O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va boysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir. Malaka



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə84/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va boysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan ko’nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir meyordagi harakat bo’lgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga ko’ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko’nikmalar faqat oson payqash mumkin bo’lgan harakatchan bo’lmaydi, balki fikrlovchi, sostial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham bo’ladi. Avtomatizmdan iborat bo’lgani holda ko’nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o’z asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, ko’nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo’la olmaydi, chunki u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozistiyalar va b. ni chalkashtirib qoyishdan qo’rqadi).
Muloqotdagi konstruktivlik – hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy echim topishiga yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida o’z salohiyatini o’stirish, shaxsiy o’sishi, sostial etuklikning shakllanishi tomon harakatlanishi yo’nalishini ko’rsatadi.
Mazmun – bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir ob’ekt o’rtasidagi munosabatni xira bo’lsada anglash va sub’ekt hohishlariga ko’ra paydo bo’ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men uchun mazmuni yo’q» tashqaridan qaraganda bir narsa bo’lib tuyulgan yumush (o’ra qazish) yollangan er qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni echish, tasodifiy yo’lovchi uchun esa piyodalar yo’lining buzilayotganligi unga qandaydir buzg’unchilik mazmuniga ega bo’lib tuyuladi.
Meyor – ob’ektning sifat va miqdoriy jixatlari o’zaro bog’liqligini anglatadigan, mazmukn va shakl imkoniyat va voqeilik o’rtasidagi zaruriy uyg’unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha.
Moslik – kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o’zaro bir-birini tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin