Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Mavzu : Ta'lim jarayonida videokonferensiyalar



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə26/52
tarix24.08.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#140306
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Mustaqil ta\'lim (3)

Mavzu : Ta'lim jarayonida videokonferensiyalar


Reja

1. Videokonferensiya
2. Videokonferensiyani tashkil etish uchun qurilmalari
3. Elektron konferensiyalar.

Ta’lim tizimini isloh qilishdagi asosiy vazifalardan biri, Kadrlar tayorlash milliy dasturida ham ta’kidlanganidek, ta’lim tizimini zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilgan; ta’lim tizimining barcha darajalarini to’liq miqiyosida kompyuterlashtirish; ta’lim maskanlarida lokal hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish va global tarmoqqa ulash.


Ta’lim tizimini isloh qilishda, rivojlangan mamlakatlarning yirik univesitetlari blan aloqani mustahkamlash kerak bo’ladi, o’quv jarayonini boshqarish va tashkil etishda ularning ish tajribalarini o’rganish va bu yo’nalishda ilg’or texnologiyalardan foydalanish zarur. Bizning respublikamizda dunyoning yetakchi universitetlari professor-o’qituvchilarining ma’ruzalarini eshitishni hohlovchi iste’dodli yoshlar juda ko’pchilikni tashkil etadi. Bunda ularga bu imkoniyatni yaratib berish, yetakchi universitet va ilmiy markazlarga o’qitishga, tajriba oshirishga yuborish moliyaviy jihatdan juda katta muammo hisoblanadi. Bunda masofadan o’qitish tizimi muammoni hal qilishda katta yordam beradi va moliyaviy xarajatlarni kamaytiradi.
Shunga ko’ra, Respublikamizda masofaviy o’qitishni video konferensiya ko’rinishda va boshqa metodlar yordamida o’tkazish kelajagi porloq. 1999-2003 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti va Navoiy davlat konchilik institutida Yevropa ittifoqining TEMPUS-Tacis dasturi doirasida “O’zbekistonda masofaviy o’qitish” xalqaro ta’lim loyihasi muvaffaqiyatli bajarildi. Ushbu loyihada Yevropa ittifoqidan Gamburg-Xarburg texnika universiteti (Germaniya), Tventi univesiteti (Gollandiya) va Alborg univesitetlari (Daniya) ishtirok etishdi.O’zbekiston va Yevropa ittifoqi davlatlari universitetlari hamkorligidagi masofaviy o’qitish loyihasi quyidagi maqsad va vazifalarni bajarishni o’z oldilariga qo’ygan edi:

  • Yevropa ittifoqi davlatlari universitetlarining yirik olimlari va mutaxassislari oliy ta’lim muammolari haqidagi ma’ruzalarini tashkil qili

  • Yevropa ittifoqi universitetlari yirik olimlari va mutaxassislari ishtirokida ilmiy va texnik muaommolar haqidagi videokonferesiyalarni tashkil qilish;

  • Seminar darslarini o’tkazish;

  • Yig’ilishlar va konferensiyalar o’tkazish;

  • Yangi texnologiyalar va texnik vositalarning taqdimotini va namoyishini o’tkazish;

  • Yevropa ittifoqi davlatlari va Respublika OO’Yu ilmiy-tadqiqot muammolariga bag’ishlangan hisobotlar va montoringlar o’tkazish;

  • Innovasion texnik muammolarni hal qilishda birgalikda ishlash;


Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin