O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə71/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Qobiliyatlar turlari
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi:
1.Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos boʻlib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil boʻlish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2.Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega boʻlib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar oʻz navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga boʻlinadi.
3.Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qoʻl harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning boʻlinishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga boʻlgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni ta’minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday tushuncha tor va notoʻgʻridir, chunki intellektual taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy qobiliyat faoliyatning hamma turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta’sir qiladi, deb hisoblovchi psixologlar
topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat universal ahamiyatga ega boʻlgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida gapirib oʻtirishning hojati yoʻq.


Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yigʻindisi ta’sirini koʻzda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi faoliyat boʻlib ajralib turadi. Bu faoliyat tugʻma spesifik zehn nishonalariga mos tushishi mumkin.


Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga: fan, san’at, amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy va amaliy deb klassifikasiyalash mumkin. Bu turlarning har biri oʻz navbatida mayda turlarga boʻlinadi.
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan boʻlishini, ogʻzaki mantiqiy xotirani, qat’iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga nisbatan boʻlgan qobiliyatlar.
Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan boʻlimini, oʻtkir emosional ta’sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni oʻz ichiga oladi. Amaliy qobiliyatga konstruktiv-texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu jumladan tashkilotchilik va boshqalar kiradi.
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan boʻlib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon boʻladi.
Oʻquv qobiliyatlari bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish, shaxs - shakllanishi, pedagogik ta’sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol oʻynaydi.
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma’naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi gʻoya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon boʻladi.



Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin