Oraliq nazorat -2. 1. Maqollar fol’klorshunoslikda qaysi turga kiritiladi?
A) Lirik turga E) Liro-epik turga
B) Nasriy turga F) Dramatik turga
D) Paremik turga
2. Xalqning axloqiy qarashlari va turmush tajribalaridan tug`ilgan saboqlarni ifoda etuvchi janrlarni belgilang:
A) Maqol va naql E) Latifa va lof
B) ertak, askiya F) Doston, topishmoq
D) Afsona, lof
3. “Rohatning onasi.....” maqoldan qaysi so`z tushib qolgan?
A) Farog`at E) Maishat
B) Boylik F) Ishrat
D) Mehnat
4. Maqol janri namunalari el orasida qanday nomlar bilan yuritilgan?
A) Otalar so`zi E) Zarbulmasal
B) Hikmatli so`z F) Barcha javoblar to`g`ri
D) Oqillar so`zi
5. O`zbek xalq maqollarini ilk bor yozib olish va kitobat qilish kimning nomi bilan bog`liq?
A) M.Koshg`ariy E) Gulxaniy
B) H.Vamberi F) Zamaxshariy
D) Z.Husainova
6. Hayot voqeligini xayoliy uydirmalar asosida bayon etuvchi og`zaki asarlar qanday nomlanadi?
A) Afsona E) Naql
B) ertak F) Doston
D) Rivoyat
7. Afsonalarni kim “Haqiqatdan xabar beruvchi yolg`on hikoyalar” deb ta’riflagan?
A) K.Imomov E) Aristotel’
B) M.Jo`raev F) M.Koshg`ariy
D) Beruniy
8. O`tmishda “saw” so`zi bilan yuritilgan fol’klor janri qaysi?
A) Afsona E) Doston
B) Rivoyat F) Qo`shiq
D) ertak
9. Professional ijrochilikka asoslanmagan, keng ommaviy ijro etiluvchi janr ko`rsatilgan javobni belgilang:
A) Doston E) Kinna
B) ertak F) Terma
D) Afsona
10. Urug`-qabila, xalq va elatlarning kelib chiqishi va nomlanishi haqida hikoya qiluvchi afsonalar qanday nom bilan yuritiladi?
A) Toponimik afsonalar E) Tarixiy afsonalar
B) Geneologik afsonalar F) Diniy afsonalar
D) Mifologik afsonalar
11. Qaysi epik janr hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiradi?
A) Rivoyat E) Doston
B) Mif F) ertak
D) Afsona
12. “To`maris” va “Shiroq” asarlari qaysi janrda yaratilgan?
A) Tarixiy qo`shiq E) Rivoyat
B) Tarixiy afsona F) ertak
D) Doston
13. Aholi yashaydigan joylar nomining kelib chiqish sabablarini izohlovchi rivoyatlar qandoy nom bilan yuritiladi?
A) Tarixiy rivoyatlar E) Oronimik rivoyatlar
B) Gidronomik rivoyatlar F) etnonimik rivoyatlar
D) Oykonomik rivoyatlar
14. Qaysi janrdagi fol’klor asarining yakunida qissadan hissa chiqariladi?
A) ertakda E) Dostonda
B) Afsonada F) Rivoyatda
D) Naqlda
15. Naqllarning yuzaga kelishi va shakllanishida qaysi fol’klor janrlari muhim manba sifatida xizmat ko`rsatadi?
A) ertaklar va dostonlar E) Qo`shiqlar va ertaklar
B) Maqollar va ertaklar F) Rivoyatlar va latifalar
D) Afsona va miflar
16. Qaysi fol’klor janri yaqin va O`rta Sharq xalqlari orasida “Zarbulmasal” deb yuritiladi?
A) ertak E) Rivoyat
B) Naql F) Мaqol
D) Afsona
17. Muhokamaga sabab bo`lgan voqeani tasdiqlash yoki axloq qoidalarini buzib ish yuritayotgan shaxsni ogohlantirish uchun aytiladigan fol’klor asari qanday nom bilan yuritiladi?
A) Maqol E) Doston
B) ertak F) Afsona
D) Naql
18. Tubandagi testlardan to`g`ri javoblarni aniqlang:
Xalq orasida to`qilgan sahnaviy asarlar qanday atama bilan nomlanadi?
A) Og`zaki drama E) Askiya
B) Qo`g`irchoq teatri F) Masxarabozlik
D) Lof
19. Masxaraboz va qiziqchilar teatrida nimalar asosiy o`rin tutadi?
A) Dramaturgiya E) Qiziqchi aktyorlar
B) Sahna bezagi F) Barcha javoblar to`g`ri
D) Musiqa
20. Arabcha kulish, sharh va tanqid qilish ma’nolarini anglatuvchi san’at atamasi berilgan javobni toping?
A) Masxaraboz E) Komik aktyor
B) Qiziqchi F) Askiyachi
D) Muhabbiz
21 Qochirim so`zlarni ilg`ab olish va unga javob topa bilish san’ati qanday yuritiladi?
A) Askiya E) Topishmoq
B) Lof F) Maqol
D) Latifa
22. Muayyan mavzu atrofida ijro etiladigan askiyalar askiyaning qaysi turi hisoblanadi?
A) Tutal E) “Bo`lasizmi”
B) Rabbiya F) Safsata
D) Payrov
23. Arabcha “zakiy” so`zidan olinib, “so`zamol, zakovatli, o`tkir zehnli” degan ma’nolarni anglatuvchi janr atamasi qaysi javobda berilgan?
A) Lof E) Maqol
B) Latifa F) Matal
D) Askiya
24. Dastlab “etuk” shaklida yuritilgan janr qaysi?
A) Maqol E) ertak
B) Afsona F) Naql
D) Rivoyat
25. Qaysi ertaklarning syujetida inson zoti aralashmaydi?
A) Hayvonlar haqidagi ertaklarda
B) Sehrli ertaklarda
D) Maishiy ertaklarda
E) Satirik ertaklarda
F) Bunday ertaklar yo`q.
26. “Jumboq, jumoq va jummoq” istilohlari qaysi fol’klor janriga nisbatan qo`llanadi?
A) Topishmoqqa E) Naqlga
B) Maqolga F) To`g`ri javob yo`q
D) ertakka
27. Ko`p predmetli topishmoqlarning eng murakkab turi qanday nom bilan yuritiladi?
A) Chiston E) Chaldirmoq
B) Masala-topishmoq F) Muammo
D) Jumboq
28. “Tom ustida qo`shchiroq” –topishmog`ining javobi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni belgilang.
A) Bosh E) Oy va qiz
B) Ko`z F) Qosh
D) Oy
29.Xalq maqollarini qaysi jihatlariga ko`ra tasnif qilish mumkin?
A) Mazmuniga ko`ra E) Poetik tabiatiga ko`ra
B) Tuzilishiga ko`ra F) Barcha javoblar to`g`ri
D) Yaratilgan davriga ko`ra
30. Xalq maqollarida qaysi badiiy-tasvir vositasi ko`p uchraydi?
A) Metafora E) Tazod