Mustaqil ishning ob’ekti va predmeti: Mustaqil ishning ob’ekti va predmeti bo’lib iqtisodiyotda iqtisodiy xavfsizlikning indikatorlari, ularni guruhlanishi va tahlili hisoblanadi.
Mustaqil ishning maqsadi va vazifalari: Mustaqil ishning maqsadi va vazifalari iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarini o’rganish, unga kiradigam makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilish, ushbu ko’rsatkichlar iqtisodiyotga qay darajada ta’sir ko’rsatishini aniqlash.
Mustaqil ishi mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati: Mustaqil ishi mavzusinig nazariy-amaliy ahamiyati shundan iboratki, iqtisodiy xavfsizlikning nazariy asoslari o’rganilib, iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarini tahlil qilish va undagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar holatini yaxshilash hisoblanadi.
II.Asosiy qism
1. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining nazariy asoslari
Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotningbarqaroriqtisodiy o’sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiyasosi bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o’z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo’la boshlagan.
Iqtisodiy xavfsizlik o’zining ob’ekt va sub’ektlariga ega bo’lib, uning ob’ekti
deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari
tushuniladi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi bo’lganligiboisham uni ta’minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatninghar sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, “ushbu dolzarb masalada yengil fikrlash yoki muqarrar xavfga bepisandlik bilan qarash, uni kamaytirib ko’rsatish qanday oqibatlarga olib kelganligi haqida tarixdan istalgancha misollarkeltirishmumkin”. Iqtisodiy xavfsizlik davlat xavfsizligi tizimidagi muhim yo’nalish bo’lib, mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ekologik halokatlardan himoya qilish kabi yo’nalishlar bilan bir qatorda turadi. Mana
shu yo’nalishlar bir – birini to’ldirib turadi va bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. CHunki, mamlakat iqtisodiyoti baquvvat bo’lmasa, u barqaror rivojlanmasa, ushbu mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash mushkul bo’lib qoladi. Ayni paytda, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanmas ekan, uning mudofaa qobiliyati ham mustahkam bo’lmaydi va iqtisodiyoti samarali rivojlanmaydi.Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun va mohiyatini yoritib berishdan oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to’xtalib o’tish kerak bo’ladi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lish va farovonlikka intilish to’g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatningmilliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik,
g’oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo’naltiriladi.
SHuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo’lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o’z ichiga oladi.
Hozirgi paytda iqtisodiy xavfsizlik bu – mamlakat iqtisodiyotini doimiy barqaror rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning umummilliy majmuasi bo’lib, u albatta davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi va mustaqilligini hamda tashqi va ichki tahdidlarga qarshi turish mexanizmini ko’zda tutadi. Ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining turlicha talqinlari berilgan. Bir guruh olimlar mazkur tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo’naltirilganligini, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo’lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining ahvoli sifatida ta’riflaydi.
Boshqa bir guruh olimlar esa o’rganilayotgan tushunchani hokimiyat
institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan, milliy manfaatlarni himoya qilish va ro’yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi, deb talqin qiladilar. A. Isaxodjaev va A. Rasulevlarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik bu faqat milliy manfaatlarni himoya qilishdan iborat bo’lmay, davlat hokimiyati institutlari, ijtimoiy assotsiatsiyalar, xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining milliy manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish mexanizmini yaratish,jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga tayyorligi va qobiliyatidir.
“Iqtisodiy xavfsizlik” deganda iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy, siyosiyvamudofaa qobiliyatining yetarli darajasini ta’minlash imkonini beradigan holati tushuniladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil ravishda, tashqaridan bo’ladigan aralashish va taziqlarsiz o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’li ham dashakllarini belgilashidir. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu nafaqat milliy manfaatlarni himoyalanganligi, balki hokimiyat institutlarining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish borasidagi milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoyalash mexanizmlarini yaratishga bo’lgan tayyorligi va qobiliyatihamdir. Rossiyalik mashhur olim, akademik L.Abalkin «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining uchta asosiy elementini ajratib ko’rsatgan. Bular: iqtisodiy mustaqillik, milliy iqtisodiyotning barqarorligi, mamlakatning o’z-o’zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirligi. L.Abalkinning fikricha, iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga bog’liq qilib qo’yadi. Bunday sharoitlarda iqtisodiy mustaqillik milliy resurslarni nazorat qilish imkoniyatini bildiradi. Ishlab chiqarish, samaradorlik va mahsulot sifatining shunday darajasiga erishish kerakki, u mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlasin va jahonsavdosida, kooperatsiya aloqalarida va fan-texnika yutuqlarini ayirboshlashda teng
ishtirok etish imkoniyatini bersin. Milliy iqtisodiyotning barqarorligi esa
mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligi uchun sharoitva kafolatlarni yaratish, barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo’lgan omillarga(masalan, iqtisodiyotda kriminal tuzilmalar bilan kurash, og’ir ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan daromadlar taqsimlanishida kata tafovutlarga yo’l qo’ymaslik) to’siq bo’lish imkoniyatlarini bildiradi.
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining shunday
holatidirki, bunday holatda mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani,mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo’naltirilganligi, ichki va tashqi jarayonlar rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada ta’minlanganligini ifoda etadi.Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari mavjud:
-xalqaro (global va mintaqa darajasida);
-milliy, lokal (mamlakat ichidagi mintaqa yoki tarmoq darajasida);
-xususiy (firma va shaxs darajasida).
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – bu har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati a’zosining o’z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining ta’minlangandagi holatidir.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirishda taraqqiyot modellarini zo’rlab o’tkazish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan majburlashdan voz kechish, har qandayxalqning o’z mustaqil yo’lini tanlash huquqini tan olish, turli mulkchilik shakllari va manfaatlarning mavjudligini qonuniy ekanligini hurmatlash yo’lidan boriladi. Milliy iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining milliy manfaatlarni kafolatli himoyalanganligi, mamlakat rivojlanishining ijtimoiy yo’naltirilganligi, yetarli iqtisodiy va mudofaasalohiyatiningta’minlangandagi holatini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |