O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti qo‘lyozma



Yüklə 101,46 Kb.
səhifə11/21
tarix22.06.2023
ölçüsü101,46 Kb.
#134214
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
DISSERTATSIY (1)

1. Beatrice: …he shows me where the bachelors sit and there live we as
merry as the day is long (W. Shakespeare “Much Ado about Nothing”)
2. “…whose words like wildfire burnt the shining glory of rich – built
Ilion” (W. Shakespeare “The Rape of Lucrece”)
Frazeologik intensifikator asosida shunday frazeologik intensifikatorlar guruhi paydo bo‘ladiki, ularda frazeologik abstraktsiyaning yuqori darajasi mavjud bo‘ladi. Bunday frazeologik intensifikatorlarga quyidagi frazeologik birliklar misol bo‘ladi: like the devil, like crazy, like a house afire, like one o’clock va boshqalar. Agar abstraktsiyaning eng yuqori pog‘onasida frazeologik intensifikator ma'nosi va uning prototipi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qolsa, yuqori darajada bu bog‘liqlik saqlanib qoladi. “Like one o’clock” frazeologik intensifikatori “juda tez, birdaniga” ma'nolarini kasb etadi.
1.Anything about the meeting, sir? Your speech must read like one o’clock.
(J. Galsworthy, “The white Monkey”, p.261)
2. But a devout admirer had entertained the preacher at luncheon that day
in the hotel in which I was staying… The preacher tucked in to the arrow like
one o’clock. (W.S. Maugham, “Don Fernando”, p.68)
Frazeologik birliklarda turg‘unlik tushunchasi A.V.Kunin frazeologik nazariyasining asosiy tamoyili hisoblanadi. A.V.Kunin birikmalar turg‘unligining beshta kichik guruhlarini ko‘rsatgan: ishlatilish turg‘unligi, struktural-semantik darajadagi turg‘unlik, ma'noning to‘liq yoki qisman o‘rganilish turg‘unligi, leksik tarkibning turg‘unligi, sintaktik turg‘unlik.
1. Ishlatilishi borasidagi turg‘unlik, ya'ni frazeologizm til birligi sanaladi, u individual yasama bo‘la olmaydi. Bu turg‘unlikning asosiy ko‘rsatkichi – uning tayyor holatdaligidadir. Avtorlarning ishlatgan birikmalari ular ishlatgan kontekstdan chiqib, xalq og‘zaki ijodida turg‘un holatda ishlatgandagtna, ular frazeologik birlik hisoblana boshlaydi. Shunday qilib, xalq yozuvchi va shoirlarning yasamalaridan yaxshi va keraklilarini tanlab olib, omma tilida ishlatgandagina bu yasamalar frazeologizmlar hisoblanib, til birliklariga aylanadi va tilning frazeologik qatorini to‘ldiradi.
2. Struktural – semantik turg‘unlik, frazeologik birlik ikki yoki undan ortiq so‘zlardan tashkil topadi, alohida tuzilgan yasama bo‘lib, aniq ma'noga ega bo‘lmaydi, ya'ni struktural – semantik model asosida quyidagicha frazeologik birliklar yasay olmaydi.
3. Semantik turg‘unlik. To‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan frazeologik birliklarning ma'nosining invariantliligi quyidagi jihatlarga tayanadi:
a) ma'no o‘zgarishining muhimligi;
b) frazeologik variantlarda leksik va iboraviy ma'noning mavjudligi;
v) hamma struktural sinonimlarda iloji boricha semantik va leksik invariantlarning mavjudligi.
Frazeologik variantlar – ma'nosining sifati va soni jihatidan bir – biriga yaqin bo‘lgan frazeologik birliklarning turlari bo‘lib, komponentlarning o‘rni, so‘z yasalishi, stilistik va sintaktik tarkibning bir – biriga mosligidir. Leksik asosning to‘liq bo‘lmagan holda moslashuvi, ma'nolarning soni, ma'nolarning stilistik yo‘nalishi va ishlatilish hollarida struktural sinonimlar vujudga keladi va ularning tarkibi frazeologik variantlar hisobidan boyiydi. Frazeologik birliklarning variantliligi uning turg‘unligiga rahna solmaydi, chunki har bir hodisada o‘zgaruvchanlik va turg‘unlikning qarama – qarshi yaxlitligi mavjud. Frazeologik variantlik frazeologik birlikning turg‘unligini ushlab turadi, turg‘unlik bo‘lsa uning
variantliligida namoyon bo‘ladi.
g) frazeologik birliklarning hamma normativ va okkazional o‘zgarishlarda semantik invariantning mavjudligidir. Bu frazeologizmlarning leksik va grammatik o‘zgarishlarining ma'nolarida u yoki bu aniqliklarni kiritish mumkin. Bu yana ham kuchayishi yoki sustlashishi mumkin. Ma'no turg‘unligiga yana frazeologik birlikning leksik turg‘unligi ham ko‘maklashadi. Semantik turg‘unlik frazeologikm birlikning ma'no jihatidan o‘zgarishiga xalaqit bermaydi.
4. Leksik turg‘unlik, ya'ni komponentlarning umuman o‘zgarmasligi yoki ularning faqatgina frazeologik variantlarning doirasida komponentlarining normativ almashtirilishi yoki semantik va leksik invariantlarni saqlab qolgan holda struktural sinonimiyasi. Variantlilikning chegarasi hisoblanmish semantik va leksik invariantlarning boshlmasligi frazeologik birlikning iboraviy ma'nosining buzilishiga olib keladi.
5. Sintaktik turg‘unlik, ya'ni frazeologik birliklar komponentlar tartibining to‘liq o‘zgarmasligi yoki varianlik doirasida ularning o‘zgarishi, grammatik inversiya, masalan, fe'lning majhul nisbatda ishlatilishida “what a cross he has to bear” shaklidagi stilistik inversiya. Shunday qilib, frazeologik birliklarning turg‘unligi – unga taaluqli bo‘lgan har xil tipdagi mikroturg‘unliklar majmuasidir. Biz turg‘unliklarning besh turini ajratib ko‘rsatdik. Balki tadqiqotimiz davomida bu sanoq o‘zgarishi mumkin. Ko‘pgina frazeologik birliklarda morfologik turg‘unlik mavjud, lekin ba'zi frazeologik birliklar bundan mustasno. Shuning uchun u yoki bu frazeologik birliklarni frazeologik qatordan olib tashlab bo‘lmaydi, chunki ularda bu turg‘unliklarning qolgan besh turi mujassamdir. A.V.Kuninning fikricha, frazeologik turg‘unlik frazeologik birliklarning hamma aspektlariga mos keladi. Hamma frazeologik intensifikatorlar o‘z komponentlari bilan morfologik munosabatda chegaralangan. Frazeologik intensifikatorlarda shunday holatlar mavjudki, ular ko‘plik formasida hech qachon ishlatilmaydi. Ko‘plik formasining yo‘qligi quyidagi frazeologik intensifikatorlarning semantik turg‘unligi sabablidir. Frazeologik intensifikatorlar uchun sintaktik turg‘unlikning eng yuqori darajasi mos keladi. Lekin misollarni tahlil qilganda biz shu narsaga amin bo‘ldikki, frazeologik intensifikatorlarda komponentlar joylashuvi aniq masofaga ega. Misollar tahlili davomida yana shunday holatlar bo‘lganki, ularda A.V.Kuninning fikricha, kirishishning bir necha holatlari uchragan. Olimning fikricha, kirishish frazeologik birliklarning alohida yasalishining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. bu holatni misollar orqali o‘rganib chiqishga harakat qilamiz:

Yüklə 101,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin