Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U o‘zicha har bir maydonda qiymatga ega.
Misol . STUDENT faylidagi (jadvalidagi) yozuvlarning mantiqiy strukturasini tavsiflashga doir misolda ko‘rsatilgan. STUDENT faylidagi yozuvning tuzilishi chiziqli bo‘lib, u o‘zgarmas uzunlikdagi yozuvlardan iborat. Yozuv maydonlari takrorlanuvchi qiymatlar guruhiga ega emas. Maydon qiymatiga murojaat uning nomeri bo‘yicha amalga oshiriladi.
Fayl nomi STUDENT
Maydon
Kalit belgisi
Maydon formati
Nomni belgilash
To‘liq nomlanish (rekvizit)
Tip
Uzun- ligi
Aniq- ligi
Nomer
Talaba reyting daftarchasi nomeri
*
simvol
10
Famil
Talaba familiyasi
simvol
10
Ismi
Talaba ismi
simvol
8
Ota.ismi
Talaba otasi ismi
simvol
10
T_kun
Talabaning tug‘ilgan sanasi
sana
8
O’rta_baho
Talabaning o‘rtacha bahosi
son
3
2
STUDENT faylidagi yozuvlar mantiqiy tuzilishini tavsifi
Har bir MB jadvali o‘zining birlamchi kalitiga ega bo‘lishi mumkin. Birlamchi kalit deganda ezuvlar kaytarilmasligini ta’minlovchi maydon (polya) yoki maydonlar guruxi tushiniladi. Birlamchi kalit sifatida ishlatiladigan maydon eki maydonlar guruxi, bir xil yozuvga ega bo‘lmaslik shartini bajarishi kerak. Boshqa maydonlarida bir xil yozuvlar takrorlanishi mumkin. Shu sabab ular birlamchi kalit bo‘laolmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonli maydonlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi kalitni kiritishdan maqsad, jadvaldagi ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi. Birlamchi kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tamonidan MB jadvali strukturasini tashkil qilishda aniqlanadi.
Bosh jadval yordamida qaram jadvaldagi mos ma’lumotlarni chaqirishni ta’minlash uchun qaram jadvalda tashqi kalit tashkil qilinadi. “Bitta-ko‘pga” bog‘lanish holatida tashqi kalit bosh jadvalda tashkil qilinadi. Birinchi va ikkinchi kalitlarni aniqlashda MBBT avtomatik ravishda jadvalda indekslarni quradi.
Xulosa Yaqinda foydalanuvchi ma’lumotlarining tarqalishi sababli yuzaga kelgan Facebook bilan bog‘liq mojaro saralanmagan ma’lumotlar hajmi o‘sib borishini va hatto raqamli asrning gigantlari ham har doim konfidensiallikni to‘liq ta’minlay olmasliklari ko‘rinib qoldi.Masalan, Master Card mijozlarning hisob varoqlari bilan bog‘liq firibgarlik operatsiyalarining oldini olish uchun katta ma’lumotlardan foydalanadi. Shunday qilib, yiliga o‘g‘irlikdan 3 milliard AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ni asrab qolish mumkin.O‘yin sohasida katta ma’lumotlar o‘yinchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilish, faol auditoriyani aniqlash va shu asosda o‘yinga qiziqish darajasini taxmin qilish imkonini beradi.Bugungi kunda korxonalar o‘z mijozlari haqida ularning o‘zlaridan ham ko‘proq ma’lumotga ega. Shuning uchun Coca-Cola va boshqa korporatsiyalarning reklama kampaniyalari muvaffaqiyat qozonadi.Bank sektori yuqori xavfli guruhga mansubligini hisobga olsak, supermassiv tahlilni joriy etish juda muhimdir. Bu firibgarlikdan himoya qilib, xavfni boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish vaxizmat sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bu omillarning barchasi potentsial mijozning sodiqligiga sezilarli darajada ta’sir qiladi, ya’ni foyda faqat oshadi. Tizimning samaradorligi allaqachon zamonaviy bank gigantlari tomonidan sinovdan o‘tkazilgan: Sberbank, VTB24, Alfa-Bank, Tinkoff.Sanoatdagi katta ma’lumotlar. McKinsey ma’lumotiga ko‘ra ma’lumotlar ishlab chiqarishning mehnat omili va ishlab chiqarish aktivlari kabi muhim omiliga aylandi. BIG DATA dan foydalanish orqali kompaniyalar ustunliklarga ega bo‘lishlari mumkin. BIG DATA texnologiyalari quyidagi vazifalarni hal qilishda foydali bo‘lishi mumkin:bozor holatini bashorat qilish;marketingvasotuvni optimallashtirish;mahsulotni takomillashtirish;boshqaruv qarorlarini qabul qilish;mehnat unumdorligini oshirish;samarali logistika;asosiy fondlar holatini monitoring qilish.