Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Videoserverlar asosan ikki holatda ishlaydi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə28/52
tarix24.08.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#140306
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
Mustaqil ta\'lim (3)

Videoserverlar asosan ikki holatda ishlaydi:
a) ovoz aktivligi bo’yicha - bunda barcha ishtirokchilar bir vaqtda faqat gapirayotgan tomon bilan muloqotda bo’la oladi;
b) ekran mayda bo’laklarga bo’lingan holda barcha ishtirokchilar bir-birlari bilan muloqotda bo’ladi.
Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo’lgan uning ishtirokchilari ekranda o’zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko’rib turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Shunisi bilan videokonferensiya shaklida masofadan turib interfaol o’qitish tizimi Internet yoki lokal tarmoq orqali o’qitishdan hamda radio yoki televidenie orqali ma’ruza o’qishdan farq qiladi. Videokonferensiyada tashqi elektron doskadan foydalanilganda o’qituvchi doskaga yozadi va uni videokonferensiya aloqasi ko’magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko’rsatiladi.
Elektron doskadan masofadan o’qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi doskalarda ham ko’rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera avtomat tarzda ma’ruza o’qiyotgan professor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi.
Videokonferensiya o’tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim:
a) videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kompyuter (texnik) qurilmalari;
b) videokonferensiyani o’tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda muloqotga chiquvchilar bilan bog’lanish.
Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini beradi. Bunda uzoqda joylashgan ta’lim oluvchilarda ta’limni o’zlashtirish samaradorligi oshadi.

Mavzu : Masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarish


Reja:

  1. Masofaviy ta’lim tizimi tamoyillari va qoidalari.

  2. Masofaviy ta’limning afzalliklari, kamchiliklari

Masofaviy o‘qitish yangi va ancha progressiv bo‘lgan o‘qitish shaklidir. Bu usulni turli ta’lim muassasalariga, xususan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarga tatbiqi o‘quvchi-talaba va o‘qituvchi (pedagog)larning dunyoning ilg‘or ilmiy maktablarining yuqori sifatli o‘quv uslubiy ishlanmalari, zamonaviy va so‘nggi axborotlaridan, qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini beradi. Bularning barchasini e’tiborga olgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «Ustoz» fondi qiyofasida jahon institutlari bilan oliy ta’limda masofaviy o‘qitish usuli komponentlarini tatbiq qilish haqida kelishuv tuzildi.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin