Birlamchi axborotni tekislash metodlari
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish masalalarini hal qiluvchi boshqaruvchi hisoblash mashinasiga (BHM) kelayotgan o`zgaruvchilarning oniy kirish qiymatlariga birlamchi ishlov beriladi. Bu ish o`zgaruvchini o`lchashda, shuningdek, birlamchi o`zgartkichni va mashinani bog`lovchi kanalda yuz beradigan tasodifiy ta’sirlardan tozalashga imkon beradi. Masalan, agregatlarda gaz sarfini o`lchashda o`lchanayotgan foydali signalga gaz puflash qurilmalari ishlab chiqaradigan gaz oqimining pulsatsiyalari, o`lchash qurilmasi kirishidagi impuls naychalardagi bosimning o`zgarishi hisobiga bo`ladigan ta’sirlar, shuningdek, pnevmatik signalni elektr signalga, keyin esa analog signalni diskret signalga va boshqa almashtirish hisobiga yuz beradigan ta’sirlar qo`shiladi. Turli xil filtrlar foydali signalni tiklashning turli xil xatoligini beradi. Korxona ishini nazorat qilishda ko`pincha birlamchi o`zgartkichlarning (datchiklar) yuzlab va minglab signallari filtrlashga to`g`ri keladi. Shuning uchun foydalaniladigan filtrlarning turini asoslab tanlash zarurati tug`iladi. Filtrlash aniqligi va murakkabligi orasidagi kelishuv zarurligini hisobga olib, ishlanishi biroz soda, biroq nooptimal bo`lgan filtrlarning amalda yuz beradigan sharoitlarda optimal filtrlarga biroz yutqazishini tahlil qilish kerak. Bu hol aniq nazorat sistemalari uchun filtrlash algoritmlari qatoridan uning ishlash aniqligini va hisoblash qurilmasini undan bir necha marta foydalanilganda ham yuklanishni hisobga olgan holda eng yaxshisini tanlab olishga imkon beradi.
Kirish signallarini tekislashga va filtrlashga imkon beruvchi bir qator algoritmlarni qarab chiqamiz.
O`zgaruvchi o`rtacha qiymat metodi
Bu metod amaliyotda keng qo`llaniladi va o`lchanayotgan signalni yuqori chastotali ta’sirlardan o`zgaruvchi o`rtacha qiymatni hisoblash yo`li bilan filtrlashga imkon beradi. Uzliksiz variantda:
bu yerda – o`zgaruvchi o`rtacha qiymatning kattaligi, T – o`rtachalash intervali, Z(S) – tekislanuvchi kirish o`zgaruvchisining o`zgarishini tavsiflovchi funksiya, S – joriy vaqt, t – T, t – integrallash chegaralari.
Diskret variantda:
bu yerda n – hisoblashlarda ishtirok etuvchi nuqtalar soni, - datchiklarni so`rash davri. Hisoblashning keltirilgan metodining kamchiliklariga yig`indisining oraliq qiymatlarini saqlash uchun BHMning operativ xotirasi hajmining juda kattaligini kiritish mumkin. ning qiymati ABTni sonli usullar bilan ishlab chiqish bosqichida hisobga olinadi. Optimallashtirish filtrlash xatoligi minimum mezoniga ko`ra amalga oshiriladi. U ta’sirlarning parametrlariga va datchiklarni so`rash mezoniga hamda datchiklarni so`rash davriga bog`liq.
Eksponensial tekislash metodi
Eksponensial tekislashning yetarlicha oddiy va samarali metodidan filtr sifatida foydalanish muhim amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. Uzluksiz variantda eksponensial filtr uzatish funksiyasi:
bo`lgan amalga oshiriluvchi elementlar bir sig`imli bo`g`indan iboratdir, bunda - eksponensial tekislash koeffitsenti bo`lib, u filtrning o`rtacha kvadratik xatoligini minimallash shartidan tanlab olinadi.
Amalga oshiriladigan eksponensial filtr > 0 ga ega bo`lishi kerak. Diskret variantda eksponensial filtr rekurrent munosabatni ifodalab, y (t) chiqish kattaligining t paytidagi izlanayotgan qiymatini Z(t) kirishning joriy qiymatining va avvalgi so`rov paytidagi qiymatining funksiyasi sifatida aniqlaydi:
Bu munosabatda qiymatini berishning talab qilingan vaqtiga bog`liq bo`lmagan holda foydalanish oraliq qiymatlarni operativ xotirada saqlash uchun bor yo`g`i bitta so`z ajratishga imkin beradi. Shunday qilib, eksponensial tekislanish amalga oshiruvchi algoritmning filtrlashning boshqa turlariga nisbatan afzalligi BHM da algoritmni amalga oshirish uchun zarur bo`gan eng kichik hajmdagi maxsus xotiradan iboratdir. Algoritmning yaqinlashuvi bo`lishi uchun 0<<2 bo`lishi kerak. <1 bo`lganda filtrda huddi integrallovchi xossalar ko`p bo`lsa, >1 bo`lganda differensiallovchi xossalar ko`p bo`ladi.
Inertsion datchikning signalini filtrlashni qarab chiqqanda datchikning vaqt doimiysi ortishi bilan<="" p="">
So`rovning berilgan davrida parametrning qiymati filtrning bo`yicha ishlash xatoligini minimallash bilan belgilanadi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda har bir texnologik jarayon yoki sanoat ishlab chiqarish korxonalarida turli xildagi parametrlarni ko`rsatuvchi texnik qurilmalar, ya’ni: datchiklar, hisoblagichlar va dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar jarayonning asosiy qurilmalari hisoblanadi. Albatta, bu jixozlar o`z navbatida axborotlarni ko`rsatish, qayd qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish funksiyalariga ega bo`lib, operatsiyalarni sifatli amalga oshishini ta’minlaydi va nazorat qiladi. Texnologik jarayonlarda axborot almashinuvi yuqori darajada bo`lish kerak, chunki ular orqali yuqori sifatga erishish va yo`qotishlarsiz ishlash mumkin.
1>2>
Dostları ilə paylaş: |