O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat. Sezgi



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə87/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat.
Sezgi – qo’zg’atuvchilarning idrok a’zolari resteptorlaritga ta’siri tufayli vujudga keladigan, ob’ektiv dunyo xossalarining sub’ektiv in’ikosidir.
Sostial individ – barcha kishilar uchun umumiy bo’lgan, belgilar, qurollar bilan ishlashda bog’liq bo’lgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarni hisobga olish, sostial vazifalarni bajarishdir. Gap shaxsiy yoki individual jihatlar to’g’risida ketayotgani yo’q.
Sostial muhit – insonning aniq maqsadlar rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosi.
Sevgi – bu nafaqat xissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevilish uning asosiy mezoni – “insoniy fazilatlar” hisoblanadi.
Simpatiya – o’zaro yoqtirib qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan sevgi ob’ektning tashqi jozibasi rol oynaydi.
Talant (grekcha talanron – dastlab o’lchov, mezon, keyin esa ko’chma ma’noda – qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu turdagi faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak rivojlanish darajasi.
Tashabbuskorlik – xarakterning qimmatli xislati bo’lib, bu xislat ko’pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Temperament (lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik xarakteristikasi bo’lib, ularning tezligi, o’zgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Tafakkur – turli masalalarni (nazariy va amaliy) echishga qaratilgan va bu yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko’plab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funkstional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o’z-o’zini shakllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin