O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti


Aforizm – (yun. ta’rif, ixcham ifoda) – muallifi ma’lum bo’lgan, ixcham shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr. Badiiy tahlil



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə40/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Aforizm – (yun. ta’rif, ixcham ifoda) – muallifi ma’lum bo’lgan, ixcham shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr.
Badiiy tahlil – (ar. tekshirish, hal qilish) – adabiy asarning mazmun mohiyatini idrok etish, uning yaxlit estetik hodisa sifatidagi mavjudligini turli aspektlarda o’rganib, o’ziga xosligini ochib berish va qimmatini belgilashga qaratilgan hissiy-intelektual faoliyat.
Badiiy to’qima – (ruscha kalka-xud.vim.)– yozuvchining ijodiy tasavvur va taxayyuli mahsuli, voqelikda real asosi yoki to’liq o’xshashi mavjud bo’lmagan badiiy obrazlar, hayotiy holatlar, voqealar yaratishda namoyon bo’luvchi bad. Ijodning muhim komponenti.
Folklor(-lotincha “folk”-xalq,”lore”donishmand) - xalq donishmandligi, otalar so`zi ma`nolarida qo`llaniladi
Band – she’rning ritmik ritmik – intonatsion va mazmuniy jihatdan nisbiy mustaqillikka ega bo’lagi.
Gimn – (yun. madhiya) –qadimgi yunon adabiyotida ilohlarni ulug’lash, maqtash uchun kuylangan qo’shiq. Mas. yunonlar Appolonni madh etgan. Keyinchalik tarixiy voqealar, qahramonlar madh etiluvchi tantanovar qo’shiqlar ham gimn deb yuritilgan.
Mazmunan dasturiy xarakterdagi she’r asosidagi tantanovar qo’shiq, muayyan ijtimoiy harakat, uyushma, davlat va shu kabilarning atributlaridan biri, madhiyasi.
Detektiv adabiyot– ( yun. izquvar ) –sarguzasht adabiyotining bir tarmog’I, syujeti asosida sirli jinoyatlarni ochish bilan bog’liq voqealar yotuvchi asarlarning umumiy nomi.
Didaktik adabiyot – (yun. o’rgatuvchi, ta’limiy) – muayyan ta’limiy, tarbiyaviy maqsadlarda yaratilgan adabiy asarlarning umumiy nomi. Mas. sa’diyning “Guliston” va “Bo’ston”, Kaykovusning “Qobusnoma” asari.
Improvizatsiya – (lot. kutilmagan, birdan) –badiiy ijodning alohida bir ko’rinishi bo’lib, bunda asar bevosita ijro jarayonida yaratiladi.
Interpretatsiya– (lot. tushuntirmoq) – talqin; adabiy asar mazmunini idrok qilish, uning mazmuni, badiiy konsepsiyasini anglash, tushunish.
Insenirovka– (lot. sahna) – aslida sahnaga mo`ljallab yozilmagan asarlarni (ko`proq, epic asarlarni) sahnalashtirish uchun qayta ishlash. I. sahnalashtirilishi mo`ljallangan asarning g`oyaviy-badiiy xususiyatlarini qayta yaratishni taqozo etadi.
Intonatsiya – (lot.-kuchli talaffuz etaman) – jonli nutqning ifodaviyligini ta`minlovchi asosiy omil, tipning fonetik vositalari ( tovush toni, talaffuz tempi, tembr, pauzalar, melodika, mantiqiy va so`z urg`ulari) majmui. U estetik emotsional ta`sir o`tkazishda muhim ahamiyatga ega.
Remarka – (fr. - izoh) – dramatic asarlarda muallif tomonidan sahna voqeasining boshlanishi oldidan beriluvchi yoki uning kechishi davomida qavs ichida berib boriluvchi izohlar. R. parda yoki ko`rinish oldidan berilgan hollarda vopqea kechayotgan joy, vaqt, ishtirok etuvchilar va sh.k.lar haqidagi zarur ma`lumotlardan iborat bo`ladi.
Epigraf –(yun. – bitik.sarlavha) – asarning boshlanishida sarlavhadan keyinoq yoki uning bo`lim (bob.fasl)lari boshida keltiririluvchi qisqa, odatda, e`tiborli manbalardan (xalq ijodi, mashhur kishilarning purhikmat so`zlari va sh.k) olingan ko`chirma, sitataning bir ko`rinishi.


Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin