2011 yil OATB "Qishloq qurilish bank" va Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun kredit mablag'lar ajratilishi bo'yicha kelishuv imzolandi.Mart oyida bankning Andijon mintaqaviy filiali qoshida "Xo'jaobod" tuman filiali ochildi."Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan "Qishloq qurilish bank" faoliyati uchun berilgan B1/NP/E+ reyting bahosi qayta tasdiqlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar "Barqaror" prognoziga ega."Axbor-reyting" reyting agentligi "Qishloq qurilish bank" kredit reytingini milliy shkala bo'yicha «uzA+» darajasida qayta tasdiqladi.Iyul oyida O'zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki o'rtasida "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasi Dasturi doirasida moliyalashtirish bo'yicha kelishuv imzolandi.Avgust oyida Osiyo taraqqiyot bankining Direktorlar Kengashi tomonidan "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini 500,0 mln. AQSH dollari miqdorida mul'titransh moliyalashtirish Dasturi tasdiqlandi.Sentyabr oyida Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati tomonidan "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini ko'ptranshli moliyalashtirish bo'yicha birinchi transh qarz summasini ajratish yuzasidan qaror qabul qilindi.
2012 yil Hisobot yilida bank faoliyati bo’yicha "Moody's Investors Service" xalqaro reyting agentligi tomonidan avval berilgan xalqaro reyting bahosi yana bir bor tasdiqlanib, bankning barcha reytinglar prognozi "Barqaror" bahoga ega bo’ldi. Shuningdek, «Ahbor-reyting» reyting agentligi tomonidan bank faoliyatiga milliy reyting shkalasi bo’yicha berilgan UzA+ kredit reytingi qayta tasdiqlandi.Plastik kartochkalar orqali ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida “online” rejimida ishlovchi “Smart-Vista” kartochkalari muomalaga chiqarilgan bo’lib, mazkur toifadagi kartochkadan foydalanuvchilarga “SMS-Banking” xizmat turi joriy etildi.Qishloq massivlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishini rivojlantirishga doir qabul qilingan davlat Dasturiga muvofiq, 2012 yilda respublikamiz hududlarida 8510 ta uy-joylar qurilishi amalga oshirildi.Aprelda o’tkazilgan "BANKEXPO-2012" - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari bo’yicha milliy ko’rgazmasida bank "Qishloq farovonligiga qo’shayotgan alohida hissasi uchun" nomli nominatsiya g’olibi bo’ldi.