O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fanidan mustaqil ish


ABTning axborot bilan ta’minlanshi



Yüklə 158,38 Kb.
səhifə3/5
tarix12.10.2023
ölçüsü158,38 Kb.
#154515
1   2   3   4   5
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida axborotni birlamchi qayta ishlash funksiyasi va algoritmlarini o\'rganish.

ABTning axborot bilan ta’minlanshi
Avtomatik yoki avtomatlashtirilgan rejimda texnologik jarayonlarni boshqarishda axborotni yig`ish, qayta ishlash, saqlash va foydalanishni tashkil qilmasdan iloji yo`q. TJABSning funksional vazifasi axborot tarkibini va yordamchi sistemalar orasidagi axborotli bog`lanishlarning xarakterini belgilaydi.
Ko`rinib turibdiki, TJABS tarkibida boshqaruvchi yordamchi sistema, texnologik jarayon operatorlari va texnik vositalar bilan birgalikda ishlaydigan mustaqil yordamchi axborot sistemasi ham bor. Texnologik jarayonning ketishi haqida axborot o`lchov o`zgartkichlari orqali yordamchi axborot sistemasiga kiradi, u esa o`z navbatida operatorlarga va boshqaruvchi yordamchi sistemalarga uzatiladi. Ular o`zlaridagi boshqarish algoritmlari asosida tegishli boshqarish ta’sirlarini ishlab chiqadi. Avtomatlashtirilgan boshqarish rejimi operatorlar orqali oshiriladi.
TJABSni axborot bilan ta’minlash muammosi quyidagi masalalarni yechishga bog`liq:
-Boshqarish obyektlarini bir xil ko`rinishga keltirish maqsadida axborotning yetarli hajmini aniqlash;
-Axborotning ishonchliligini ta’minlash va uni yechish usullarini isbotlash;
-Inson-mashina sistemasida axborot almashishni tashkil etishda vazifalarni taqsimlash;
-Axborotni yig`ish, saqlash va berish.
Agar axborot turlari faqat bir avtomatlashtirilgan qayta ishlash sistemasi bilan bog`langan bo`lsa, boshqarish jarayoni ratsional bo`ladi. Zarur bo`lgan birlamchi axborotning hajmi ko`p emas, lekin u TJABSlar uchun yetarli bo`lgan ikkilamchi ko`rsatkichlar sistemasi uchun kifoya bo`lishi lozim. Bu usul bir marta yaratib va axborot massivlaridan ko`p marotaba foydalanish prinsipi sifatida ma’lum. Boshqacha qilib aytganda, bir marta qayd qilingan axborot turli boshqarish vazifalarida foydalanilishi mumkin. Zarur bo`lgan axborot hajmini aniqlash kerak bo`lganda texnologik jarayon matematik ifodasining qabul qilingan tarkibini bilish lozim. Obyekt holatini bir xil ko`rinishda keltirish va zarur bo`lgan axborot hajmini aniqlash uchun axborot statistik usullarni yoki hozirgi zamon boshqarish nazariyasida qo`llaniladigan kuzatish va boshqarish tushunchalarini ishlatish asosida hal etiladi.
TJABSning normal ishlashi hisoblash mashinalari va boshqarish masalalaridan foydalanishdagi axborotning ko`rinishiga bog`liq. Boshqarish obyekti haqida EHM xotirasida saqlanayotgan birlamchi axborotning to`g`riligi birinchi navbatda texnologik jarayon fizik parametrlarining o`lchash xatoliklariga bog`liq.
Hozirgi paytda aniqlik masalasini hal etishda ikki yo`nalish mavjud:
1. O`lchov chizmalarida fizika, kimyo va boshqa fan yutuqlari asosida ishlab chiqilgan yuqori aniqlikka ega bo`lgan elementlarni ishlatish, shuningdek, o`lchaydigan qurilma xarakteristikalarini stabillash usullari tarkibini mukammallashtirish;
2. Sistemalar doirasida ma’lumotlar ishonchliligini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish (filtrlash, ishonchlilik ustidan nazorat o`rnatish, asboblar xizmatini optimallash, modellarni to`g`rilash va boshqalar).


Yüklə 158,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin