil 24 va 28 may kunlari oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvlari chog‘ida o‘quv dargohlarida uchrab turgan tamagirlik bilan bog‘liq holatlar chuqur tahlil qilinib, bu illat tanqid qilindi. Korrupsiya ta’lim-tarbiya tizimi uchun eng katta xavf sifatida e’tirof etildi.
Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar 7 ta bo‘limdan iborat «Yo‘l xaritasi», ya’ni umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, qabul jarayoni, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga tiklash va nostrifikatsiya, OTMlar faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishdan iborat va uning asosidagi 42 ta band ijrosiga vazirlik mas’ul etib belgilangan.
Mamlakatimizda barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, bilim maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yoshlarni oliy ta’limga keng jalb qilish kabi ishlarda o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 77 tadan 110 taga etdi, ulardan 19 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari. So‘nggi ikki yilda 12 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiallari tashkil etildi (AQSH – 1, Rossiya – 5, Janubiy Koreya – 3, Latviya – 1, Hindiston – 2).
Birgina 2018/2019 o‘quv yilida 20 ta oliy ta’lim muassasasida 10 ta xorijiy davlatning etakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 33 ta ta’lim yo‘nalishi va 14 ta mutaxassislik bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiyotning real sektorlarida mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda joriy o‘quv yilidan boshlab 66 ta zamonaviy ta’lim yo‘nalishi va 48 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi farzandlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Oliy ta’limga davlat byudjetidan 2018 yilda 875,9 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 1 trln. 288,4 mlrd. so‘mga etdi yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan Farmoni va Qarori oliy ta’lim sohasi uchun tarixiy voqea bo‘ldi.
Ularda oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish, shuningdek rektorlarga talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish kabi vakolatlarni berish nazarda tutilgan. Bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining mustaqilligini oshirish bilan birga, rektorlarga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Ammo, tan olishimiz kerak, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, tizimda mas’ul xodimlar o‘rtasida korrupsiya bilan bog‘liq holatlar yo‘qolmagan. Ana shu kabi holatlarni ham bartaraf etib, tizimni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimining barcha rahbar va xodimlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini samarali ta’minlashda oliy ta’lim sohasidagi islohotlarning o‘ta muhim ahamiyatini va dolzarbligini to‘liq anglagan holda:
birinchidan, oliy ta’lim muassasalarini tajribali, halol va pok vijdonli, mas’uliyatli professor-o‘qituvchi va xodimlardan shakllantirib, ularning vazifalarini aniq belgilab berish;
ikkinchidan, abiturientlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish jarayoniga, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishga, talabalar bilimini baholashga hamda o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashga, o‘qishlarini boshlashi uchun turli xil sun’iy to‘siqlarga, fuqarolardan har xil noqonuniy to‘lov undirilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga ko‘maklashadigan “Jamoatchilik kengashi”ni tashkil etib, adolat va shaffoflikni ta’minlash;
uchinchidan, talabalarning o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash to‘g‘risidagi murojaatlarini rad etish, ortiqcha hujjatlar talab qilish holatlarining oldi olinishini, shuningdek, fuqarolarning arizalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;
to‘rtinchidan, professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rib, ularning faoliyatini doimiy tahlil qilib borishni, baholash mezonlaridagi shaffoflikni kuchaytirib, adolat ularning bilimini baholashda asosiy faktor bo‘lishini belgilovchi choralarni ko‘rish;
beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning (davlat byudjeti, shu jumladan, markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan, o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi va grant mablag‘lari hisobidan) amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga rioya qilinishini, xarajatlar ko‘rsatkichlarini shakllantirish tartibiga amal qilish va ichki moliyaviy taftish ishlarini takomillashtirishni, ushbu jarayonda korrupsiyaga oid holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etilishini qat’iy nazoratini щrnatish;
oltinchidan, kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va tatbiq etish, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, ta’lim muassasalarini maqsadli o‘rganish kabi masalalar bilan bog‘liq barcha ishlarda korrupsiyaning oldini olish va shaffoflikni ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish;
ettinchidan, tizimda korrupsiyaning oldini olish va barcha jarayonlarda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy tadbirlarni (o‘rganishlar, ijtimoiy so‘rovlar, tanlovlar va boshqalar) yuqori saviyaga ko‘tarish vazifalari bajarilmoqda.



Yüklə 38,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin