Muammoning o’rganilganlik darajasi. Umumfilologiyada so’z ma’nosining kuchayishi yoki intensivlik muammosi til va nutq vositalari qisman lingvistik, qisman ektralingvistik omillar bilan izohlanib o’rganilmoqda.
Hozirgi davr tilshunosligida mazkur masala qator ilmiy ishlarning obyekti bo’lib kelmoqda. So’z ma’nolari intensivligi muammosining o’rganilishi o’tgan asrning XIX asrning 60- yillarida yanada kuchaydi. Bu sohada G. Kirxner, B.Charlston , S.Grinbaum, D.Bolindjer, Sh.Balli, A.Kunin, L.Gerasimova, E.Sergeyeva, O.Shevchenko, L.Vorobyeva, Z.Zubko, M.Mitsler, T.Tsoylarning ilmiy ishlarining obyekti bo’lganligi bilan izohlanadi. Ingliz tili materiallarida intensivlik darajasi quyidagi olimlarning ilmiy ishlarida o’z aksini topgan: G.I.Bondarenko, M.I.Polskiy, V.A.Maltsev, V.N.Teliya, I.V.Arnold va boshqalar. O’zbek tilshunosligida esa A.Abdullayev, M.Sodiqova, O.Bozorov, G.G’afforova, A.Ziyoyev kabi olimlarning ilmiy ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida nomlari zikr etilgan olimlar so’z ma’nolari intensivligi tushunchasini turli aspektda tahlil va tadqiq qilganlar. Ammo so’z ma’nolari kuchaytirishning milliy-madaniy xususiyatlarini qiyosiy planda o’rganish yetarli emas. Bu borada ko’plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib borilishi davr taqazo etmoqda.
Mavzuning Respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yo’nalishlariga mosligi.Dissertatsiya Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishi ustuvor yo’nalishiga muvofiq bajarilgan.
Dissertatsiyaning ilmiy tadqiqot rejasi bilan bog’liqligi. Mavzu ingliz tilshunosligi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishiga mos bo’lib, u kafedraning ilmiy yo’nalishi “Tilning leksik-semantik tizimi, qiyosiy tipologik izlanishlar va adabiyotshunoslik muammolari”ning bir qismi sifatida universitet va xorijiy tillar fakulteti” ilmiy rejalariga kiritilgan.
Tadqiqotning maqsadi so’z ma’nolari kuchaytirishning lingvomadaniy xususiyatlarini genetik jihatdan noqardosh ingliz va o’zbek tillarida qiyosiy ochib berishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi: