O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 2,51 Mb.
səhifə4/16
tarix31.08.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#141148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2 5357201300591227669

2003 yil
Bank ustav kapitali 4000 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 104534 mln. so‘mni tashkil etdi.Yevropa marketing tadqiqotlar markazi (EMRC) tomonidan bank qishloq xo‘jaligi sohasini moliyalashtirishda erishgan yutuqlari uchun “Agrobiziness-2003” tanlovining maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.Bank va "Money Gram Payment System Inc" kompaniyasi o'rtasida xalqaro pul o'tkazmalari bo'yicha Kelishuv imzolandi va xalqaro pul o'tkazish shaxobchalari tashkil etildi.May oyida bankning Toshkent viloyati mintaqaviy filialiga qarashli birinchi "Money Gramm" halqaro pul o'tkazmalari shaxobchasi ochildi.
2004 yil
Bankning 2003 yildagi barqaror va samarali iqtisodiy o‘sishi O‘zbekiston banklari o‘rtasida o‘tkazilgan yakuniy banklararo reytingda yetakchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Natijada bank daromadlilik darajasi ko‘rsatkichi bo‘yicha respublika banklari o‘rtasida 1-o‘rinni va absalyut reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.Fevral oyida bankning birinchi plastik kartochkalari muomalaga chiqarilib, mijozlarga terminallar o'rnatildi. May oyida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 2-bosqich mablag'lari ajratildi.
2005 yil
Bankning mijozlar soni 61043 tani tashkil etdi, shundan 21634 tasi korporativ mijozlarni (yuridik shaxslar) tashkil etadi. Birjadan tashqari elektron savdo tizimiga ega bo'lgan "Elsis savdo" yopiq aksiyadorlik jamiyatiga sarmoya kiritib, jamiyatning moliyaviy sog'lomlashtirishga yo'naltirildi. Iyun oyida Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki tomonidan 2-bosqich mablag'lari ajratildi.
2006 yil
Bankning yangi Internet sayti ishga tushirildi. S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi. Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bankning Toshkent shahar mintaqaviy filialini tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnoma olindi.
2007 yil
Bank O'zbekiston Respublikasi Savdo sanoati palatasi doimiy a'zoligiga kirdi. Toshkent shahar mintaqaviy filiali va Bosh amaliyotlar boshqarmasi o'z ishini boshladi. Elektron xujjatlar aylanmasi joriy etildi.Bank aksiyalari naqd shakldan naqdsiz shaklga o’tkazildi. Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti ajratish xizmati joriy qilindi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin