O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
АLISHER NАVOIY NOMIDАGI TOSHKENT DАVLАT O‘ZBEK TILI VА АDАBIYOTI UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN” Rektor __________ Sh. Sirojiddinov
2023-yil ____________
NUTQIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI
fanining ishchi o‘quv dasturi (sillabusi)
Bilim sohasi:
100 000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi:
110 000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi:
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti (kechki)
Toshkent–2023
Fan/modul kodi 302 NKRM 3 5
Fan/modul turi tanlov
Ta’lim tili o‘zbek
Ishlab chiqilgan o‘quv yili 2023/2024
Semestr
Har bir semestrdagi modulning nomi
ECTS – Kreditlar
Haftalik dars soatlari
O‘quv mashg‘ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Jami:
ma’ruza
seminar
amaliy
laboratoriya
5
Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari
4
4
60
6
46
8
0
60
120
Jami:
4
4
60
6
46
8
0
60
120
1. FANNING MAZMUNI Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari – bo‘lajak mutaxassisni ilmiy-metodik jihatdan ta’lim jarayoniga tayyorlaydigan ta’limiy kurs. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini, shuningdek, o‘qib hamda tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid metodika bilan tanishtirishdan iborat.
2. FANNI O‘QITISH NATIJALARI VA SHAKLLANADIGAN KASBIY KOMPETENSIYALAR
ona tili ta’limida nutqiy ko‘nikmalarning pedagogik-psixologik asoslari, og‘zaki va yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlari, nutq o‘stirish mazmuni va usullari, ta’lim jarayonida yozma ishlarni o‘tkazish va baholash mezonlari haqidagi bilimlarga;
og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishga oid metodik ishlarni loyihalashtirish va tashkil etish ko‘nikmalariga;
nutq o‘stirish mashg‘ulotlarini aniq va maqsadli tashkil eta olish;ta’lim jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantira olish malakalariga ega bo‘lishi lozim.
3. O‘QUV FANI O‘QITILISHI BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari fani interfaol metodlar, hamkorlikda o‘qitish; jamoaviy taqdimot; individual loyihalar asosida o‘qitiladi.
4. TALABALARNING KREDITLARNI OLISH TARTIBI
Baholash usullari
Og‘zaki so‘rov, taqdimotlar, yozma topshiriqlar
Fan bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash
Nazorat shakllari (ilovada)
Baholash turlari fan xususiyatidan kelib chiqqan holda so‘rovlar, og‘zaki savol-javob, yozma ish, taqdimotlar ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin
Nazoratlarni amalga oshirish tartibi va baholash mezonlari Talabalarning bilimini baholash tartibi O‘zbekiton Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida belgilanadi.
1. Nazoratlarni amalga oshirish tartibi. Oraliq nazorat: O‘tilgan mavzular asosida og‘zaki taqdimot shaklda o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat: Semestr davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha loyiha taqdimoti shaklda o‘tkaziladi.
Izoh: Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. Nazoratlarning o‘tkazilishi muddatlari muyyan o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv jarayoni jadvali asosida tashkil etiladi. 2. Talabalarning bilimi baholash mezonlari: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho; talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning mohiyatini tushunmaydi hamda fan bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.