O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə72/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Qobiliyatlar tarkibi
Odam egallaydigan faoliyat uning xususiyatlariga yuksak talablar qoʻyadi. Bu talablarni qandaydir bitta sifat taraqqiyotining juda yuksak darajasida boʻlsa ham qondira olmaydi. Qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega boʻlgan psixik sifatlar yigʻindisidan iboratdir. Qobiliyatlar tarkibi aniq faoliyat talabi bilan belgilanadi va har turdagi faoliyatlar uchun turlicha boʻladi. Masalan, matematik qobiliyat, adabiy qobiliyat, pedagogik, musiqaviy, ixtirochilik va shifokorlik qobiliyatlari tuzilishi maxsus tarkibga ega. Aniq qobiliyatlar tarkibini tashkil qiluvchi shaxsning xislatlari orasida ayrimlari yetakchi oʻrinni egallasa, ayrimlari yordamchilik rolini egallaydi. Masalan, pedagogik qobiliyatlar tarkibida yetakchi sifat pedagogik takt, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, ularga nisbatan yuksak talabchanlik, bilimlarni berishga ehtiyoj, yordamchi tarzda tashkilotchilik qobiliyati hisoblanadi. Har turli qobiliyatlarda bir emas, balki bir necha turdagi faoliyat turlari talablariga javob beradigan birmuncha umumiy sifatlarni ajratishimiz mumkin, bundan tashqari, mazkur faoliyatni bir muncha torroq doirasi uchun javob beruvchi maxsus sifatlarni ajratishimiz mumkin. Bu narsa ularda har tomonlama qobiliyatlar borligi, har turli kasblar, mashgʻulotlarning keng sohalariga doir umumiy qobiliyatlar borligi haqida gapirish imkonini beradi. Bu ikkinchi signallar tizimi haqidagi ta’limot bilan bogʻliqdir.
Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u hoh ta’lim, hoh mehnat, hoh oʻyin, hoh sport boʻlishidan qat’i nazar uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, hissiy-irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyaan talablar qoʻyadi va ularning hamkorligidagi sa’i-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, insondagi yuksak koʻrsatkichga erishgan sifat qanchalik ustuvorlikka ega boʻlmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. Ayrim hollarda alohida namoyon boʻlgan psixik xususiyat (xislat) faoliyatning yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qurbiga ega, u qobiliyatlarni uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar kuch-quvvat tariqasida vujudga keladi, degan faraz oʻzini oqlamaydi. Shuning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega boʻlgan psixik sifatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda oʻrinlidir.
Qobiliyatlar sifatida roʻyobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganlik tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun oʻziga xos tarzda qoʻyilishi aynan haqiqatdir. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib oʻtamiz.
1) Matematik qobiliyat matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi oʻrtasida aloqa oʻrnatish, toʻgʻri va teskari fikr yuritishdagi yengillik, unumlilik, masala yechishda fikr yuritishni epchilligi kabilar.
2) Adabiy qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada yorqin koʻrgazmali obrazlarning jonligini, "til zehni", behisob xayolan ruhiyatga qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib koʻrsatilgan qobiliyatlar tarkibidan koʻrinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar oʻzaro bir-biriga oʻxshamagan manbalari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga oʻxshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega boʻlib kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Rus olimi I.P.Pavlov oʻz ta’limotida "badiiy", "fikrlovchi", "oʻrta" tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimidan iboratligi toʻgʻrisidagi ta’limotga asoslanadi. Birinchi signallar tizimi obrazlar, emosiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar haqida soʻzlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov tomonidan "signallarning signali" deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson "badiiy" tipga taaluqlidir;
2) mabodo "signallarning signali" nisbatan ustuvor boʻlsa, bu shaxs "fikrlovchi" tipga mansubdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan boʻlsa (birortasining ustunligi sezilmasa) bu inson "aralash" tipga mansub odamdir.
Tipologiyaning oʻziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon boʻladi:
1. "Badiiy tip" uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, qis-tuygʻular (emosiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.
2. "Fikrlovchi tip" uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning yengilmasligini bildirmaydi, lekin bu oʻrinda gap psixika obrazli jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida beradi. Biroq shuni ta’kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutloqlik xususiyatiga egadir. Ma’lumki, insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning oʻrni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqning aks ettirish jarayoni soʻzlar, fikrlov vositasida roʻyobga chiqariladi.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin