O’zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim “boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi bakalavriat yo’nalishi tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim


Sonlarda nisbiy bog’liqlikni o’rganish



Yüklə 75,74 Kb.
səhifə3/8
tarix09.10.2023
ölçüsü75,74 Kb.
#153100
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang\'ich matem

1.2.Sonlarda nisbiy bog’liqlikni o’rganish
Sonni o’rganish tizimi ham son haqidagi materialni leksik va grammatik tomondan sinfdan-sinfga o’tgan sayin boyitib, murakkablashtirib borishni nazarda tutadi. Boshlang’ich ta`limda son uch yo’nalishda o’rganiladi: 1. Sonlarning talaffuzi va ma`nosi ustida ishlash. 2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash. 3. Sonlarning imlosi ustida ishlash. Son boshlang’ich sinflarda quyidagi izchillikda o’rganiladi: – 2-sinfda nechta?, qancha? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs va narsaning sanog’ini, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi; – 3-sinfda “Son – so’z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O’quvchilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog’lanib kelishi yordamida aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi. Bularni o’rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma`nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo etadi. – 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi, qo’sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o’ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so’m, tiyin so’zlari bilan qo’llanishi va shu so’z bilan bitta so’roqqa javob bo’lishi o’rganiladi. Oldingi sonlarning otga bog’lanishi, so’roqlar yordamida sonni o’zi bog’langan so’z bilan ko’chirish ko’nikmalari o’stiriladi. Shunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati uni leksik va grammatik aspektda o’rganishni taqozo etadi. Son grammatika va imlo o’qitishdagi suhbat metodida, yarim izlanishli muammoli metodda, analitik (tahlil), sintetik (tarkib), induktiv metodlarda o’rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan beriladigan tushunchalarning mohiyatiga, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq holda tanlanadi. Agar o’quvchi son haqida ma`lum darajada bilimga ega bo’lsa, yarim izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola son haqida umuman tushunchaga ega bo’lmasa, induktiv va analiz metodlaridan foydalaniladi. “Son” ustida ishlash dastur talabiga ko’ra 1-sinfdan boshlansa ham, uni o’rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo’linadi. “Son” boshlang’ich ta`limda elementar nazariy tushunchalar asosida amaliy o’rganiladi. Lekin 1- bosqichni to’liq ma`noda sonni amaliy o’rganish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu bosqichda umuman nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o’rgatish va 1-sinfning 2-yarmiga to’g’ri keladi. Bu bosqich soni o’rganuvchi keyingi bosqichlarga zamin tayyorlaydi. Ma`lumki, savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilan kundalik ishlar, rasmlar, predmetlar, mavzular yuzasidan og’zaki savol-javoblar o’tkaziladi. Masalan: “Bugun nechanchi sana?, Biz nechanchi asrda yashayapmiz?, Bu yil nechanchi yil?, Darsganechta o’quvchi kelmadi?, Bir yil necha faslga bo’linadi?, Yilning birinchi fasli qaysi?” yoki mantiqiy mashqlar ishlash bilan bog’liq holda: “Xonadoningizda nechta uy hayvoni bor?, Nechta yovvoyi hayvon nomini bilasiz?” kabi. Boshlang’ich sinflarda sonni o’rgatish ot bilan bog’liq holda amalga oshiriladi. Sonning ot bilan bog’lanishi asosida o’quvchilar ko’p ma`lumotlarni ham egallaydilar. Sonni o’rganish yakunida o’quvchilar quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari lozim: 1. Sonning sanoq va tartib ma`nolarini bildirishini. 2. Son nechta?, qancha?, nechanchi? so’roqlariga javob bo’lishini. 3. Son otga bog’lanib kelishini. 4. Son gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishini. 5. Sonlarni imlo jihatdan to’g’ri yozishni. 6.Og’zaki va yozma nutqda sonlardan to’g’ri va o’rinli foydalana olishni. 7. Sonlarga shakldosh so’zlar topishni. 8. Matndagi sonlarni boshqa miqdor bildiruvchi so’zlar bilan almashtirishni. Xulosa bazan o’quvchilar tomonidan, baozan o’qituvchi tomonidan shakllantiriladi. Uzoq muddatli tahlil va tushuntirishdan so’ng xulosani ko’pincha o’quvchilar shakllantiradi, yasaydi. Bu mavzuda o’qituvchi quyidagicha xulosa yasaydi: “Nechta?, qancha? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar sanoqni, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar tartibni bildiradi”.


Yüklə 75,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin