Tajriba natijalarida olingan tanlanma fayllar.Bu faylda kompyuter uchun trening qilinadigan ma’lumotlar joylashgan. Ushbu fayldan foydalanib, ma’lum bir kasallik tashxisi uchun foydalaniladigan, umumlashgan baho asosida hosil qilinadigan modul fayli olinadi. Tanlanma faylida yozuvlar (satr bo’ylab), obyekt nomeri va alomatlarining qiymatlari (ustun bo’ylab) joylashtirilgan. Fayl formati *.csv bo’lib, uni excel elektron jadvali yoki ixtiyoriy matn muharririda ochish mumkin.
Tanlanma fayl namunasi.
Yuqorida keltirilgan jadval tanlama faylining bir qismi. Aslida tanlanma fayllarida bir necha minglab yozuvlar bo’lishi mumkin. Jadvalning birinchi satri obyektlar nomeri va alomatlarning nomlari joylashgan. Ikkinchi satrdan boshlab har bir yozuv (satr) obyekt nomeri va unga tegishli alomatlarning qiymatlaridan iborat ma’lumotlar.
Model asosida o’rganilayotgan obyektni baholash.Kompyuter ma’lum kasalliklar bo’yicha hosil qilingan modellar asosida trening qilingach, shu kasalliklarga ko’ra boshqa obyektlarni tashxis qo’yishni amalga oshira oladi. Tashxis qo’yish jarayoni obyektga tegishli alomatlarni kiritishdan boshlanadi. Kiritilgan alomat qiymatlari turli kasalliklarga tashxis qo’yuvchi qismlar bilan taqqoslanadi va o’ziga mos keluvchi model bilan bog’langan qismda qayta ishlanadi.
O’rganilayotgan obyekt vizualizatsiyasi.Obyekt haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlar tushunarli bo’lishi uchun ularni vizuallashtirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ushbu tasvirda kiritilgan obyektning gipertaniya kasalligiga ko’ra hisoblangan umumlashgan bahosi hamda uning alomatlar ustunlari bo’yicha aniqlangan intervallarga ko’ra joylashuv grafigi tasvirlangan. Grafikdan ko’rinib turibdiki gipertaniya kasalligiga ko’ra tekshirilgan obyekt interval chegarasi atrofida tasvirlangan