Yalpi ichki mahsulotga nisbatan,
foiz (quyi chegara)
16
2.
Ishsizlik darajasi
Iqtisodiy faol aholiga nisbatan,
foiz (yuqori chegara)
8
3.
Monetizatsiya darajasi
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan,
foiz (quyi chegara)
25
4.
Tashqi qarz
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan,
foiz (yuqori chegara)
40
5.
Ichki qarz
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan,
foiz (yuqori chegara)
30
6.
Tashqi qarzlar bo‘yicha
to‘lovlar
To‘lovlarning yillik eksport
hajmiga nisbatan, foiz (yuqori
chegara)
25
7.
Mudofaaga xarajatlar
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan,
foiz (yuqori chegara)
3
8.
Fuqarolik fanlariga xarajatlar
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan,
foiz (quyi chegara)
1,5
9.
Innovatsion mahsulotlar
Sanoat mahsulotlari umumiy
hajmiga nisbatan, foiz (quyi
chegara)
15
10.
Sanoat ishlab chiqarishda
mashinasozlik va metallni
qayta ishlash
Sanoat ishlab chiqarish hajidagi
ulushi, foiz (quyi chegara)
25
11.
Davlat budjeti defitsiti
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan,
foiz (yuqori chegara)
3,0
12.
Davlat qarzini qoplash
xarajatlari
Davlat budjeti xarajatlari
hajmiga nisbatan, foiz (yuqori
chegara)
20
13.
Yashash minimumidan past
darajada daromad oluvchi aholi
Aholi umumiy sonidagi ulushi,
foiz (yuqori chegara)
7,0
14.
Aholi daromadlari bo‘yicha
tabaqalanishi
Detsil koeffitsienti (yuqori
chegara)
8,0
III.Xulosa
Olib borilgan tadqiqotda aniqlandiki, boshqa iqtisodiy
adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasi indikatorlarining eng
asosiylari sifatida 50 ta ko‘rsatkichni olgan holda quyidagicha turkumlangan:
1) mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
Ushbu guruhga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarish va uning tarkibi,
mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun xarajatlar ulushi, investitsiyalar, foydali qazilma boyliklarining zaxiralari
bo‘yicha tahlikali chegarani ifodalovchi indikatorlar kiradi;
2) mamlakatning moliyaviy holati ko‘rsatkichlariga davlat budjeti
tanqisligi, davlat qarzi, pul muomalasi, o‘zaro hisob-kitob va soliq intizomini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi;
3) mamlakatdagi ijtimoiy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga aholi
daromadlari darajasi va uning mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik va ijtimoiy
soha xarajatlari bo‘yicha tahlikali chegaralarni o‘z ichiga oladi;
4) mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga
ichki iste’molda importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida
eksportning ulushi kiradi. Keltirilgan indikator ko‘rsatkichlarni aytib o‘tish joizki, ushbu ko‘rsatkichlarning o‘rtacha jahon va MDH mamlakatlarining aynan shunday
ko‘rsatkichlariga, shuningdek, rasmiy belgilangan tahlikali chegara
indikatorlariga taqqoslash orqali iqtisodiyotning real holatini aniqlashda
foydalanish mumkin. Buning natijasida hukumat mamlakat iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatning maqsadlari va ularni amalga
oshirish yo‘nalishlarini belgilaydi. Mamlakatimizda ham davlatning iqtisodiy xavfsizligini ifodalovchi indikatorlarga amal qilgan holda tahlillar amalga oshiriladi. Jumladan, “Xalq so‘zi gazetasi” tomonidan 2021-yil 28-may kuni chop etilgan “Davlat tashqi qarzi kamaydi” nomli maqolada mamlakatimizning davlat qarzining xavfsiz darajasi YaIMga nisbatan 60 foiz etib belgilanganligi qayd etilgan. Ushbu manbaga asoslanib, qayd etish lozimki, turli iqtisodiy adabiyotlarda keltirilganidek
davlatning tashqi qarzi YaIMga nisbatan yuqori chegarasi 40 foizni, ichki qarzi esa
30 foizni, davlatning tashqi qarzi YaIMga nisbatan yuqori chegarasi 25 foizni,
ichki qarzi esa 30 foizni tashkil etish lozimligi belgilangan. Bu va boshqa ilmiy
farazlarni inobatga olgan holda mustaqil davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini
o‘zida ifoda etadigan milliy indikatorlarimizni ilmiy va amaliy jihatdan ishlab
chiqish tavsiya etiladi.