23
9-rasm. Anniabale karrachche, sangina va mil.
mashq qilish talab etiladi. Ayniqsa
suratning qismlari nisbatlari, katta shaklning
yaxlitligiga e’tibor qaratilishi kerak. So‘ng tana holati uning qanday harakat holatida
namoyon bo‘layotganligi muhim bo‘lib, uni to‘g‘ri topish va aks ettirishi lozimdir.
10
10
Ю.М. Кирцер Рисуиок и живопись, Москва «Высшая школа» 2003 й.
24
Tempera
O‘n to‘qqizinchi asrning oxirida, allaqachon unutilish darajasiga kelib qolgan
tempera yana rassomlar ustaxonalariga qaytganida, Serov, Rerix, Golovin, Borisov-
Musatov singari taniqli rassomlar uni bajonidil ishlatishdi. Valentin Serov kartonga
temperada ishlashni afzal ko‘radi va ba’zida uni guash bilan birgalikda ishlatadi. Ushbu
materialdagi uning asarlari, ko‘plari mashhur tarixiy nashrga ishlangan rasmlardan
iborat bo‘lgan, kichikligi va rangtasvirda bo‘yoq qatlamining zichligi bilan ajralib turadi.
Tempera bo‘yoqlari (10-rasm) bo‘yovchi moddalar (pigmentlar)
va ularni
bog‘lovchi moddalar (emulsiyalar)dan qo‘shib tayyorlanadi. Emulsiyaning
tarkibiga qarab temperalar oqsilli, tuxum-sarig‘ili,
tuxum-moyli, mumli va
kazeinli xillarga bo‘linadi. Yelimli bo‘yoqlar va tempera o‘zining har xil
turlari bilan XV asrgacha rassomlar uchun eng ma’qul
va ommabop rangtasvir
ashyosi hisoblangan. Tempera bo‘yog‘ida ishlashning asosiy usullari:
10-rasm.
1)
bo‘yoq
aralashmasining
oldindan
tayyorlab
olinishi;
2)
kartinadagi ma’lum bir yuzaga tuslarni qo‘yish va
tusning toza chiqishini ta’minlash maqsadida qo‘yilgan bo‘yoq chetini
oldingi qatlam rangi bilan yedirib qo‘shib yuborish. Bunday ishlash
kechki
flamandlar usuli sanalib, shu jumladan Rubensga ham tegishli;
3)
Qadimdan
to
Jorjone
va
Titsian
davrigacha
amalda qo‘llab kelingan bo‘yoqni yuqa holatda surkab ishlash;
4)
Qadimdan qat’iy prinsiplar asosida qo‘llanib
kelinadigan usul
-rangtasvirda soyalarni xarir va iliq tuslarda ishlash yoki ularga qarama -
qarshi quyuq xamirsimon rang surtmalari holatda sovuq tuslarda ishlash;
5)
Bo‘yoq ichidagi oldin qo‘yilgan bo‘yoq
rangi yoki grunt
rangining ko‘rinib turishiga erishish maqsadida ranglarni yupqa suyuq
holda (harir parda ortidan ko‘ringani kabi) ustma – ust qo‘yish usuli.
O‘rta asrlarda yashab ijod qilgan nemis rassomlarining temperada ishlangan
rangtasvirlarida asosan oq grunt qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Ularning
asarlarida rangtasvirdagi bo‘yoq qatlami 2-4 ta qatlamdan iborat bo‘lib, unda
oldin qo‘yilgan ranglar va gruntning keyingi rang ostidan ko‘rinib,
hayratlanarli
darajada ranglarning optik aralashuviga erishilgan. Shunday qilib qalin xamirsimon