MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: 1.Topishmoq istilohi nimani anglatadi? Uning qanaqa ekvivalentlari bor?
2.Topishmoqlar qanday paydo bo`ladi? Asosiy omillari nimadan iborat?
3.Topishmoqlarda epitetning ijtimoiy-estetik va kompozitsion vazifasi nimadan iborat?
4.Topishmoqlar tuzilishiga ko`ra qanday tarkibga ega?
5. Topishmoqlar yashiringan predmet soniga ko`ra qanday ko`rinishlarga ega?
6.Topishmoqlar yaratilish davri va mazmuniga ko`ra qanday tasniflanadi?
7.Topishmoqlar shaklan qanaqa ichki turlarga ega? Chaldirmoq nima?
8.Topishmoqlarning yozma adabiyot bilan munosabati qanaqa?
9.Maqol istilohi nimani anglatadi? Uning qanaqa ekvivalentlari bor?
10.Maqollar qanday paydo bo`ladi? Asosiy omillari nimadan iborat?
11.Maqollarda hayotiy tajriba va sinovlarning axloqiy bahosi qanday ifodalanadi?
12.Maqollarning tashviqiy mohiyati nimada?
13.Maqolning kompozitsion tuzilishi va unda saj’ san’ati qanday rol’ o`ynaydi?
14.Maqollar qaysi usulda tasnif qilinadi?
15.Maqollarning nutqdagi ahamiyati nimada ko`rinadi?
“O`ZBEK FOLKLORI”FANI BO`YICHA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI
O‘zbek folklori fani va fan yuzasidan mustaqil ta`limining maqsad va vazifalari: -o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi fanining maqsad va vazifalari talabalarni (bakalavr) xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirish;
-og‘zaki ijod janrlari va asoslarini o‘rganish, shu bilan bir qatorda milliy mafkura tamoyillarini egallash;
-talabalarni og‘zaki ijod namunalarini chuqur tahlil eta olishga o‘rgatish, shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish.
Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash.
Yangi ilmiy adabiyotlarni, adabiy jarayon tendentsiyalarini va estetik tamoyillarni o‘rganish.
Talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish.
Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.