Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Mavzu: Ta'lim jarayonini tashkil etishda internet xizmatlaridan foydalanish



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə25/52
tarix24.08.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#140306
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
Mustaqil ta\'lim (3)

Mavzu: Ta'lim jarayonini tashkil etishda internet xizmatlaridan foydalanish
Reja


1.Ta'lim jarayonini tashkil etishda internet xizmatlaridan foydalanish
2. Ta'lim jarayonini tashkil etishda internet xizmatlaridan foydalini tomonlari

Ko'pgina mutaxassislarning fikricha, dunyoda yuz berayotgan jarayonlar bilan bog'liq holda, axborot texnologiyalarining zamonaviy rivojlanish darajasini inobatga olgan holda, oliy ma'lumotni tubdan o'zgartirish zarur.


To'laqonli ta'lim asosida - o'qituvchilar va talabalar hamda o'quvchilarning o'zaro aloqalari yotadi. Axborot texnologiyalari aynan shu aloqani nihoyatda samarali qilishning vositasidir.
Axborot texnologiyalari odamlarning bevosita aloqasini o`rnini bosmaydi - ular shunchaki muayyan muammolarni hal qilish va shu bilan kontseptual g'oyalarga e'tiborni jamlash imkoniyatini yaratadilar. Bunday texnologiyalardan foydalanish keng imkoniyatlarga ega. Shunday qilib, talabalar o'quv dasturlarini oldindan ko'rishlari, kurslarning mazmuni bilan tanishishlari mumkin. Shu tufayli o'qituvchi bilan muloqot ancha mazmunli bo'lishi mumkin. Boshqa tomondan, talabalar ma'ruzalarni oldindan tinglashlari, masalan, Internetdan foydalanib, kerakli materiallarni o'rganishlari, so'ngra oldindan tayyorlanib, ma'ruzaga kelishlari mumkin: fikr almashish, turli mavzularda bahslashish orqali samaradorlikni oshirish nuqtai nazaridan .
Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi.
Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;
bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
Yangi axborot texnologiyalari o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi.
Kompyuter vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida:
o‘quvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida;
kompyuter bilan interfaol o‘zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishda;
o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni takrorlash va mustahkamlashda;
o‘qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish bosqichida;
o‘quv materialini qismlarga bo‘lish, uni klassifikatsiyalash va tizimlashtirishni takomillashtirish orqali o‘qitish jarayoniga va uning natijalariga tuzatishlar kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin.
Oqilona tuzilgan kompyuterli o‘qitish dasturlari axborotni o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e’tiborga olingan taqdirda o‘qitishni individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va o‘qishdagi mustaqil faoliyatini rag‘batlantirishga imkon beradi.
Maktab pedagogik jarayonida kompyuter o‘qituvchi, ishchi qurol, o‘qitish obyekti, hamkorlik qiluvchi jamoa, bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti xizmatlarini bajarishi mumkin
Kompyuter texnologiyalarining o’quv jarayonida asosli qo’llashning yana bir muhim jihati, real jarayonlar va eksperimentlarning kompyuter modelini yaratish bilan aloqadorligidir. Kompyuter yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash, model va natijalarning namoyishi, ko’p hollarda, qimmat turadigan eksperimental qurilmalarga bo’lgan ehtiyojni o’rnini bosadi, ayrim hollarda (atom va kvant fizika, yarim o’tkazgichlar, kimyo, biologiya, tibbiyot va boshqa fanlardagi jarayonlarni modellashtirish) jarayonni namoyish etishning yagona usuli sanaladi.
Internetdan ta’lim jarayonida foydalanishdagi ba’zi muammolar
Internetdan ta’lim jarayonida foydalanish ba’zi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Internetdagi axborotlar hajmining juda kattaligi, umumiy tuzilmaning yo’qligi axborot qidirishni qiyinlashtiradi. Zarur axborotni qidirish jarayonida nazoratsiz tinglovchi noma’lum saytlarga (chat, anekdot, o’yinlar) kirib asosiy maqsaddan chetga chiqishi mumkin. Ta’lim sifatining oshishi tinglovchilarga yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini berish orqaligina emas, balki bunday texnologiyalar o’qish jarayonida qanday metodlardan foydalanishiga bog’liq. Shuning uchun o’qituvchining nazoratisiz o’qish jarayonini tashkil etish samara bermaydi. O’qituvchi nazoratini tashkil etishda INTERNET-muloqot bahslarida ishtirok qilgani uchun tinglovchini avvaldan e’lon qilingan rag’batlantirish tizimi (qo’shimcha ballar) samarali bo’ladi. Bunda tinglovchilarning o’zlari ham bahslar mavzularini taklif etishlari mumkin



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin