O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 2,51 Mb.
səhifə5/16
tarix31.08.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#141148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2 5357201300591227669

2008 yil
"Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan G'allabankga "B3/NP/E+" xalqaro reyting bahosi berildi. Bank tomonidan mijozlar uchun "SMS-banking" xizmati joriy qilindi. Rossiyaning "Russlavbank" banki va G'allabank o'rtasida "Contact" xalqaro pul o'tkazmalari joriy qilish bo'yicha kelishuv imzolandi.Bank milliy reyting shkalasi bo’yicha "Ahbor-reyting" reyting agentligi tomonidan «uzA+» reyting bahosini olgan.
2009 yil
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi ""Qishloq qurilish bank" Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida"gi PQ-1083-sonli qaroriga muvofiq OAT "G’allabank" negizida OATB "Qishloq qurilish bank" tashkil etildi.Bank «VISA International» halqaro to’lov tizimiga a’zo bo’ldi.Joriy yilning 23 noyabrida bank Germaniyaning "Commerzbank"i bilan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani moliyalashtirish bo’yicha kelishuv bitimini imzoladi."Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan «Qishloq qurilish bank» faoliyati uchun xalqaro reyting shkalasi bo’yicha joriy yilda berilgan va avvalgi yilga nisbatan ko’tarilgan «B2/NP/E+» reyting bahosini «B1/NP/E+» darajasiga ko’tarilgani ta’kidlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar «Barqaror» prognoziga ega.2009 yil 3 avgustda bank tomonidan namunaviy loyihalar bo’yicha uy-joy qurilishida yakka tartibda imorat quruvchilarga ko’mak berish uchun respublikaning har bir mintaqasida o’z filialiga ega bo’lgan "Qishloq qurilish invest" ixtisoslashtirilgan sho'ba injiniring kompaniyasini tashkil etildi
2010 yil
Navro’z bayrami arafasida namunaviy loyihalar asosida qurilgan dastlabki uy-joylarning kaliti o’z egalariga topshirildi. Buxoro viloyatining Vobkent tumani Panob qishlog’ida yigirmata namunaviy uy-joyning qurilishi tugatildi va uy egalari respublikada birinchilar qatorida hovli to’yini nishonladilar.23 mart kuni Qishloq qurilish bank va Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha Islom Korporatsiyasi o’rtasida Dastlabki Kelishuv imzolandi.May oyida bank va "Western Union" kompaniyasi o'rtasida xalqaro pul o'tkazmalari bo'yicha Kelishuv imzolandi va bankning beshta filialida " Western Union" halqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari ochildi.Bankning "Qishloq qurilish invest" sho'ba korxonasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda hududiy "Qishloq qurilish servis" korxonalari tashkil qilinib, ular tomonidan bugungi kunda qurilishi rejalashtirilgan 12 ta pishiq g’isht ishlab chiqarish, metallocherepitsa hamda yog’ochni qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish bo’yicha amaliy ishlar bajarib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi № 4053 sonli "Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora - tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga va Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo’yicha Respublika komissiyasining qaroriga muvofiq OATB "Qishloq qurilish bank" - "Buyuk ipak yo’li" Aksiyadorlik jamiyatini "nol'" qiymati bilan keyingi ikki yil davomida qayta tiklash va texnik qayta jihozlash uchun 2.175,80 mln. so’m miqdorida sarmoya kiritish majburiyati bilan o’z balansiga qabul qildi.Bankrot korxona hisoblangan "Buyuk ipak yo’li" Aksiyadorlik jamiyati bazasida "Qishloq qurilish bank" tomonidan "Silk manufacture" MCHJ tashkil etildi."Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan «Qishloq qurilish bank» faoliyati uchun berilgan «B1/NP/E+» reyting bahosi yana qayta tasdiqlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar «Barqaror» prognoziga ega.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin