O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fanidan mustaqil ish



Yüklə 158,38 Kb.
səhifə2/5
tarix12.10.2023
ölçüsü158,38 Kb.
#154515
1   2   3   4   5
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida axborotni birlamchi qayta ishlash funksiyasi va algoritmlarini o\'rganish.

ABTlarning asosiy funksiyalari
ABTlar murakkab, ko`p funksiyali sistemalar turiga kiradi. Bu sinfning ko`p funksiyaliligi qator omillar bilan ifodalanadi, ya’ni:
-identifikatsiyalash;
-nazorat, himoya va blokirovka, rostlash va boshqarish kabi ayrim funksional yordamchi sistemalarning borligi;
Lokal, ayrim boshqarish masalalarining umumiy, global maqsadga bo`ysunishining natijasi;
-yordamchi sistemalar orasidagi ko`p sonli aloqalarning borligi;
-ayrim obyektlarni boshqarishning markazlashuvi va nihoyat, turli funksiyalarni bajarishda bir xil texnik vositalardan foydalanish imkoniyati mavjudligidir.
ABTlar bajargan funksiyalarni quyidagi uch guruhga bo`lish mumkin: axborot, boshqaruv va yordamchi.
TJABSlarning informatsion funksiyalari ishlab chiqarish hodimlariga (operatorlarga, dispetcherlara) texnologik jarayonda bo`layotgan o`zgarishlarni o`z vaqtida bilishga imkoniyat yaratadi, texnologik jarayonlarning ketishi haqida aniq axborotlar ishlab chiqishda keraksiz mahsulotlarning kamayishiga olib keladi. TJABSlarning axborot funksiyalari quyidagilar:

Texnik va texnologik axborotlarni to`plash, dastlabki ishlash va saqlash; Jarayon va texnologik uskunalar holatining parametrlarini bilvosita o`lchash; Texnologik jarayon va uskunalar parametrlarining holatini belgilash hamda signal berish; Texnologik jarayon va texnologik uskunalarning ishlashi haqida texnika-iqtisodiy va foydalanish ko`rsatkichlarini hisoblash; Yuqori va qo`shni sistemalarga hamda boshqarish bosqichlariga axborotni tayyorlab berish; Texnologik jarayon parametrlar, texnologik uskunalar holati va hisoblash natijalarini qayd qilish; Jarayon parametrlari va uskunalar holatida berilgan miqdordan farqlarni nazorat va qayd qilish; Texnologik uskunaning himoya va blokirovka vositalari ishini tahlil etish; Texnik vositalar komplekslari holatini diagnoz qilish va oldindan aytish; Texnologik jarayonlarni olib borish, shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun axborot va ko`rsatmalarni operativ ravishda tayyorlash; Yuqori bosqichli va qo`shni boshqarish sistemalari bilan axborotning avtomatik almashinishi ta’minlash.


Texnologik jarayonni bevosita boshqarish masalasi TJABSlarning boshqarish funksiyasini tashkil qiladi. Bunda boshqarish ta’sirlari operatorning ishtirokisiz avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin, yoki operatorga ma’lum bir ko`rsatmalar ko`rinishida berilishi (bularni operator qabul qilishi yoki rad etish mumkin), yohud operator ko`rib chiqqandan so`ng avtomatik tarzda ta’sir etishi mumkin.
TJABSlarning boshqarish funksiyalari quyidagilardan iborat:
-Texnologik jarayonning ayrim parametrlarini rostlash;
-Bir marotaba mantiqiy boshqarish (himoya, blokirovka qilish);
-Kaskadli rostlash;
-Ko`p aloqali rostlash;
-Diskret boshqarishda dasturli va mantiqiy operatsiyalarni bajarish;
-Texnologik jarayonning turg`un holatini optimal boshqarish;
-Texnologik jarayonning noturg`un holati va uskunalar ishini optimal boshqarish;
-Boshqarish sistemasini moslashtirgan holda butun texnologik obyektni optimal boshqarish.
TJABSlarning yordamchi funksiyalari quyidagilardan iborat:

Tayyor mahsulot ishlab chiqarishda smena va kunlik vazifalarga operativ o`zgartirishlar kiritish;


Hisoblash masalalarini hal etish; Texnologik uskunalarning to`la ishlashini nazorat qilish; Sistemadagi g`ayri-tabiiy vositalarni oldindan ko`rsatish; Yuqori bosqich sistemalar bilan aloqani ta’minlab berish; Sistemaning texnologik vositalar buzilishini oldindan ko`rsatish.


Yüklə 158,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin