Yakuniy nazorat uchun testlar
1. Erkalovchi motivdagi rasm-rusum qo`shiqlariga nisbatan o`zbek bolalar fol’klorida qanday atama qo`llanadi?
A) yerkalamalar E) Aytim-olqishlar
B) Ovutmachoqlar F) Allalar
D) Qiziqmachoqlar
2. Ajdodlarimizning animistik e’tiqodlari asosida shakllanib, hamon yashab kelayotgan bolalar fol’klori janri qaysi?
A) Yalinchoqlar E) Sanamalar
B) Hukmlagichlar F) Tegishmachoqlar
D) Guldur-guplar
3. Ibtidoiy totemistik qarashlar zamirida shakllangan bolalar qo`shiqlari qanday nomlanadi?
A) Yalinchoqlar E) Aytim-olqishlar
B) Guldur-guplar F) Cheklashmachoqlar
D) Hukmlagichlar
4. Harakatga omuxta zavqdan jilolangan bolalar ilk qo`shig`i qanday atama bilan turkumlanadi?
A) Qiqillamalar E) Alla
B) Sanamalar F) Erkalamalar
D) Ovutmachoqlar
5. O`zbek bolalar og`zaki poeziyasida yumoristik sayqali baland qofiyadosh laqablar qanday atama bilan yuritiladi?
A) Masxaralamalar E) Tegishmachoqlar
B) Arazlagichlar F) To`rtliklar
D) Yarashtirgichlar
6. Sofiya safon,
Boshida chapon.
To`yga borar,
Bedasturxon. - Bu she’r tegishmachoqlarning qaysi turiga mansub?
A) Portret-tegishmachoq E) Epigramma- tegishmachoq
B) Uyaltiruvchi tegishmachoq F) Laqab- tegishmachoq
D) Masxaralama- tegishmachoq
7. Bolalar fol’klori namunalaridan qaysi biri bolakaylarning ijtimoiy hodisaga tanqidiy munosabatini ifodalovchi janr hisoblanadi?
A) Masxaralama E) To`rtlik
B) Guldur-gup F) Hukmlagich
D) Tegishmachoq
8. Chorlamalarning badiiy vazifasi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) Bolalarning o`yindagi galini aniqlaydi.
B) Bolalarni o`yinga chorlash uchun kuylanadi.
D) Bolalarni o`yindan tarqatib yuborishda kuylanadi.
E) Urishib qolgan bolalarni yarashtirish uchun kuylanadi.
F) Bolalarni bahslashishga chorlash uchun kuylanadi.
9. Qaysi javobda sanamalarga xos xususiyat noto`g`ri ko`rsatilgan?
A) Sanamalar – o`yinboshi badihalaridir.
B) O`yin boshlashda navbatda (galda) turuvchini aniqlash
uchun aytiladi.
D) O`yinning umumiy yo`nalishiga poydevor soladi.
E) O`yinga kompozitsion asos bo`ladi.
F) Barcha javoblar to`g`ri.
10. O`yin fol’kloriga mansub bo`lmagan janr ko`rsatilgan javobni toping.
A) Chorlama E) Tarqalmachoq
B) Sanama F) Tegishmachoq
D) Cheklashmachoq
11. Qaysi fol’klor janri bolalar oldiga gapirmaslik, jim turish shartini qo`yadi?
A) Guldur-gup E) Cheklashmachoq
B) Tez aytish F) Hukmlagich
D) Chandish
12. Nutq tovushlari alliteratsiyasiga asoslangan bolalar fol’klori janri qaysi?
A) Topishmoq E) Guldur-gup
B) To`rtlik F) Chandish
D) Tez aytish
13. Bolalarning so`zda laqillatish uchun aytiladigan she’rlari qanday nomlanadi?
A) Chandish E) Masxaralama
B) Cheklashmachoq F) Tez aytish
D) Tegishmachoq
14. Ko`rsatilgan janrlardan qaysi biri “onalik fol’klori”ga mansub emas?
A) Alla E) Yalinchoq
B) yerkalama F) Qiziqmachoq
D) Ovutmachoq
15.Qaysi janing etakchi belgisi kishilarga ezgu niyatlar tilashdan iborat?
A) Qarg`ishning E) Dostonning
B) Olqishning F) Qo`shiqning
D) Maqolning
16. Qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladigan fol’klor atamasini aniqlang:
A) Naql E) Doston
B) Afsona F) yertak
D) Rivoyat
17. O`zbek folk’lorining eng yirik hajmli janri qaysi?
A) yertak E) Rivoyat
B) Doston F) Tarixiy qo`shiqD) Afsona
18. Qaysi qatorda bahorgi mavsumi bilan bog`liq marosim noto`g`ri ko`rsatilgan?
A) Choy momo D) Yas-yasun
V) Shox moylar ye) Sust Xotin
S) Navro`z
19. Qaysi hukmdorlar davrida Navro`z bahorda emas, yozda nishonlangan?
A) Sosoniylar davrida D) Xorazmiylar davrida
V) Ahmoniylar davrida ye) Somoniylar davrida
S) Qoraxoniylar davrida
20.Qaysi javobda Naro`z dasturxoniga qo`shiladigan taomlar to`g`ri sanalgan?
A) Sumalak, sib, sedona, sut, sirka, samsa, sinjid
V) Sipand, sib, siyohdona, sinjid, sirka, sarimsoq, sabzi
S) Sumalak, sib, sut, somsa, sipand, sariyog`, sinjid
D) Sariyog`, sib, sipand, sinjid, sedona, sabzi, samsa
ye) Sumalak, somsa, sabziy, sedona, sariyog`, sut, sipand
21. “Qizlar bazmi” marosimining qaysi janrga munsub asar ijro etiladi?
A) Lapar D) Aytishuv
V) Qo`shiq ye) Kelin salom
S) Yor-yor
22. O`zbek motam marosimiga aloqador janr qaysi javobda noto`g`ri ko`rsatilgan?
A) Yig`ilar D) Yo`qlovlar
V) Motam yor-yori ye) O`lim allalari
S) O`lanlar
23. Xorazmda sunnat to`yini alqovchilar qanday nom bilan yuritiladi?
A) Kayvoni D) Chamanchi
V) Dasturxonchi ye) Go`yanda
S) Usta
24. Navoiy zamonasida yor-yorlar qanday nom bilan atalgan?
A) Chinka D) To`y qo`shig`i
V) Ayolg`u ye) O`lan
S) Qo`shiq
25. O`lanlardagi bosh maqsad nimadan iborat?
A) Kuyovni ta`riflash D) Aytishuvda g`olib chiqish
V) Kelinni ta`riflash ye) Barcha javoblar to`g`ri
S) Kelin-kuyovga tilak bildirish
26.Folklorshunoslikda duo-aytimlar ma`nosida qaysi atama qo`llanadi?
A) Afsun D) Kinna
V) Olqish ye) Badik
S) Qarg`ish
27. Inson badaniga turli toshmalar toshganda o`qiladigan aytimlar qanday janriy atama bilan yuritiladi?
A) Kinna D) Gulafshon
V) Badik ye) Ko`ch - ko`ch
S) Afsun
28. Suq, hasad, kek, o`ch, xusumat ta`sirida xastalangan bemorlarni davolashda aytiladigan aytimlar qanday janriy atama bilan yuritiladi?
A) Badik D) Duo
V) Gulafshon ye) Kinna
S) Suqlama
29. Qaysi qatorda so`z magiyasiga aloqador janr noto`g`ri ko`rsatilgan?
A) Badik D) Qarg`ish
V) Kinna ye) Qo`shiq
S) Olqish
30 Keng ommaviy tarzda ijro etiluvchi, so`z sehriga asoslanuvchi o`zbek marosim folklori janri qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) Olqish D) Afsun
V) Kinna ye) Burey-bureylar
S) Badik
Dostları ilə paylaş: |