O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Mustaqil ishi
Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlari
Bajardi: M.M.Usmonova.________________
Tekshirdi: A.H.Berdiyev._________________
Qarshi_2023
Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlari.
Reja:
I.Kirish………………………………………………………………….3
II.Asosiy qism…………………………………………………………..5
1.Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining nazariy asoslari……………..5
2.Iqtisodiy xavfsizlikni ifodalovchi makroiqtisodiy ko’rsatichlar…..8
3.Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlari va ularning guruhlanishi……...10
4.Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining tahlili………………………12
III.Xulosa…………………………………..………………………….16
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………...……………………17
KIRISH
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiyiqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiyxavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»asarining muqaddimasida “xavfsizlik”, “barqarorlik” va “sobitqadam rivojlanish” kabi tushunchalar do’stlik va hamkorlikning ramzi ekanligi va aynan ana shu tushunchalar har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor”1 yaratishi alohida ta’kidlab o’tilgan. SHuning uchun ham O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni,barcha sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida izchil siyosat olib bordi.
Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida unga u yoki bu darajada ta’sir
ko’rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo’lib, shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqinvauzoqni ko’zlab, maqsadlar qo’yishda ularni hisobga olish kerak bo’ladi. Aks holda ushbu xavf-xatarlar real tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda, ijtimoiyiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtainazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo’nalishga ustuvorlik berish davlat va jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchitizimlarningparokandaligiga olib kelishi mumkin.
Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo’lgan halokatlar,
dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham
tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda
xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda.
AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro’y berib, keyinchalik dunyoning boshqa
mamlakatlariga tarqalib, global xarakter kasb etgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozjahonning hech bir davlati xavf-xatarlardan kafolatlanmaganligini namoyon qildi.
____________________________________________________________________________
1 Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolat lari.
T.:O’zbеkiston,1997,16-b.
SHundan kelib chiqiladigan bo’lsa, iqtisodiyot sohasiga oid juda ko’p
bilimlarni “xavfsizlik” tushunchasini hisobga olgan holda to’ldirish yoki tuzatishmaqsadgamuvofiqdir.Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar va
tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Xavfsizlik masalalari qadimdan faylasuflar, iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan, Demokrit, Aristotel, Platon kabi allomalarni ham o’ylantirgan.
XX asrda jamiyat xavfsizligiga bo’lgan zamonaviy qarashlarga V.Paretto va
rossiyalik yirik olim A.Bogdanovlarning asarlarida asos solingan.3
«Xavfsizlik» tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, turlicha ma’noda talqin etiladi.
SHunga qaramasdan ularda umumiy g’oya ham mavjud bo’lib, bunga ko’ra
xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf- xatarlardan himoyalanish, kafolatlanish ma’nosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potensial yoki real kuch,omil hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |