O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə70/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

15 - MAVZU: QOBILIYAT


Mashg‘ulotning maqsadi: Qobiliyat haqida talabalarga tushuncha berish, ularda qobiliyat, talant haqidagi bilimlarni shakllantirish


Tushunchalar va tayanch iboralar: qobiliyat, qobiliyatning sifat miqdor tavsifi, talant, geniy, daholik.


Reja:
1.Qobiliyatlar haqida tushuncha
2.Qobiliyatlar tuzilishi
3.Talantning paydo bo’lishi
4.Layoqot va qobiliyat


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Xaridor do‘konda tovarlarni ko‘zdan kechirayotib, bir xil matodan tayyorlanganiga qaramay, ularga har xil baho beradi, bir tikuvchini maktaydi, ikkinchisiga esa e'tirozlar bildiradi. Shuningdek, ularga ba'zi bir takliflar beradi, tashqi ko‘rinishi bejirim bo‘lishi, chidamliligi oshishi to‘g‘risida mulohazalar yuritadi, ya'ni ulardan birisi qoniqtiradi, ikkinchisi esa ijobiy baho olish imkoniyati-dan mahrum bo‘ladi. Talabalar har xil turdagi tanlovlarda, olimpi-ada va universiadada ishtirok etadilar, ulardan bittasi muvaffa-qiyatga erishadi, hatto g‘oliblikni qo‘lga ham kiritadi. Bu psixolo-gik hodisa yoki voqyelik nimadan dalolat ekanligini aniklash orqa-ligina bilim darajasi, qobiliyat ko‘rsatkichi, muvaffaqiyat mexa-nizmi, malaka yoki ko‘nikmalar barqarorligi yuzasidan mulohaza yuri-tish mumkin, xolos.
Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga aloqador omillar, tarkiblar bo‘yicha ayrim ma'lumotlar kel-tirish maqsadga muvofiq: a) qobiliyatlar shaxsning psixologik xu-susiyatlari ekanligi; b) mazkur xususiyatlarga bilim, ko‘nikma, ma-laka orttirish bog‘liq; v) ushbu xususiyatlarning o‘zi bilim, ko‘nikma va malakalarga taallukli emasdir. Yuqoridagi voqyeliklarning tah-lilidan kelib chiqilganida, tovarga berilgan baho, tanlovlardagi muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ishtirok etishga asoslanib, shaxslarning qobiliyatlari yuzasidan qat'iy qarorga kelinishi mum-kin edi. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oliy ta'lim jarayonida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha «o‘rtamiyona» talaba ke-yinchalik ijobiy tomonga o‘zgarishi, boshqa soha (tarmoq)da yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga yondosh ixtisoslikda o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Ta'lim va ijtimoiy turmushda uquvsiz, «yaroqsiz» deb baholangan insonlar keyinchalik biron-bir sohaning yetakchi mutaxassisi sifatida elga tanilishi, yuqori lavozim egalla-shi, tadbirkor shaxs sifatida kamol topishi hodisasi tajribada ko‘p uchraydi. Shuning uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash (o‘zlashtirish) jarayonida qobiliyatlar namoyon bo‘lsa-da, lekin ular bilim, ko‘nikma, malakalarga bevosita taallukli emasdir. Xuddi shu boisdan, ular bir-biri bilan o‘zaro munosabat va nisbatan nuqgai nazardan tahlil qilinganida qobiliyatlar bilan bilimlar, qobili-yatlar bilan ko‘nikmalar mohiyat, mazmun, ma'no jihatidan bir-bi-Ridan tafovut qiladi. Ushbu psixologik hodisa obrazliroq qilib tushuntirilganida, bilim ko‘nikma, malaka mashkdanish tufayli egal-laniladigan aniq voqyelik deb tasavvur qilinsa, qobiliyatlar shaxs-ning ruhiy olamidagi hali ro‘yobga chiqmagan imkoniyatidir. Masa-lan, talabaning o‘qishga kirishi u mutaxassis sifatida kasbiy kamo-lot uchun imkoniyattarzida gavdalanishi kabi (uning intilishi, ob'ek-tiv va sub'ektiv muhit, salomatligi va boshqalar), shaxsning qobi-liyatlari kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun im-koniyat tariqasida namoyon bo‘ladi. Kasbiy bilim va ko‘nikmalar egal-landimi yoki yo‘qmi, imkoniyat ro‘yobga chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida qolib ketdimi — bularning barchasi ko‘pgina omillarga va sharoitlarga bog‘liqdir. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar (oila, maktab, mehnat jamoasi a'zolari, jamoatchilik) shaxsning u yoki bu bilim hamda ko‘nikmalarni egallashga manfaatdorligi, o‘qish, o‘rga-tishga munosabati, ularni tashkil qilish va mustahkamlashga nisba-tan mas'uliyat his qilish kabilarning barchasi — imkoniyatning ro‘yobga chiqarish, uning voqyelikka aylantirishning kafolatidir. Psixolo-giyaning metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyatlar — imko-niyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatidagi za-ruriy mahorat darajasi haqiqat hisoblanadi. Insonda namoyon bo‘la-yotgan tasviriy san'at qobiliyati uning rassom sifatida shakllani-shiga kafolat bera olmaydi. Rassomlikni egallashi uchun maxsus ta'-lim berilishi, tabiatga o‘zgacha munosabati, idrok qilish xayoloti, shaxsiy fazilati, salomatligi, matolar, mo‘yqalamlar, bo‘yoqlar, mos-lama asboblar va boshqalar muhayyo bo‘lishi lozim. Ta'kidlab o‘tilgan vositalar, shart-sharoitlarsiz tasviriy san'at qobiliyatlari taraq-qiy etmay turiboq, ilk ko‘rinishidayoq so‘na borishi mumkin. Ijti-moiy-tarixiy taraqqiyot pallasida bunday hodisalar son-sanoqsiz bo‘lib o‘tganligi hyech kimga sir emas, albatta.
Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabha-lari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e'tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Agar shaxs rasm so-lishga hali o‘rganmagan bo‘lsa, mabodo u tasviriy faoliyatning mala-kalarini uddalay olmasa, uning tasviriy san'atga nisbatan qobi-liyatlari yuzasidan mulohaza yuritishga o‘rin ham yo‘q. Bularning bar-chasi bo‘lg‘usi rassomning ish uslubi, usullari, rangga munosabatla-rini qanchalik tez va oson o‘zlashtirishida hamda borlikdagi go‘zal-likni idrok qilish, tasavvur etishida yuzaga keladi. Talabada kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi, ularning barqarorligi, shakllangan shaxsiy ish uslublari mavjud emasligiga asoslanib, ularni jiddiy tekshirib, tashxis qilmasdan turib, sho-shilinch tarzda unda qobiliyatlar yo‘q degan xulosa chiqarish oliy maktab o‘qituvchisining qo‘pol psixologik nuqsoni hisoblanadi. Bo-lalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyat-lari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Al-bert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachev-skiy (yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishida ge-nial olim bo‘lib voyaga yetishishi dalolatnomasi yo‘q edi.
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqa-digan farqlar, qobiliyatlar mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan indi-vidual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyat-ni aniqdash uchun ba'zi bir omillarni taxdil qilish maqsadga muvo-fiq; a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holat-larda faoliyat talabiga javob bera olmasa — psixologik sifatlar, ya'ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin bunday xususiyatli shaxs ko‘nikma va malakalarni egallay olmaydi degan ma'no anglatmaydi, biroq ularni egallash vaqti cho‘zilib ketadi, xolos.
Shunday qilib, qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xususiyat-lariga, xarakter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalar-ga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan bir qatorga qo‘yish, ularni ay-niylashtirish ham nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta'kid-lash joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba'zi biri yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki ularni ta'sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xusu-siyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug‘iladi.
Psixologiyada qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyatlari bo‘yicha bir-birlaridan mu-ayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o‘rtasida farqlar sifat va miqdor jihatidan bir talay bo‘lishi mumkin. Qobiliyat-larning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik xu-susiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdori tavsifi esa faoli-yatga qo‘yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo‘sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqa odam-larga qaraganda malaka, bilimlardan nechog‘lik tez, yengil, puxta foy-dalana olishini namoyish qiladi.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishi-da, birinchidan, maqsadga turlicha yo‘llar orqali erishishga imkon beruvchi «o‘zgaruvchan miqdor» to‘plami tariqasida, ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi shaxsning individual psixolo-gik xislatl; >i (fazilatlari) murakkab majmuasi ko‘rinishida gav-dalanadi. Masalan, fakultet dekanati va o‘qituvchilar jamoasi to-monidan yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega deb baholangan IV kurs boshlig‘i («oqsoqoli») Mahkamda mana bunday psixologik xusu-siyatlar majmuasini ko‘rish mumkin, chunonchi, tashabbuskorlik, ta-labchanlik, mehribonlik, e'tiborlilik, kuzatuvchanlik, tengdoshla-rini tashxis qila olishlik, kashfiyotchilik, javobgarlik, hamdard-lik, jozibadorlik, hamkorlik, samimiylik, hissiy yaqinlik kabi-lar. Mahkamning qobiliyatini boshqa tashkilotchilar qobiliyati bilan qiyoslanganda ko‘lami keng, mohiyati chuqur bo‘lish bilan birga, balki o‘zining sifati bilan ham ajralib turadi. Xuddi shu fakul-tetning III kurs boshlig‘i («oqsoqoli») Adham ham tashkilotchi, udda-buron shaxs, lekin faoliyatni amalga oshirish, o‘zgalarga ta'sir ko‘rsa-tish mutlaqo boshqa omillarga asoslanadi. Shuning uchun tashkilot-chilik qobiliyati boshqa psixologik xislatlar majmuasini (turku-mini) tashkil qiladi, chunonchi, zaiflarga nisbatan shafqatsizlik, jamoa a'zolariga tazyiqo‘tkazishlik, uddaburonlik, amalparastlik, maqtanchoqlik va boshqalar.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, u yoki bu faoliyat-ni amalga oshirishda o‘zaro o‘xshash yoki bir-biri bilan farkdanuvchi turlicha qobiliyatlar turkumi (majmuasi, birikmasi) ishtirok etishi mumkin ekan. Bu psixologik hodisa tahlili orqali shaxs qobi-liyatlarining muhim jabhalari yaqqol ko‘zga tashlanadi, jumladan, shaxsdagi bir xislatning o‘rnini boshqasi bosishi (kompensatsiya qilishi, lotincha sotrep$a1yu o‘rnini bosishi, muvofiqlashtirish ma'nosini bildiradi) vujudga keladi, buning uchun inson o‘zi usti-da sabr-toqat, chidam bilan mehnat qilishi tufayli yuksak ko‘rsat-kichlarga erisha oladi.
Shaxsning qobiliyatida mavjud bo‘lgan o‘rnini bosish (kompensa-tor)lik imkoniyati eshitishdan mahrum insonlarni maxsus o‘qitish orqali ro‘yobga chiqadi. Hayotda ko‘r musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb egalari yetishib chiqqanligi ko‘p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki umuman yo‘qligi ham kas-biy musiqaviy qobiliyatining rivojlanishiga keskin xalaqit ber-masligi mumkin. Bu psixologik hodisa (bir qobiliyatni boshqa qobi-liyat yordami bilan o‘stirish, ya'ni kompleksatorlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchin-chi kasbni egallash ishtiyoqi) sohasida mislsiz keng qo‘lamdagi imko-niyatlarni ochadi. Ushbu voqyelikni tasdiklovchi qator misollarning o‘zida silliq duradgor mohir tikuvchi bo‘lishi; yirik fan allomasi yirik san'atkor, yetuk sportchi ekanligi uchrab turadi. Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhalarida o‘z o‘rnini topa oladilar hamda yuksak yutuklarga erishadilar, hatto bir necha faoliyat turida tekis muvaffaqiyatlar qozonish ham mum-kin.
Qobiliyatlarning miqdoriy tavsifi va ularni o‘lchash muammosi psixologiya fanida o‘ziga xos rivojlanishning tarixiy o‘tmishiga ega. Hozirgi davrda fanning mumtoz psixologlariga aylangan Spir-men, Permen Kettell va boshqalar XIX asrning oxirlari va XX asr-ning boshlaridayoq muayyan ixtisoslar uchun kasb tanlashni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zaruriyatidan kelib chiqadigan talablar tazyi-qida o‘quv yurtlarida saboq olayotgan shaxslarning qobiliyat daraja-sini aniqlashga kirishdilar. Ularning taxminlaricha, insonning lavozimiga loyikdigi, uning mehnat faoliyatiga layoqati, shuning-dek, oliy o‘quv yurtlariga, harbiy xizmatga, rahbarlik martabasini egallashga nisbatan layoqatlarini aniqlash imkoniyati mavjuddir. Utgan asrda qobiliyatlarni o‘lchash usuli, mezoni tariqasida aqliy iste'dod testlari ishlab chiqildi va AQSh, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda o‘quvchilarni saralash, harbiy xizmatga zobitlarni tanlash, ishlab chiqarishda rahbarlik lavozimiga tavsiya qilishda foy-dalanildi. Hatto Buyuk Britaniyada universitetga kirish huquqini beruvchi test sinovi tizimi ham yaratildi. «Aqliy iste'dod» testla-ri ball yoki ochkolar bilan baholanib, yechimga sarflangan vaqtni hisobga olib, natijalar yig‘indi holiga keltirilar edi. Masalan, Buyuk Britaniya maktablarida 11 yoshli o‘smirga beriladigan test k$'ri-nish: «Pyotr Jemsga qaraganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq. Kim hammadan ko‘ra balandroq?» va tanlagan javobning tagiga chizib qo‘yish talab qilinadi: 1) Pyotr, 2) Edvard; 3) Jeyms; 4) «ayta olmay-man». Boshqacharoq testlar berilgan beshta so‘zdan boshqalariga o‘xsha-maganini sinaluvchi tanlab olish kerak: 1) qizil, yashil, ko‘k, ho‘l, sariq; 2) yoki, ammo, agar, hozir, garchi va shu kabilar. Testlar murak-kabligi ortib borish tamoyili bo‘yicha «Testlar batareyasi» tizimi yaratiladi. Testlar tuzilishi bo‘yicha faqat so‘zlardan iborat (ver-bal) sinovlar bilan cheklanmasdan, balki turlicha mohiyatli «labi-rintlar» (yunoncha 1a'uppSho$ — chigal holat, murakkab, chalkash ma'-nosini bildiradi), «boshqotirma» va shunga o‘xshash sinovlar kiri-tiladi.
Odatda, sinaluvchilar «Testlar batareyasi»ni bajarib bo‘lganla-ridan so‘ng natijalar hisoblab chiqiladi va ularda «aqliy iste'dod koeffitsienti» (inglizcha t1e11esSha1 yaio(1ep(, 10 so‘zidan olingan-dir) aniklanadi. Misol uchun, 11,5 yoshli o‘quvchi to‘plagan ballar-ning o‘rtacha yig‘indisi 120 ga teng bo‘lishi lozim. Bunda 120 ball to‘plagan har qanday tekshiriluvchi 11,5 yoshida «akl yoshiga» egadir. Xuddi shu yo‘sinda «aqliy iste'dod koeffitsienti hisoblab chiqiladi:
Sinaluvchining aqliy iste'dodi koeffitsienti.
10 = aqp yoshi X 100
Sinaluvchining haqiqiy yoshi.
Mabodo test sinovda 11,5 va 14 yoshli o‘smirlar 120 ochko to‘plagan bo‘lsalar, u holda tekshiriluvchilarning «akl yoshi» 11,5 ga tenglash-tirilsa, quyidagi holat yuzaga keladi:
10 birinchidan sinaluvchi = 11,5 X 100 =109,5; 10,5
10 ikkinchidan sinaluvchi = 11,5 X 100 = 82,1.
14
Mazkur yo‘nalishning namoyandalarining e'tirof etishlaricha, «aqliy iste'dod koeffitsienti» qandaydir o‘zgarmas mezon sifati-da «umumiy intellektni» (inglizcha §epega1 1P1eSh§epse) ro‘yobga chiqa-rish imkoniyatiga egadir. Shuni ta'kidlash joizki, «akliy iste'dod koeffitsenti» nazariyasida bahsli jabhalar mavjudkim, bunda shaxs-ning aqliy qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Rus psixologi L. S. Vigotskiy yuqoridagi nazariyaga o‘z e'tirofini bildirgan holda ikki bos-qich, ya'ni «eng yaqin taraqqiyot zonasi», «aktual faoliyat zonasi» or-qali qobiliyatni to‘g‘ri aniqlash mumkinligini ko‘rsatib bergan edi. Hozirgi zamonda qo‘llanayotgan test sinovlari o‘tmishdoshlaridan ko‘p jihatdan ajralib turadi, lekin ko‘pincha xotira mahsullarini ochishga xizmat qildi, ijodiy tafakkur natijalari esa diqqat mar-kazidan chetda qolib ketish hollari uchraydi.
Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xohta'lim, xoh meh-nat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat'i nazar, uning bilish jara-yonlariga, aqliy xislatlariga, hissiy-irodaviy jabhalariga, senso-motor sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyan talablar qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa'y-harakati tufayli muvaffaqiyatlar-ga erishiladi. Psixologik ma'lumotlarga qaraganda, insondagi yuk-sak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (xislat) faoliyatining yuk-sak mahsuldorligi va samaradorligini ta'minlash qurbiga ega, u qobiliyatlar uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar kuch quv-vat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o‘zini oqlamaydi. Shu-ning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lgan psixik si-fatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o‘rinlidir.
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar maj-muasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgi-langanligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz:
matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish-amallar-ni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan yengil o‘tishlik, masala yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilar;
adabiy qobiliyat: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot dara-jasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, «til zeh-ni», behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga inti-luvchanlik va boshqalar. Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibi-dan ko‘rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Yaqqol qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning xis-latlari, fazilatlari orasida ustuvorlik qilsa, ayrimlari yordam-chilik vazifasini bajaradi. Ma'lumki, pedagogik qobiliyatlar tu-zilishida yetakchi xislatlar sifatida pedagogik odob (takt), bolalar-ni sevish, o‘quvchilar jamoasini tashkil qilish va uni boshqarish, kuzatuvchanlik, talabchanlik, bilimlarga chanqoqlik, bilimlarni uza-tishga uquvchanlik va shunga o‘xshashlar tan olinadi. O‘qituvchilik qobiliyatining yordamchi (qo‘shimcha) fazilatlariga quyidagilar ki-radi: artistlik, nutqiy qobiliyat, diqqatni taqsimlash, akademik qobiliyatlar va hokazo. Pedagogik qobiliyatlarning yetakchi (asosiy) va yordamchi (qo‘shimcha) tarkiblari, jabhalari ta'lim jarayoni mu-vaffaqiyatini ta'minlaydigan birlikni (birikuvni) yuzaga kelti-radi hamda o‘qituvchi shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan hamkorlik indivi-dual faoliyatini tashkillashtiradi. Qobiliyatlardan muayyan dara-jada umumiy va torroq ma'noda maxsus sifatlarni ajratish orqali ma'lum turkum tizimini yuzaga keltirish mumkin. Bundan kelib chiqqan holda qobiliyatlar guruhiga ajratish maqsadga muvofiq. Umumiy qobiliyatlar (sifatlar) maxsus qobiliyatlarga (sifatlarga) zid tarzda taqin qilish mumkin emas. Shaxsning umumiy qobiliyatlari ularni hosil qiluvchi omillar yaqqol psixologik hodisa yoki voqye-likdir. Maxsus qobiliyatlar ko‘lam jihatdan torroq bo‘lishiga qara-may, chuqurroq mohiyatni o‘zlarida mujassamlashtiradi.
Rus olimi I. P. Pavlov o‘z ta'limotida « badiiy», «fikrlovchi», «o‘rta» tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bitta-siga taallukli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipo-logiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimidan iboratligi to‘g‘risidagi ta'limotiga asoslanadi. Birinchi signallar va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signallar ti-zimi I. P. Pavlov tomonidan «signallarning signali» deb nomlan-gan edi. Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar tizimining sig-nallari nisbatan ustunlik qilsa inson «badiiy» tipga taalluqli-dir;
mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa — bu shaxs «fikrlovchi tipga» munosibdir;
agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa (birortasi ning ustunligi sezilmasa) — bu inson «o‘rta tipga» mansub odamdir. 4) Tipologiyaning o‘ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo‘ladi:
«Badiiy tip» uchun bavosita taassurot, taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.
«Fikrlovchi tip» uchun mavhumlarning, mantiqiy tizilmalar-ning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarining us-tunligi muvofiqdir.
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning yetishmasligini bildirmaydi, lekin bu o‘rinda gap psixika-sining obrazlari jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nis-batan ustuvorligi haqida borada, xolos. Biroq shuni ta'kidlash jo-izki, shaxsning ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutlakdik xususiyatiga egadir. Ma'lumki, insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o‘rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqni aks ettirish jarayoni so‘zlar, fikrlov vositasida ro‘yobga chiqariladi.
Signallar tizimi orasidagi munosabatni matematik tarzda qu-yidagicha aks ettirish mumkin:
A) S > S, S - ikkinchi signallar tizimi, S - birinchi signallar tizimi;
B) birinchi signallar tizimining ikkinchi signallar tizimidan nisbatan ustunligi («badiiy tip»): S> S QM (t - mazkur tip namo-yandalarining borliqni emotsional va obrazli bilish xususiyati ji-hatidan ajratuvchi belgisi);
V) «fikrlovchi tip» mana bunday ifodalanishi kuzatiladi:
S+ p >S (p - mazkur tip namoyandalarini boshqalardan ajratuv-chi olamga mavhum munosabatning xususiyati).
Shunday qilib, shaxsning u yoki bu faoliyatiga tayyorligi tariqa-sida yuzaga keladigan har qaysi yaqqol qobiliyatlar tuzilishi o‘z tar-kibiga yetakchi va yordamchi, umumiy va maxsus nomdagi majmua sifat-larni (xislatlarni) qamrab olgan bo‘lib, murakkab tizimdan iborat-dir.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon boʻladi. Shuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin boʻlmagan faoliyatlardagina namoyon boʻladi. oʻquvchida ham zaruriy koʻnikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yoʻqligiga asoslanib, jiddiy tekshirib koʻrilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yoʻq, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi boʻladi.
Masalan, Albert Eynshteyn oʻrta maktabda uncha yaxshi oʻqimaydigan oʻquvchi hisoblangan va uning kelajakda genial boʻlishidan hech narsa dalolat bermas edi.
Qobiliyat bilim va malakalarning oʻzida koʻrinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon boʻladi ya’ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim boʻlgan bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon boʻladi.
Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar boʻlishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qoʻyib boʻlmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qoʻyish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yigʻindisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta’siri bilan tarkib topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos boʻladi.
Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit boʻlib, shuning bilan birga u ma’lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni oʻzlashtirish, shuningdek, kasbiy koʻnikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar koʻnikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. qamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qoʻlga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut inson koʻp narsaga erisha olmaydi. qobiliyat koʻnikmada roʻyobga chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining koʻnikma va malakalari koʻp qirrali va mukammallashgan boʻladi. Shuning bilan birga koʻnikma va malalakalar yetishmagan qobiliyatni bir muncha toʻldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin. Koʻnikmalarni umumlashmasi moxirlik deb ataladi. Moxirlik bu endi qobiliyatning oʻzginasidir. Demak, qobiliyat koʻnikma va malakalarning paydo boʻlishi jarayonida shakllanadi.

Har qanday qobiliyat ham murakkab boʻlib, u kishiga turli-tuman talablar qoʻyadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun oʻz qobiliyatliligini koʻrsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan boʻlsa, shaxs mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb ba?olanadi. Har bir qobiliyatning oʻziga xos tuzilishi mavjud. qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim.


Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish koʻnikmasidir. Bu individual narsaning oʻziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun boshlangʻich materialni koʻra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi.
Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda oʻziga xos tuzilishda boʻladi), emosionallik, ya’ni his tuygʻuga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faoliyatini oshiradi) va shunga oʻxshashlar. Amaliy faoliyatning ba’zi koʻrinishlarida shaxsning irodasi oldingi oʻringa chiqadi. qobiliyat tuzilishidagi turli xususiyatlarning tarkibi faoliyatning turli davrlarida yoki ijodiyotning bosqichlarida turlicha boʻlishi mumkin. Demak, tuzilish ham barqaror, ham oʻzgaruvchandir.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin