M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan to‘plamidir. Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.
Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i n i b o sh q a r i sh t i z i m i – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir.
2.2 Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq .
Maydon-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
Maydon nomi, masalan, familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
Maydon turi, masalan, son (chislovoy), simvol (simvolьnыy), sana/vaqt (data/vremya), mantiqiy (logicheskiy).
Maydon uzunligi (o‘lchami), masalan, eng ko‘p simvollar sig‘imi;
Maydon aniqligi, (son tipidagi ma’lumotlar uchun) masalan, sonning o‘nlik ksr qismini aks ettirish uchun o‘nlik raqamdan to‘rtta.
Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. YOzuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. YOzuv ob’ektning biror bir elementi haqida to‘liq ma’lumotni ifodalaydi.